Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


Aholini takror barpo qilinish masalalari



Download 1,67 Mb.
bet25/86
Sana28.03.2023
Hajmi1,67 Mb.
#922280
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   86
Bog'liq
portal.guldu.uz-AHOLI GEOGRAFIYASI VA DEMOGRAFIYA ASOSLARI

2.3. Aholini takror barpo qilinish masalalari

Kishilik jamiyatining butun tarixi - aholi bir avlodining ikkinchi avlod bilan almashinuvi, uning tinimsiz yangilanib turishidan iboratdir. Bu jarayon har yili sodir bo’ladigan tug’ilish va o’lim ko’rsatkichlarida va ular o’rtasidagi farqda yaqqol namoyon bo’ladi. Har yili qandaydir sabablarga ko’ra vafot etgan aholi o’rnining yangidan, dunyoga kelgan avlod hisobiga to’ldirilib borishi aholining takror barpo qilinishi deyiladi. Tug’ilgan soni o’lganlar sonidan ortiq bo’lgandagina aholi soni oshib, ko’payib boradi. Bu esa jamiyat taraqqiyoti uchun muhimdir. Chunki, tug’ilish o’limga nisbatan kamayib ketsa, aholining tabiiy o’sishi to’xtab qoladi, uning soni qisqarib, oqibat natijada inson avlodi yo’qolib ketishi mumkin (depopulyatsiya ro’y beradi).


Biz yuqorida aholi barcha ishlab chiqarish jarayoning subekti degan edik. Ishlab chiqarishning me’yorda davom etishi, uning kengayib borishi uchun aholi sonining o’sib borishi muhim ahamiyatga ega. Aholi barcha ijtimoiy boyliklarning bunyodkoridir. Shuning uchun ham aholining ayniqsa uning mehnatga yaroqli bo’lgan qismining (mehnat resurslarining) soni, ularning bilim va malakasi har bir mamlakat yoki rayonda ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Qadimgi dunyo va o’rta asrlarda yashagan olimlar ham aholining soni, uning o’sib borishi davlatlarning iqtisodiy, siyosiy va harbiy holatiga ta’sir etishini qayd qilganlar.
Malumki, jamiyat taraqqiyotini belgilab beruvchi asosiy kuch-bu moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish usulidir. Jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi esa, odamlar, aholidir. Shuning uchun ham aholi, uning tinmay o’sib boradigan talablari har qanday mamlakatning diqqat markazida turadi.
Aholining takror barpo qilinish jarayoning negizini tug’ilish va o’lim hamda ular o’rtasidagi farq (aholining tabiiy o’sishi) tashkil qiladi. Ammo ayrim hududlar (davlatlar, ularning qismlari, butun qit’alar) aholisining o’sishida tabiiy o’sishdan tashqari, mexanik o’sish, ya’ni aholining hududiy qayta taqsimlanishi (migratsiyasi) ham rol o’ynaydi.

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish