Gap bo’lagi. Bu so’z birikmasi, gap va qo’shma gap qismlari boshida keladi.
1.So’z birikmasi boshida:
Inson tafakkuriga, Bugun yana ta’zim-la:
Inson jasoratiga Tashakkur!- deydi olam. (Z. D.)
Har bir so’z, har bir dalil, har bir taklifni qayta-qayta tekshirib ko’rish lozim. (Sh. Rashidov.) Yoshlar, avlodlar mehnati, matonatini ko’rib, quvonchim qalbimga sig’may toshadi! Ammo shu muhit, shu qaynoq hayotda, shu go’zal insonlar orasida, afsuski, Karimlar ham bor!.. (H. G’.)
2.Gap boshida:
Nega buncha go’zal ko’rinar olam,
Nega buncha qarab to’ymas ko’zlarim?!
3.Qo’shma gap qisimlari boshida:
Mehnat insonni yaratadi,mehnat insonni bezaydi,mehnat odamni odam qiladi.
2.Epifora. Bu – anaforaning teskarisi. Bu usul bilan takrorlangan gapning ma’nosini kuchaytiriladi. Anafora og’zaki va yozma nutqlarda ham qo’llansa, epifora asosan yozma nutq uchun xarakterlidir.
Quyidagilar epifora bo’lib keladi:
1.Murakkab kesimlarning yordamchi elementi:
Kesim:
Yigirma bahorni ko’rgan yoshim bor,
O’n beshta diyorimda qadrdonim bor,
Yo’lbarslar o’z izidan qaytmaganday,
Bu yo’ldan qaytmaydigan bardoshim bor! (M.)
Juvonning butun bergan dashnomi ham bir bo’ldi-yu hozir bodiring uzatgani ham bir bo’ldi. (A.Q.) Qalb iztirob chekib yig’lamasdi, ko’ngil dard bilan yig’lamasdi, yurak o’rtanib yig’lamasdi,balki butun vujud quvonib, baxtiyorlik daryosiga sho’ng’ib-sho’ng’ib yig’lardi. (J. Abd.)
2.Ega. Bu ega inversiyaga uchraganda yuz beradi: Do’stlik so’zi juda ajoyib, ohangdor va ohangrabodir! Qanchalik ulug’vor va ma’nodor so’z-bu!
Qanchalik ulug’vor va ma’nodor so’z-bu!Qanchalik tengi yo’q,bebaho so’z- bu!(V.Z.)
3. Takror. Bu ma’noni kuchaytirish, o’ziga xoslik va hissiylik uchun xizmat qiladi. Sh. Balli takrorning yuzaga kelishini hissiy impulslar bilan izohlaydi: « Qancha impuls bo’lsa, shuncha takror bo’ladi».
So’zlovchi o’z sezgilariga iboraning mos emasligini anglab, sifatni miqdor bilan to’ldirishga xarakat qiladi. Bu takrorni yuzaga keltiradi. Takror hissiy nutqni xarakterlaydi.
Takror turlicha bo’ladi.
1.Takror aynan bo’lib, yonma- yon keladi. Bu ikkilanish deb ham yuritiladi. Takrorning bu ko’rinishi quyidagi shakllarga ega:
a) Gap takrori: -Ha, ha ofarin, otangiz rahmatlik ko’p dono odam edilar-da! (P.T.)
b) Gap bo’laklari takrori: Ikromjon yig’ladi, yig’ladi, yig’idan ko’z yoshlari quridi.(S.A.)
v) Yordamchi so’zlar takrori: Ikromjon turgan joyida bir qalqib ketdi. Bu bola nimalar deyapti? Nahotki, nahotki, bolasi yana nobud bo’lgan bo’lsa? (S. A.)
2. Takror aynan bo’ladi. Lekin keyingi kompanent boshqa bo’laklar bilan kengayib keladi. Bu ma’noni yanada kuchaytiradi, yanada ta’kidlaydi. Bunday takrorlar ham gap takrori, gap bo’lagi takrori, yordamchi so’z tarkibi shaklida bo’lishi mumkin.
a) Gap takrori: Juda o’zgarib ketibdi,- o’ylardi Abdulla uyga qaytar ekan.-Juda o’zgarib ketibdi. Nahotki, ikki yil ichida shunday o’zgarish mumkin bo’lsa? (O’. U.)
b) Gap bo’lagi takrori: Bayroq, qizil bayroqo’rnatish kerak! (O’. U)
Beg’ubor, juda ham beg’ubor shabada esdi. (S. A.)
v) Modal so’z takrori: afsus, ming afsuski, nasihatimga quloq solmadingiz, maslahatimga yurmadingiz. Umurzoqov! (H. G’.)
3. Takror aynan bo’ladi.Lekin ular orasida boshqa gap bo’laklari keladi. –Sekin yaxshi qiz, sekin –dedi sharfli yigit hamon kulib. (O’.H)
4. Sintaktik parallelizm. Bunda tuzilishi bir xil bo’lgan ikki yoki undan ortiq gap ketma–ket keladi. Bunday gaplarning bo’laklari ham ularning shakli ham bir xil bo’ladi. Bu sintaktik simmetriya hosil qilib, ifodalilikni kuchaytiradi. Xolmatjon uchun Chorterakning sira qizig’i qolmagandi: na ota,na ona,na buvisi boruning bu qishloqda.Na akasi,na ukasi bor uning Chorterakda.
5. Antiteza. (Tazod) Bu mantiq jihatdan qarama -qarshi bo’lgan ikki qutb (fikr, sezgi, tushuncha va obrazlar)ni qiyoslashdir. Bunda biri ikkinchisini rad etadi yoki inkor qiladi. Tarkibida antonimlar, grammatik zidlik munosabatini hamda tasdiq va inkor ifoda qiluvchi grammatik vositalar, shuningdek, ifodalikning boshqa zidlash vositalari qo’llanadi: Uning hayoti baland-past bo’lishi kerak emas, to’g’ri bo’lishi kerak. (O’. U.) Egri ozadi- to’g’ri o’zadi.(Maqol).
6. Gradatsiya. (Kuchaytirish.) Bu ifodalilikni birin-ketin kuchaytirib yoki pasaytirib borish usulidir. Agar ifodalilik birin-ketin kuchyatirib borilsa, klimans, pasaytirib borilsa, antiklimans deyiladi. Bunda ifodalilikning metofora, epitet, sinonimiya kabi vositalardan foydalaniladi.
Gradatsiya gap, gap bo’lagi shaklida bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |