Birinchi kuchlar - N.Rijkov va V.Pavlov Dasturi tarafdorlari. Ular sobiq SSSRni saqlab qolish, xalq xojaligini markazdan boshqarish, huquqni koproq markazda toplash niyatida edilar. Ular iqtisodiyotni rivojlantirishda sotsialistik yoldan voz kechmaslikni talab qilar edilar.
Ikkinchi kuchlar - S.Shatalin guruhi azolari tarafdorlari. Ular SSSRni tarqatib yuborish, ittifoqdosh respublikalar ornida suveren, Mustaqil Davlatlar tuzish, cheksiz xususiy tadbirkorlikni rivojlanti-rish, mulkni davlat tasarrufldan chiqarish, xususiylashtirish, kolxoz va sovxozlarni tugatib, fermer xojaliklari tuzishni kozda tutdilar. Bu mohiyatan iqtisodiy rivojlanishning sotsialistik yolidan voz ke-chishni bildirar edi.
Uchinchi kuchlar - bu M.Gorbachyov Dasturini quvvatlovchilar. Ular murosa yolini qidirib, yuqorida tilga olingan har ikki dastur yonalishlarini uygunlashtirish va SSSRni saqlab qolish, markazlashgan mamuriy buyruqbozlik hokimiyatini yoqotmaslik, «shokovaya Terapiya» («falaj qilib davolash») usulidan foydalanish goyasini ilgari surar edi. Yangi Ittifoq Shartnomasini tayyorlash ham shu maqsadlarga yonaltirilgan edi. Jumladan, yangi Ittifoq Shartnomasida mamlakat nomini ham «Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi» deb emas, «Mustaqil Sovet Respublikalari», «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi» deb atash togrisidagi takliflar ham ortaga tashlana boshladi.
Shunday qilib, sobiq SSSR ijtimoiy taraqqiyotida uchta yonalish- totalitarizmga qaytish, jahon tajribasiga xos transforma-tsiya va sotsialistik yonalishdagi demokratik kuchlar toqnashib qolgan edi. Tabiiyki, bu mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida tanaz-zulni vujudga keltirgan edi.
Ana shunday ziddiyatli bir sharoitda Ozbekiston rahbariyati bu yonalishlarning nomaqbul ekanligini aniq-ravshan kordi va respublika xalq xojaligini bozor iqtisodiyotiga otkazishning oziga xos yolini Mustaqil tarzda ozi belgilay boshladi. Avvalo, «Ozbekistonning iqtisodiy mustaqilligini shakllantirish konsep-siyasini» tayyorlashga kirishildi. Konsepsiya respublika Davlat Reja qomitasi, Moliya vazirligi, boshqa vazirliklar, idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari, viloyatlar va Toshkent shahar ijroiya qomitalari bilan hamkorlikda tayyorlandi. Unga kora, «Ozbekiston xalq xojaligini soglomlashtirish va bozor iqtisodiyotiga otishning asosiy prinsiplari» ishlab chiqildi va u 1990-yil 17-oktabrida umumxalq muhokamasi uchun elon qilindi.
1990-yil oktabri oxirida Ozbekiston SSR Oliy Kengashi IV sessiyasida bu masala yuzasidan Hukumatning hisoboti eshitildi.
Oliy Kengash sessiyasi «vujudga kelgan ahvoldan chiqishning yolini... respublikaning iqtisodiy mustaqilligiga erishish asosida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va jadallashtirishdan iborat» deb hisobladi.
Shuning uchun ham sessiya respublika Hukumati Dasturini maqulladi va Ozbekiston Ministrlar Sovetiga «Ozbekiston SSR mulkiga egalik qilish, uni tasarruf etish, taqsimlash va undan foy-dalanish masalalari yuzasidan respublikaning suveren huquqlarini amalga oshirishning samarali amal qiluvchi mexanizmini yaratish boyicha asoslangan takliflar tayyorlash, shuningdek, 1-iyungacha Ozbekiston Oliy Sovetiga iqtisodiy tizim masalalari va yer, yer-osti hamda boshqa tabiiy boyliklarni, ishlab chiqarish korxonala-rini Ozbekiston SSR mulkiga otkazish boyicha Ozbekiston SSR Konstitutsiyasiga kiritiladigan ozgarishlar togrisida Qonun loyihasi kiritishni topshirdi.
Hukumat Dasturiga kora, quyidagilar Ozbekiston xalq xojaligini soglomlashtirish va bozor iqtisodiga bosqichma-bosqich otishning asosiy yonalishlari qilib belgilandi:
Mustaqil davlat bolmish Ozbekiston:
boshqa respublikalar bilan muvofiqlashtirilgan mustaqil ijtimoiy va iqtisodiy siyosatni xalq xojaligini ozi boshqarish va ozini ozi pul bilan taminlash sohasida suveren huquqlarini amalga oshi-radi, xojalik turmushi va madaniy turmushdagi milliy oziga xoslik saqlanib qolishini taminlaydi;
boshqa respublikalar bilan oz iqtisodiy aloqalarini ekvivalent-lik va ozaro manfaatdorlik asosida mustaqil hal etadi, bu aloqalarni mamlakatning yaxlit xalq xojalik kompleksi doirasida ozaro shart-nomalar va bitimlar bilan tartibga soladi;
mahalliy Sovetlarning mahalliy ozini ozi boshqarishni keng rivojlantirish, uning mulkiy va moliyaviy negizini mustahkamlash huquqlariga kafolat beradi;
oz ixtiyorida bolgan hamma vositalar bilan mehnat jamoalarining va fuqarolarning iqtisodiy huquqlarini mustahkamlashga komaklashadi, shu huquqlarning har tomonlama himoya qilinishini taminlaydi.
Ozbekiston SSR Oliy Kengashining 1991-yil 30-sentabr qarori bilan Konstitutsiyaviy maqom berildi. Jumladan, unda shunday deyiladi:
«O`zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to’g’risida» 1991-yil, 31-avgustida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga konstitutsiyaviy maqom berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi amaldagi Konstitutsiya moddalari «O`zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to’g’risida))gi Qonunning qoidalariga zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin.
Konstitutsiya komissiyasisi tayyorlanayotgan «Respublika Konstitutsiyasi-ning Davlat Mustaqilligi asoslari togrisida»gi Qonunning qoidalariga amal qilinsin.
Shu tariqa qonun tarzida huquqiy jihatdan rasmiylashtirilgan Ozbekiston mustaqilligi barchaning dilini quvonchlarga toldirdi. Toshkentdagi Podyomnik ishlab chiqarish birlashmasining ishchisi, 21-saylov okrugidan Ozbekiston xalq deputati Botir Qosimov sessiya yakunida sozga chiqib, shunday dedi:
«Yashirmayman, mustaqillik haqida gap-soz kop edi-ku, lekin ishning amaliy qismiga kelganda siljish yoq edi. Nihoyat respublikamiz Oliy davlat hokimiyati juda muhim qonun, davlat mustaqilligi togrisidagi hujjatni qabul qildi. Endi mana shu har birimizga quvonch va iftixor tuygularini olib kelgan qarorni amalda quvvatlashi-miz zarur».
Shu tariqa xalqimizning uzoq yillar kurashib, intilib qolga kiritgan mustaqillik erki qonun bilan mustahkamlab qoyildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |