Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari



Download 1,67 Mb.
bet26/86
Sana28.03.2023
Hajmi1,67 Mb.
#922280
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   86
Bog'liq
portal.guldu.uz-AHOLI GEOGRAFIYASI VA DEMOGRAFIYA ASOSLARI

Odamning tug’ilishi umuman biologik jarayondir, ammo ijtimoiy omillarning ta’siri juda katta bo’ladi. Qadim zamonlarda kishilar o’rtasidagi tug’ilish jarayonini ko’proq biologik xarakterga ega edi, desa bo’ladi. Tabiiy biologik omillar ham tug’ilishga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi. Ammo tug’ilish ko’rsatkichlariga ta’sir etuvchi asosiy omillar ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy madaniy omillardir. Shuningdek, tabiiy-biologik omillar ham tug’ilishga ma’lum darajada ta’sir qiladi.
Mamlakat aholisining yosh va jinsiy tarkibida katta nomuvofiqliklarning bo’lishi u erda aholi o’rtasida nikohlanish ko’rsatkichining kamroq bo’lishiga olib keladi.
Demografik omillar, ya’ni aholining yosh va jinsiy tarkibi uning tabiiy o’sishiga ta’sir etadi, albatta. Biroq tug’ilishdagi mavjud bo’lgan keskin hududiy farqlar demografik omillar bilan belgilanmaydi. Bunday farqlar turli davlatlar aholisining moddiy va madaniy turmush darajasi, xotin qizlarning ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashishi, har bir mamlakatda urbanizatsiya jarayonining darajasi, turli xalqlarda asrlar davomida shakllangan milliy urf-odatlar, dinning ta’siri kabi ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy omillar bilan bog’liqdir. Shuningdek, har bir davlatda aholi sohasida olib boriladigan siyosat ham ma’lum tug’ilish ko’rsatkichlariga ta’sir ko’rsatadi. Shuningdek, tug’ilishga ta’sir etuvchi muhim omil-aholining shahar bilan qishloq o’rtasida taqsimlanishi, davlatda urbanizatsiya jarayoning rivojlanish darajasidir. Tug’ilishdagi hududiy farqlarga ta’sir etuvchi sabablardan yana bittasi aholining etnik tarkibidir. Statistik ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, rivojlangan mamlakatlardagiga nisbatan iqtisodiy jihatdan qoloq mamlakatlarda, hatto bir mamlakatning ichida moddiy jihatdan yaxshi ta’minlanmagan aholi guruhlaridagiga nisbatan kambag’al aholi orasida tug’ilish doimo ancha yuqori bo’lib kelgan.
Dunyoning deyarli har bir mamlakatida aholi sohasida ma’lum siyosat yurgiziladi (bu siyosat uch xil usulda olib boriladi-iqtisodiy, ma’muriy-huquqiy, ma’naviy-psixologik), lekin bunday siyosat doimo bir xil bo’lmasdan, turli sabablarga ko’ra o’zgarib turishi mumkin. Keyingi paytlarda aholining tez o’sishi munosabati bilan aholi o’sishi yuzasidan ma’lum siyosat olib borish xalqaro konferensiyalarda ham muhokama qilinmoqda. Bu borada 1974 yil 19-30 avgustda Buxarestda BMT tomonidan uyushtirilgan va aholi muammolariga bag’ishlangan konferensiya diqqatga sazovordir.
Bu konferensiyada 135 mamlakat vakillari qatnashdi. Konferensiyada aholi o’sishi va uni mo’’tadillashtirish yuzasidan 21 rezolyutsiya qabul qilindi. BMT ekspertlar tomonidan tayyorlangan reja loyihasida shu narsa qayd qilindiki, hozir dunyo aholisi yiliga 80 mln kishiga ko’paymoqda, har 35 yilda er shari aholisi 2 marta oshib bormoqda. Bizning Respublikada onalik sharaflanib, davlat tomonidan moddiy hamda ma’naviy jihatdan rag’batlantiriladi.
Ayrim mamlakatlarda tug’ish ko’rsatkichlariga ta’sir etuvchi yana bir muhim omil-oilada er-xotin tomonidan bolalar sonini boshqarib borishning keng tarqalishidir. Tug’ilishning oldini olish choralarini keng qo’llash, oilada bolalar sonini boshqarib borish dunyoning turli mamlakatlarida turlichadir.
Tug’ilish diagrammasiga ta’sir etuvchi omil va sabablarning qisqacha tahlilidan shunday xulosaga kelish mumkinki, tug’ilishga ta’sir etuvchi omil va sabablar juda ko’p bo’lib, dunyo aholisi yoki ayrim mamlakatlar aholisining tug’ilish darajasi va uning sabablarini tushuntirish ana shu omillarning hammasini analiz qilish zarur. Chunki, ko’p hollarda tug’ilish darajasi ana shu omillar majmuasiga bog’liq bo’ladi.
Tug’ilish aholining tabiiy o’sishining asosiy manbaidir. Tug’ilish har yili hisobga olib boriladi. Bunday ma’lumotlar, fuqarolik holatini yozish bo’limlarida qayd qilinadi. Ammo bu holat tug’ilish darajasini ko’rsatmaydi. Tug’ilish darajasini aniqlash uchun yangi tug’ilganlar absolyut sonining boshqa absolyut raqmlarga nisbatini aniqlash zarur. Ayrim hududlarda aholining tug’ilish darajasini ko’rsatish uchun odatda tug’ilish koeffitsientidan foydalaniladi. Har yili yangi tug’ilganlar sonining aholi o’rtacha sonidagi har 1000 kishiga nisbatiga tug’ilish koeffisenti deyiladi.
