- Xromatografiyaning asosiy qoidalari
- Xromatografiya moddalarni ajratish, konsentrlash va tahlil qilish usullaridan biri bo'lib, ularning o'zaro aralashmaydigan ikki faza (turg'un va harakatchan) orasida turlicha taqsimlanishiga asoslangan. Turg'un fazaning sirti bilan tutashganda aralashma tarkibidagi moddalar o'z adsorbilanishi va erish xususiyatlariga mos ravishda turg'un va harakatchan fazalar orasida tarqaladi. Natijada dinamik (harakatchan) muvozanat yuzaga keladi va ajratiladigan aralashma tarkibidagi molekulalar yoki bu fazada tarqalib turadi. Xromatografik sistema bo'ylab faqat turg'un fazada bo'lgan molekulalar harakatlanadi. Turli moddalar bu fazalarga turlicha munosabatda bo'ladi. Turg'un faza bilan kuchliroq ta'sirlashadigan modda xromatografik sistema bo'ylab sekin harakatlanadi.
- Turli xil moddalarni ajratish uchun turg'un faza hech bo'lmaganda quyidagi to'rtxossadan birigaegabo'lishi kerak: 1) harakatchan fazada bo'lgan moddalarni fizikaviy yuta olish; 2) harakatchan fazadagi moddalarni kimyoviy yuta olish; 3) ajratiladigan moddalarni erita olish; 4) g'ovak tuzilishga ega bo'lish va shu asosda bir moddani ikkinchisidan o'lchamlari farqi asosida ajratish.
- Yutiladigan modda sorbat, yutadigan modda sorbent va ayni jarayon sorbsiya deb ataladi. Sorbsiya adsorbsiya (sirt yuzasida yutilish), absorbsiya (butun hajmda yutilish) tushunchalarini o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, xemosorbsiya — kimyoviy yutilish ham muhim hisoblanadi. Yutilishga teskari bo'lgan yutilgan moddalarning sorbentdan ajralish jarayoni desorbsiya deyiladi.
- Agar turg'un faza suyuqlik bo'lsa, analiz qilinadigan modda unda erishi va u har ikkala faza orasida taqsimlanishi kerak. Sunday xromatografiya taqsimlanish xromatografiyasi deb yuritiladi. Turg'un faza qattiq modda bo'lib, aniqlanadigan modda unda yutilsa, bunday usul adsorbsion xromatografiya deyiladi.
- Xromatografiya usullari quyidagilar asosida sinflanishi mumkin:
- I. Fazalarning agregat holati bo'yicha: gaz, suyuqlik, gaz-suyuqlik xromatografiyasi.
- II. Ajratish mexanizmi bo'yicha: adsorbsion, taqsimlanish, ion-almashinish, cho'ktirish, oksidlanish-qaytarilish, adsorbsion-komplekslanish xromatografiyasi.
- III. Jarayonni o 'tkazish usuli (texnikasi) bo'yicha: kolonkali, kapillyar, yuzaviy (qog'oz, yupqa qavatli) xromatografiya.
- IV. Xromatogrammalarni olish usuli (xromatografik sistemaga namuna kiritish tartibi) bo'yicha: frontal, elyuyent va surib chiqarish xromatografiyasi.
- Xromatografiya usullarining boshqa xossalar bo'yicha ham sinflari mavjud. Xromatografiya usullarining turg'un va harakatchan fazalar, bajarish texnikasi va taqsimlanish mexanizmlari bo'yicha sinflanishini 11.1 -jadvalda berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |