Guliston davlat universiteti


Kirish Tanlangan mavzuning dolzarbligi



Download 0,91 Mb.
bet2/29
Sana03.07.2021
Hajmi0,91 Mb.
#107828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
zoyirova Kursavoy

Kirish

Tanlangan mavzuning dolzarbligi

Tadbirkorlik! Bu hodisa va tushuncha bir qarashda juda oddiy, hammaga ravshandek tuyuladi. Haqiqatan esa, u juda murakkab, ko'pqirrali va buning ustiga, fundamental ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir.

Tadbirkorlik ideologi hisoblangan Y.Shumpeter: tadbirkorlikni “Barcha turdagi ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarga xos hodisa bo'lib, ularning nafaqat tarkibiy qismi, balki iqtisodiyotni harakatlantiruvchi kuch”, deb ta'kidlab o'tgan. Tadbirkorlik O'zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida hamda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi salbiy ta'sirini yumshatish va oqibatlarini bartaraf etishda shunday kuch ekanligini namoyon etmoqda va yetakchi sohaga aylanmoqda. 2017-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 53,3 foizni yoki 119301 mlrd so‘mni tashkil etdi. (Yaponiyada - 55%, Germaniyada - 54%, AQSH da - 52%, Qozog‘istonda - 25,6%, Rossiyada - 20%). 

Lekin hali tadbirkorlikning barcha qirralari va funksional xossalari yetarli darajada o'rganilmagan va natijada uning imkoniyatlari to'liq safarbar etilmagan. Demak, tad­birkorlik asoslari fani oldida ulkan vazifalar turibdi. Bunday vazifalani umumlashtirgan holda quyidagicha ifodalash mumkin:

1)nazariya sohasida: tadbirkorlik hodisasini kengroq va chuqqurroq tadqiq qilish, uning fundamental funksional xossalarini aniqlab, yaxlit nazariy modelini shakllantirish;

2)uslubiyot sohasida: hozirda shakllangan va qo'llab kelinayotgan nazariy-amaliy tadqiqotlar uslubiyotini yangi va mavjud samarali usullar, yondashuvlar bilan boyitish va jiddiy takomillashtirish;

3)amaliyot sohasida: yangi nazariy-uslubiy yondashuvlar bilan boyitilgan mukammal uslubiyot yordamida tadbirkorlik amaliyotini chuqurroq tahlil qilish va muammolarining samarali yechimlarini tavsiya etish;

4)ma'rifiy sohada: talabalar, o'quvchilar, tadbirkorlar, mutaxassislami tadbirkorlik faoliyatini yuksak madaniy darajada tashkil etish va amalga oshirishni ta'minlaydigan bilimlar, ko'nikmalar, dunyoqarash bilan qurollantirish;

5)targ'ibot sohasida: tadbirkorlikning insoniyat va jamiyat uchun ahamiyati va roli, jamiyatdagi yutuqlari va istiqbollari, ilg'or tajribasini ilmiy-amaliy targ'ibot qilish.

Mamlakatimizda kichik biznesning rivojlanishida qurilish va pardozlash materiallari, asbob - uskunalar, mashinasozlik ehtiyot qismlari va uskunalari, elektrotexnika, kimyo, farmatsevtika mahsulotlari, iste'mol tovarlarining ko‘plab turlarini ishlab chiqarish va boshqalar yuqori potensial ega sohalar hisoblanadi.

Kichik biznesning mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shadigan hissasini oshirilishini, kichik sanoat zonalarining yaratilishi, investitsion muhit va raqobat muhitini yaxshilanishi, kichik biznes bilan davlat-xususiy sherikchiligi doirasida davlat xaridlari hajmini kengaytirilishi, yirik va kichik korxonalar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlanishi, innovatsiya jarayonlariga tadbirkorlik sub'yektlarini jalb qilish orqali ko‘rishimiz mumkin.

Shuni ham ta'kidlash joizki, yetarli eksport salohiyatiga ega bo‘lgan, biroq ayni paytda yanada rivojlanish uchun yetarli darajada kapitalga ega bo‘lmagan muvaffaqiyatli va istiqbolli kichik korxonalarni moliyaviy qo‘llab quvvatlash katta ahamiyatga ega.

Ushbu chora-tadbirlarlarni samarali kichik biznes sohasida ko‘proq ish o‘rnini yaratishga, jahon bozoriga kirish imkoniyatlarini oshirishga yordam berib, mamkalatni eksport salohiyatini oshirishga va aholi daromadlarini oshishiga imkon yaratadi. Yuqoridagi ishlarni amalga oshirish uchun tadbirkorlar o’rtasida shartnomaviy bilimlarni oshirish chet el investorlari bilan o’zaro manfaatli shartnomalar tuzish va ularni amalga oshirish ko’nikmalarini shakllantirish kerak. Kurs ishida ayanan shu jihatlarga alohida e’tibor qaratilgan.


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish