1. OQUV MATERIALLARI
1.1. MARUZA MAVZULARI BOYICHA OQUV MATERIALI
MARUZA MAVZULARI
1-MAVZU: KIRISH.OZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI OQUV FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI, NAZARIY-METODOLOGIK TAMOYILLARI.
Darsning oquv maqsadi: Ozbekiston tarixi fanining predmeti, nazariy- metodologik asoslari, manbalari va mintaqa tarixining jahon tarixi bilan bogliqligi togrisida biiimlar tizimini shakllantirish.
Tayanch iboralar: tarix, Ozbekiston, fan, predmet, obyekt, nazariy- metodologik asoslar, tamoyillar,holislik, ilmiylik, tarixiylik, davr, tarixiy manba, yozma manbalar, moddiy manbalar, xalq, mamlakat, mintaqa, otmish, Movarounnahr, Turkiston, Gerodot, xitoy yilnomalari, Kvint Kursiy Ruf, Strabon, madaniyat, til, urf-odatlar, tarixiy otmish, tarixiy xotira, sivilizatsiya, arxeologiya, numizmatika, paleograflya, etnografiya, sharq va garb, shaharsozlik, Avesta, Bexistun yozuvlari, Temur tuzuklari, Beruniy, Forobiy, madaniy meros, Amir Temur, Mirzo Ulugbek, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Alisher Navoiy, komil inson, vatanparvarlik, insoniylik.
Reja:
Ozbekiston tarixi fani, predmeti, obyekti, uning maqsadi va vazifalari.
Ozbekiston tarixi fanining nazariy-metodologik asoslari
Ozbekiston tarixini davrlashtirish.
Tarixiy manbalar va ularning turlari, ahamiyati.
Ozbekiston tarixi fanining komil inson tarbiyasidagi orni va roli.
Asosiy qism
Kishilik jamiyati qaror topganidan odamzod avlod-ajdodlari kimligini, qanday hayot kechirganligini, nasl-nasabini, ozi tugilib voyaga yetgan zaminni, Vatanining otmish tarixini bilishni istaydi.
Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning oz yurti, tili, dini, madaniyati, qadriyatlari, urf-odatlari tarixini bilishga, ozligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Har qaysi mamlakat, har bir xalqning oziga xos bolgan uzoq va betakror tarixi boigani kabi ona Vatanimiz Ozbekistonning ham, ozbek xalqining ham boy va sermazmun tarixi mavjuddir. qadim otmishda Turon, Turkiston, Movarounnahr deb atalgan ona zaminimiz turli tarixiy yozma va arxeologik manbalarga kora Xitoy, Hindiston, Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk mamlakatlar qatori dunyoga mashhurdir. Vatanimiz jahon tarixining turli xalqlar, sivilizatsiyalar tutashgan eng tolqinli, shiddatli chorrahalardan biri bolib, bu zaminda mahalliy aholining fors, hind, xitoy, yunon, arab, rus xalqlari bilan malum darajada aralashuvi sodir bolib, ularning madaniyati, tili, dini, fani, sanati, turmush tarzi bir-biri bilan uygunlashib ketgan.
Bugungi kunga kelib Vatanimiz Ozbekiston nafaqat sharq, balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bolganligini butun jahon tan olmoqda. Tariximiz ildizlari necha-necha ming yilliklarga borib taqaladi. Ozbek xalqining boy va qadimiy davlatchilik tajribasi bolib, hozirgi Ozbekiston hududida ilk mustaqil davlat tuzilmalari, miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlaridayoq paydo bolib, qariyb 3 ming yil mobaynida takomillashib borgan va Dunyo davlatchiligi ravnaqiga eng yuksak darajaga kotarilganligi butun dunyoga malumdir. Bundan qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fuzalolar, olimu-ulamolar, siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan.
Eramizgacha va undan keyingi asrlarda qurilgan murakkab suv inshootlari, shu kungacha korku-fayzini, mahobatini yoqotmagan asori-atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizda dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, memorchilik va shaharsozlik yuksak bolganligidan dalolat beradi.Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi tosh yozuvlar, bitiklardan tortib, bugungi kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qolyozma, ularda mujassam tarix, adabiyot, sanat, ahloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astronomiya, memorchilik, dehqonchilikka oid on minglab asarlar bizning beqiyos manaviy boyligimiz iftixorimizdir.
Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Toshkent kabi kohna shaharlarimiz bugungi kunda jahon miqyosidagi ziyoratgohlarga aylangan. Muqaddas zaminimiz orqali otgan Buyuk Ipak yoii Sharq va Garbdagi mamlakatlar va xalqlami bir-biri bilan boglab, ularning madaniy, iqtisodiy hamkorligiga xizmat qilgan.
Ana shunday qadimiy va buyuk mamlakat tarixini, tabarruk zaminimizda necha ming yillar mobaynida yashab, kurashib ijod qilib kelayotgan xalqimiz otmishini Ozbekiston tarixi fani organadi. Ozbekiston tarixi predmeti xalqimizning eng qadimgi davrlardan to hozirgi kunlargacha bosib otgan uzoq va murakkab tarixiy yolini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va manaviy hayotini holisona organishni oz oldiga maqsad qilib qoygan.
Vatanimiz tarixi ozbeklarning xalq, millat bolib shakllanish jarayoni, ajdodlarimiz qoldirgan boy manaviy merosi, davlatlarning tashkil topishi, ularning ichki va tashqi siyosatini organadi. Ozbekiston tarixi fanining dolzarb muommolari, yechimini kutayotgan talaygina masalalari mavjud bolib, jumladan Vatanimiz hududida eng qadimgi davrlardan boshlab yashayotgan aholi va ularning joylashuvi, bu aholining qoshni qabilalar bilan turlicha munasabatlari, Amudaryo va Sirdaryo oraligida yashagan qadimiy mahalliy aholi bizning ajdodlarimiz ekanligini asoslash va tadqiq etish shular jumlasidandir.
Ozbekiston tarixini organishda manbalar alohida ahamiyatga molikdir. Bular moddiy va yozma manbalardir. Tariximizning eng qadimgi davrlarini organishda arxeologik, antropologik va etnografik manbalarga suyaniladi. Bu manbalar turli korinishlarda bolib, ularga qadimgi ajdodlarimiz yashagan manzilgohlar, shahar xarobalari, mozor-qorgonlar qoldiqlari, kundalik turmush va xojalikda ishlatiladigan buyumlar, mehnat, jangovor qurollar, turli-tuman ashyolar kiradi. Yozma manbalar esa eng qadimgi yozuvlar, bitiklar, kitoblardan iboratdir. Moddiy va yozma manbalar malumotlarini solishtirib, qiyoslab tarixni talqin etish muhim ahamiyatkasb etadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda xulosa qilib aytish joizki, tarix- tadqiq etish, tekshirish, voqealar haqida aniq hikoya qilish manolarini anglatib, insonlar haqida, ularning uzoq otmish davrlardan bizgacha yetib kelgan hayotiy tajribasi haqidagi fandir.
Vatanimiz tarixi ajdodlarimizning qadimgi davrlardan buyon bosib otgan taraqqiyot yolini, ilk davlat shakllarining vujudga kelishi, xalqimizning millat sifatida shakllanishi, malum davrlarda boshqa davlatlarga qaram bolib qolganligini, uning ayanchli mashaqqatlarini, ajnabiy bosqinchilarga qarshi mustaqillik va ozodlik uchun kurashi, jasorat korsatgan qahramonlarini, xalqimizning manaviyati va marifatini kotarishda jon fido qilgan oglonlarini, qatagon davri qurbonlari, nihoyat pirovardida xalqimizning mustaqil taraqqiyot yoliga kirishi, mustaqillik sharoitida milliy, huquqiy davlatchilik qurilishi, demokratik, fuqarolik jamiyati qurish, erkin bozor iqtisodiyotini yaratishi sohalarida faoliyatini va nihoyat Ozbekistonning jahon hamjamiyatiga qoshilish tomon borganligini orgatadi.
Ozbekiston tarixi fani xalqimiz tarixini haqqoniy aks ettiruvchi kozgu, ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, manaviy saboqlar yigindisi hisoblanadi.
Ozbekiston tarixini yoritishda ilmiy nazariy-metodologik asoslarni organish katta ahamiyatga egadir. Ular asosan quyidagilardan iborat:
1. Tarixiy voqea, hodisalarni organish, tahlil qilish, yoritishda ularga holisona, haqqoniy, ilmiy yondoshuv asosiy metodologik tamoyildir. Bunda tahlil qilinayotgan har xil tarixiy voqea-hodisalami holis, haqqoniy voqea-hodisalar qanday sodir bolgan bolsa, shundayligicha yoritish kozda tutiladi. Tarixiy hodisalarni bir butun holda, ozaro aloqada, deb organish lozim. Holislik talab qiladigan qoidalar shundan iboratki, turli tarixiy davrlarda tarixiy-madaniy taraqqiyotni organish jarayonida bolib otgan, yoki shu taraqqiyot bilan bogliq bolgan barcha voqea-hodisalarni hech bir ozgartirishlarsiz, qanday bolsa, osha holatda talqin va tahlil etish, tekshirish va xulosa chiqarib, yaxlit holga keltirish muhimdir.
Mustaqillik tarixni holisona yoritish imkoniyatini yaratdi. Ozbek olimlarining kuch-gayrati bilan, - deb yozadi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov:- tariximizning kopdan ko"p goyat muhim sahifalari, eng avvalo, Temuriylar davri XIX asr oxiri, XX asr boshlari tarixi yangidan kashf etiladi. Shuni esda tutish muhimki, otmishimizni oqlash vazifasi umuman olganda bajarib boiindi, hozir esa asosiy vazifa, tarixiy tahlilni ilmiy jihatdan holisona va halol amalga oshirishdan iboratdir.
Ozbekiston tarixini organishning ikkinchi uslubiy tamoyili-bu voqea va hodisalarni dialektik asosda organishdir.
Dialektika-olam yagona va yaxlit, unda sodir boladigan hodisalar, voqealar umumiy va ozaro boglanishda, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda boladi, deb talim beradi. Har bir voqea-hodisani, boshqa voqealar, hodisalar bilan boglab organishdangina mazkur voqea-hodisaning umumiy tarixiy jarayondagi ornini togri aniqlash, belgilash mumkin boladi. Har bir voqea-hodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi deb qaramoq kerak.Chunki mavjud bolgan har bir xalq, millat yoki elat tarixi faqat oziga xos xususiyatlari bilan ajralib tursada, butun insoniyat taraqqiyoti tarixi bilan umumiy aloqadorlikdadir.
Tarixiy malumotlarga kora haqiqatdan ham ozbek xalqining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanishi jahon tarixi taraqqiyotining bir ozagi- qismidir. Eng qadimgi davrlardan boshlab yaqin otmishga qadar Okrta Osiyo,
Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Eron, Afgoniston, Shimoliy Hindiston kabi hududlar orasida yagona iqtisodiy, madaniy makon mavjud edi.
Uchinchi asosiy tamoyil tarixiylik bolib, har bir voqea-hodisa qanday tarixiy muhitda, nima uchun aynan shu paytda, shu korinishda sodir bolganligini, bu voqea-hodisa oz taraqqiyotida qanday asosiy bosqichiarni bosib otganligini, keyinchalik u qanday holatga tushganligini bilish tarixiylik tamoyilining asosiy talabidir. Masalan, biron davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtai-nazaridan turib baho bermoqchi bolsak, birinchidan u qachon, qanday tarixiy sharoitda paydo boldi, ikkinchidan, u oz taraqqiyotida qanday bosqichiarni bosib otdi, uchinchidan, uning tarixiy omi, mavqei qanday degan savollarga aniq javob berish zarur.
Tarixiylik uslubi xalqning otmishiga, hozirgi zamoni va kelajagiga yagona tarixiy jarayon sifatida otmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon kelajakni yaratadi, degan taraqqiyot qonuni asosida qarashni talab etadi. Otmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik mukammal organsak, anglab yetsak, hozirgi zamonni shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni aniq tasavvur etamiz.
Tortinchi tamoyil ijtimoiy yondoshuv tarixiy jarayonlami aholi barcha tabaqalarining manfaatlarini hisobga olgan holda organishni taqozo etadi. Voqealami alohidja bir ijtimoiy tabaqa-kambagallar, yoqsillar yoki mulkdor boylar nuqtai-nazaridan turib tahlil etish, yoritish, bir tomonlama yondoshuv bolib, bu tarixni soxtalashtiradi, notogri xulosalarga olib keladi.
Ijtimoiy yondoshuv tamoyili davlat arboblarining siyosiy kuchlar, partiyalar, turli uyushmalar, ular yolboshchilarining tarixiy taraqqiyot darajasiga korsatgan ijobiy yoki salbiy tasirini, jamiyatning u yoki bu yoldan rivojlantirishdagi rolini bilib olishda muhim ahamiyatga molikdir.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda mamlakatimiz tarixini organishda Vatan manfaati, milliy qadriyatlar, ananalar, urf-odatlar, din, diniy talimotlar va ularning asoschilari faoliyatini yoritishda sivilizasion nuqtai-nazardan yondashmoq kerak.
Vatanimiz tarixini yaratishda, yuqorida zikr etilgan metodologik tamoyillardan tashqari faktlami taqqoslash, davrlashtirish va boshqa usullardan ham zarur.
Vatanimiz tarixini mukammal organish, tadqiq qilishda uni togri davrlashtirish muhim ahamiyatga egadir.
Sovetlar hukmronligi davrida SSSR tarkibidagi yuzdan ortiq xalqlar tarixi, jumladan vatanimiz tarixini besh davrga boldilar.
Ibtidoiy jamoa tuzumi davri.
Quldorlik tuzumi davri.
Feodalizm tuzumi davri.
Kapitalizm tuzumi davri.
Sotsializm va Kommunizm davriga bolindi.
Bunday davrlashtirishning maqsadi jamiyat taraqqiyoti insoniyatni albatta Kommunizm ga olib boradi degan goyani ilgari surush va otkazishdan iborat edi. Shu tufayli XX asrning oxiriga kelib insoniyat bu goyani yelkasidan uloqtirib tashladi. Natijada butun dunyoda sinfiy qadriyatlar dan milliy va umuminsoniy qadriyatlar ning ustunligi etirof etildi.
Vatanimizning, ozbek xalqining boy, serkolam, betakror tarixi, uning oziga xos va mos tarixiy taraqqiyot davri mavjud bolib, uni tarixnavis olimlarimiz fikriga kora quyidagi davrlarga bolish joizdir.
Ibtidoiy jamiyat, Qadimgi davr notogriligini XX asrda koplab xalqlar taqdirida sinab korildi. Pirovardida bu fojeali oqibatlarga olib keldi
Orta asrlar davri.
Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri.
Sovetlar istibdodi davri.
Milliy istiqlol davri.
Do'stlaringiz bilan baham: |