ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni- 20 kishidan;
xizmat ko‘rsatish sohasi va ishlab chiqarishga aloqador bo‘lmagan boshqa tarmoqlarda 10 kishidan;
ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqat-lanish sohasida 5 kishidan oshmagan korxonalar.
Shuningdek, individual mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va shirkat (o‘rtoqlik)ga birlashib ishlovchi jismoniy shaxslarni ham kichik biznes subyektlari qatoriga kiritdi.
Yuqorida keltirlgan Farmonga asosan kichik korxonalar jumlasiga qo‘ydagilar kiradi:
yengil va oziq-ovqat sanoati, metalga ishlov berish va asbobsozliq yog‘ochni qayta ishlash , mebel sanoati va qurilish materiallari sanoati ishlab chiqarish tarmoqlaridagi band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni 100 kishigacha bo‘lgan korxonalar (2004 yil 1 yanvarga qadar 40 kishidan oshmagan);
Do'stlaringiz bilan baham: |