Aholining o’limi haqidagi ma’lumotlar uning takror barpo qilinishi, tabiiy o’sish darajasini anqlashda muhim ahamiyatga ega bo’lgan ko’rsatkichdir. Masalan, tug’ilishga oid ma’lumotlar aholining tabiiy o’sishi haqida hali to’liq tasavvur bera olmaydi. Uni faqat o’limga oid ma’lumotlar bilan solishtirgandagina, ularning farqi aniqlangandagina mamlakat aholisining tabiiy o’sishi haqidagi aniq absolyut raqamlarni bilib olamiz.
Eng qadimgi davrlarda (ibtidoiy jamoa tuzimi, quldorlik davrida) aholi o’rtasidagi o’lim ko’rsatkichining qanday bo’lganligi haqida hozirgi zamon fani aniq ma’lumotlarga ega emas. Bu haqida olimlar arxeologik ma’lumotlar va bizga etib kelgan ayrim yozma yodgorliklar asosida faqat fikr yuritadilar.
18-asrning ikkinchi yarmiga qadar dunyoning deyarli barcha qismlarida o’lim juda ko’p bo’lgan. O’limning sezilarli darajada kamayishi 19-asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi. Bu davrda o’limning kamayishi tibbiyot fanining yutuqlari, turli xil og’ir kasalliklar epidemiyasiga qarshi samarali kurash choralarining topilishi natijasi edi.
O’limning kamayishi dunyoning hamma joyida bir vaqtda va bir xilda boshlanmagan albatta. O’limning sezilarli kamayishi avvalo Evropada boshlandi. 19-asrning oxirlariga kelib, bu qit’ada o’lat, chechak, vabo kabi kasalliklar epidemiyasi deyarli tugatildi. O’limning kamayishi keyinchalik dunyoning boshqa qismlariga ham tarqala boshladi.
Olimlar aholi o’rtasidagi o’lim sabablarini birinchi navbatda ikkita guruhga ajratadilar: endogen sabablar va ekzogen sabablar. Har bir odamning biologiyasidan kelib chiqadigan va irsiyat bilan bog’liq bo’ladigan tug’ma kasalliklar natijasida o’lish endogen sabablardir. Umuman olganda, endogen sabablarga ko’ra o’lish juda kam bo’ladi. Aholi o’rtasida sodir bo’ladigan o’limning absolyut ko’pchiligi ekzogen sabablarga ko’ra bo’ladi. Bular kishi organizmiga tashqi ta’sir natijasida ro’y beradi. Tashqi ta’sir deganda, odamlar yashab turgan barcha muhitlar (tabiiy, sun’iy, ijtimoiy).
Ba’zan ayrim geografik omillar ham o’limning yuqori bo’lishiga sababchi bo’lishi mumkin. Masalan, har kuni iste’mol qilinadigan suvda yod etarli bo’lmasa, endokrin sistemasining og’ir kasalligiga sababchi bo’ladi. Hozir bu kasallikni oldi olingan, ammo qadimda ko’plab odamlarni yostig’ini quritgan. Shuningdek, geografik muhitning o’lim ko’rsatkichiga ta’siri hayvonot orqali ham bo’lishi mumkin.
Sun’iy muhit (hozirgi zamon sanoati, urbanizatsiya, texnika taraqqiyoti, jumladan, avtomobillashish, ximiyalashtirish) o’ziga xos ravishda kishi organizmiga ta’sir qiladi. Masalan, atmosfera ifloslanishi va uni ifloslantiruvchi manbalar. Aholining o’z mehnati tufayli yaratilgan sun’iy muhit o’limni ko’payishidagi ekzogen sabablarning eng asosiy turiga aylanib qoldi.
Jumladan, aholi o’rtasida o’lim ko’rsatkichiga turli xalqlarning erishgan madaniyati, ularning turmush sharoiti, urf-odatlari ham ta’sir qiladi. Har bir xalq orasida tarqalgan va an’anaga aylangan ovqat pishirish usuli, iste’mol qilinadigan ovqat tarkibi kishilar sog’ligi uchun muhim ahamiyatga ega. Ichish, chekish, nashavandlik kabi odatlar ham aholi o’rtasida o’limni ko’payishiga sabab bo’ladi. O’limning yuqoridagi ijtimoiy sabablari ko’p jihatdan ijtimoiy-iqtisodiy tuzumga, turli mamlakatlardagi ijtimoiy muhitga bog’liq.
Aholi o’rtasida o’lim va o’rtacha umr ko’rish muddati bir-biri bilan bog’liq. Demografiyada aholining o’rtacha umr ko’rish muddati deganda muayyan yilda tug’ilgan avlodning o’rtacha yashash imkoniyati tushiniladi. Bunday imkoniyat o’lim ko’rsatkichlari berilgan jadvallar asosida hisoblanadi. O’rtacha umr ko’rish muddati hisoblanganda, ana shu avlodning butun yashash davrida aholi o’rtasida o’lim barcha yosh guruhlarida hisobot yilidagi darajada saqlanib qoladi deb shartli ravishda taxmin qilinadi. Masalan, biz 2011-2013 yillarda O’zbekistonda tug’ilgan bolalarning o’rtacha umr ko’rish muddati 72 yil deyish bilan, ana shu yangi tug’ilgan bolalar 72 yoshga to’lguncha mamlakatimizda o’lim ko’rsatkichi 2011-2012 yillardagidek saqlanib turadi deb shartli taxmin qilamiz va shu asosda hisob yuritamiz, 72 yil davomida o’lim, shubhasiz, yanada kamayadi, bu esa, o’z navbatida mamlakatimizda 2011-2012 yillarda tug’ilgan bolalarning o’rtacha umr ko’rish muddatini oshiradi.

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish