Nazorat uchun savollar va vazifalar:
Savollar:
Davlat tili to’g’risida qonunning qabul qilinishining tarixiy ahamiyatini tushuntirib bering.
Кадрлар десантини тушуришдан кўзланган асосий мақсад нима эди?
Пахта иши ва ўзбек иши ўртасида нима фарқ бор эди
1989-yil, iyun. Farg‘onadagi qonli fojialarning asl mohiyati nimada edi?
Ekologik qabohat asl sababi nimada deb o`ylaysiz?
Orolni asl xoliga qaytarish mumkinmi, nima deb o`laysiz
Ozbekiston bilan Markaz munosabatlarining keskinlashuviga sabab nimada?
Ozbekistonda Prezidentlik boshqaruvi joriy etilishi tarixiy ahamiyatini tushuntirib bering
I.A. Karimovning Ozbekiston Prezidenti etib saylanishi jarayoni xronologik yuritib bering
«Mustaqillik Deklaratsiyasi» ning qabul qilinishining tarixiy ahamiyatini tushuntiring.
Vazifalar:
Mustaqil ish uchun vazifalar: Ozbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning yangi bosqichlari haqida malumotlar toplash va referat tayyorlash.
3-mavzu: MUSTAQIL OZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHKIL TOPISHI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI
AJRATILGAN SOAT-4
Asosiy savollar
Mustaqillik tushunchasi.
Ozbekistonning iqtisodiy mustaqillik va siyosiy suvereniteti uchun amaliy xarakatlar
Ozbekiston siyosiy tizimidagi ozgarishlar.
Ozbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi elon qilinishi va uning olamshumul ahamiyati.
Tayanch iboralar: Davlat ramzlari, Davlat bayrogi, Davlat gerbi, Davlat madhiyasi, milliy valyuta, oziga xos istiqlol va taraqqiyot yoli, ozbek modeli.
1. Mustaqillik tushunchasi.
Mustaqillik tushunchasi ozida azaldan insoniyatning orzu-umidlarini, armon va iztiroblarini mujassam etgan. Darhaqiqat, inson tabiatning gultoji sifatida hamisha ozodlik va hurriyatga intilib yashaydi. U hamisha har jihatdan ozini erkin his qilishga, ozod yashashga, tahlikasiz turmush kechirishga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham kishilik tarixi turli davrlarda Yer sharining barcha min-taqalarida ozodlik uchun kurashni, shaklan turlicha, mohiyatan oxshash bolgan hurriyatga intilish hodisalarini kop korgan.
XX asr intihosida dunyoning qariyb uchdan bir qismida misli korilmagan hodisalar sodir boldi. Sotsializm deb atalgan totalitar tuzum, zoravonlik va tazyiqqa asoslangan kommunistik mafkura tanazzulga uchradi. Jahonga, Yer yuziga hokimi mutlaqlikni davo etgan SSSR jamiyat sifatida ham, davlat sifatida ham «jar»ga quladi. Uning tarkibiga kirgan ittifoqdosh respublikalar torn manodagi mustaqil davlat maqomini oldilar.
Mustaqillikka erishish goyasi xalqimizga azaldan meros. Bu orzu avloddan avlodga otib, ming yilliklar qaridan bizgacha yetib kelmoqda.
Birinchi Prezident I. Karimov «Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati» nomli risolasida «Ozbek millati azaldan oz fikr-zikri, oz istiqloli uchun kurashib yashagan. Bunga moziy guvoh. Millatimiz tarixi haqidagi haqiqat, yurtimizning fidoyi, oz yolidan, maslagidan, sozidan qaytmaydigan farzandlariga ochilishi lozim. Bilishimiz shart bolgan tarix sahifalarini qunt bilan varaqlash hammamiz uchun ham qarz, ham farz», - deganda xalqimiz tarixiy qismatidan saboq olishni, otalar tajribasini organishni nazarda tutadi. Zotan, xalqimizning uzoq tarixi ozodlik, istiqlol uchun tinim-siz kurash davridir.
Turkiston ozining keyingi bir yarim ming yillik tarixida bor-yogi 376 yil hur mamlakat rutbasida bolgan (B.Ahmedov). Boshqa paytlar esa bosqinchilar zulmi ostida kun kechirgan. Shundan ham korinib turibdiki, Turkiston tarixiy rivojlanishning hamma bosqichlarida turli shaklda bolinishlarga, uning xalqi ozgalar tomonidan tahqirlanishga, kamsitilishlarga duchor bolgan. Xalqimiz-ning grek, makedoniyaliklar zulmiga, arablar istilosiga, mogul bosqinchiligiga va nihoyat Chorizm mustamlakachiligiga qar-shi olib borgan milliy-ozodlik harakatlari tarix sahifalarida abadiy qolgan. Ayni chogda yaqin tariximizda, sovet hokimiyati yillarida Ozbekistonning markazga tobeligiga qarshi, aniqrogi, shu davrda Ozbekistonning milliy Mustaqillikka erishishi uchun tarixiy vazi-yatga qarab goh oshkora, goh yashirin tarzda olib borgan kurashlari-ni qator manbalar orqali tobora chuqurroq bilib boryapmiz. Bir soz bilan aytganda xalqimiz azal-azaldan oz fikri-zikri bilan Mustaqil, Ozod, Erkin yashash uchun tinimsiz intilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |