Xosh, Mustaqillikning ozi nima? U nimalarga asoslanadi va uning mazmun-mohiyati nimalardan iborat?
Eng avvalo shuni aytish kerakki, Mustaqillik tenglik sari qoyilgan birinchi qadam. Chunki, tenglik bolmagan joyda kim-dir kimgadir tobe boladi. Mutelik bor joyda hukmronlik, ozgalar hisobiga yashash kabi illatlar paydo boladi. Natijada biz songgi bir yarim asr mobaynida boshimizdan otkazgan mustamlakachilik dunyoga keladi. «Tenglik» sozining qudrati shundaki, u odamlar-ning ozaro munosabatlaridan tortib, davlatlararo munosabatlargacha hamma narsani meyor-mezonga soladi, turli kamsitishlar yoki man-tiqsiz tazim-tavozega chek qoyadi.
Istiqlol - ozaro hurmat, bir-birini tan olish, bir-birini ezozlash orqali inson qadr-u qimmatini asrashdir. Demak, mustaqil har bir shaxs, har bir inson mohiyatidan kelib chiqadigan butun jamiyat va insoniyatni baholaydigan umuminsoniy qadriyat!
Mustaqillik - jamiyatdan ajralmagan holda dunyo muammolari va oz taqdiri bilan bogliq bolgan istiqbol haqida oylashdir.
Istiqlol - erkin dunyoqarash, erkin tafakkurga suyanib yashash salohiyatidir.
Mustaqil yashashga, Mustaqil fikrlashga, oz taqdirini ozi belgilashga, oz hayotini ozi izga solishga qodir odam ziddiyatlarni osonlik bilan yengadi, dunyoning shiddatli muammolar buhronida dovdirab qolmaydi. Har bir inson ruhiyati, fel-atvori jihatidan qaraganda ana shu oddiy hayotiy haqiqatni keng manoda davlat musta-qilligiga ham qiyoslash mumkin.
Mustaqillik mustamlakachilikning har qanday shaklini, u ta-qozo etadigan tazyiqlar, kamsitishlar va zoravonliklarni inkor etadi. Ayni paytda mustaqillik jahon taraqqiyotining ilgor tajribalari asosida oz ravnaqining oziga xos tamoyillarini ishlab chiqish bilan birga yagona zamin, yagona makon taqdirini belgilashda ozaro hamkorlikning yangi, sifat jihatidan yuqori bolgan, umuminsoniy manfaatlarga mos keladigan andozasi asosida yashash demakdir. Agar u hamkorlik, ozaro hamjihatlik, mamlakatlararo, davlatlararo va mintaqalararo siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlarni qaror toptirmasa oz qobigida qolib ketishi, milliy mahdudlik doirasidan chiqolmasligi mumkin. Shuning uchun ham istiqlolning goyatda zalvorli tajribasidan otgan tamoyillari hamma vaqt dolzarb bolib qolaveradi. Chunki u doimiy ravishda rivojlanib, oz-ozini boyitib, takomillashib, fuqarolar ongi va tafakkurini o tirib borayotgan tarixiy voqelikdir.
Mustaqillik - tabiatan ongli yashash, ongli munosabatni qaror toptirish mezoni. Ayni paytda u harakatlarning, intilishlar va qobiliyatlarning kuchayishini, doimiy kamolotni taqozo etadigan manaviy-ruhiy, marifiy-axloqiy hodisa. Bu, ayniqsa, sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan, mustamlakachilik azobini korgan mustaqil mamlakatlar, xususan Ozbekiston hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Nima uchun?
Totalitar tuzum davrida davlat mamlakat boshqaruv tizimidan tortib alohida-alohida shaxslarning kundalik turmushiga va istiqboliga daxldor bolgan har qanday katta-kichik masalalarni hal etishni oz zimmasiga olgani uchun mehnatkash xalq moddiy va fikriy boqimandalik kayfiyatiga duchor bolgan edi. U faqat ishlash huquqiga ega edi, xolos. Mehnat deb atalgan hissiz mashinaning murvatiga aylanib qolgan edi. Ertadan kechgacha mehnat qilasan, mehnating-ga yarasha ochdan olmaslikka u etadigan haqqingni olasan, tamom-vassalom. Bu - sobiq ittifoqda qonun kuchiga ega bolgan davlat siyosati edi. Odamzod shunchaki ishlar, shunchaki umr kechirardi, xolos. Tiriklik degan buyuk nematning, hayot degan oliy tushunchaning magzini chaqishga ozida ragbat ham, ehtiyoj ham sezmas edi. Binobarin, aql bilan ish tutish, voqelikni idrok qilish, bunyod etish, yaratish, ijodkorlik tuygulari butunlay sondirilgan edi. Shuning uchun ham mamlakat taraqqiyoti sustlashib, odamlar turmush darajasi pasayib borardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |