Kirish.
Ajuga turkistanica - lotincha nomi. Ruscha nomi: Живучка туркестанская O'zbekcha nomi: Kapalakqo'nmas, Ayuga Lamiaceae oilasiga mansub ko'p yilik o'simlik. Mamlakatimiz hududida Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari togʻlarining pastki va oʻrta qismida loyli va toshli qiyaliklarda, turli jinsli tuproqlarda oʻsadi. Umumiy tarqalishi Oʻrta Osiyo (Janubiy Pomir-Oloy). Boʻyi 30 sm ga yetadigan oʻt oʻsimlik. Poyasi koʻtarilib oʻsuvchi, baʼzan yotib oʻsuvchi, tukli, ichi kovak, aniq bilinmaydigan 4 qirrali. Qarama-qarshi, cho'zinchoq-elliptik yoki obovate, uzunligi 4,5-6 sm, kengligi 1,4-1,8 sm, ko'pincha yumshoq tukli, deyarli kesilgan, odatda qirrali barglardan iborat. Gullari uncha yirik emas och pushti rangli, ikkitadan barg qoʻltigʻida joylashadi. Mevasi uzun, 7 mm uzunlikdagi zaytun-jigarrang. May-iyun oylarida gullar, may oyining oxirigacha mevalar hosil qiladi
Xom-ashyo tayyorlanishi va uning sifati. Oʻsimlikni yalpi gullash davrida janubiy rayonlarda iyul oyining boshlarida tayyorlanadi. Buning uchun tepa qismidagi gullab turgan novdalari kesib olinadi. Muddatidan keyinroq yigʻilsa, biologik faol moddalari va xom-ashyo sifati pasayadi. Yigʻilgan oʻtni yaxshi havo aylanadigan angar yoki ayvonda, qogʻoz yoki latta ustida 5-7 sm qalinlikda yoyib, har zamon agʻdarilib turiladi. Maxsus quritgichlarda 35 C gacha boʻlgan haroratda qoʻyilsa, tezroq quriydi. Oʻsimlikni butunligicha qoplarga 5-15 kg, maydalanganidan 10-30 kg solish mumkin. Qadoqlashdan oldin xom-ashyoga qoʻshimcha ishlov beriladi: yanchib dagʻal poyalari ajratiladi. Quruq, yaxshi shamollatilgan xonalarda saqlanadi. Saqlanish muddati 2 yil. Xom-ashyo poyaning yuqorigi qismlaridagi (uzunligi 20 sm gacha) barglari va toʻpgullaridan tayyorlanadi.
Tibbiyotda qoʻllanilishi va kimyoviy tarkibi. Yer ostki qismi tarkibida fitoekdizonlar: ayugalakton, ekdisteron, siasteron, turkesteron, ayugosteron B 0,003%; yer ustki qismida fitoekdizonlar: ekdisteron, siasteron; shuningdek, barglarida fitoekdizonlar: ekdisteron, ayugalakton, ayugosteron B, 22-atsetilsiasteron, siasteron mavjud. Turkiston ayugasi moddalaridan ajratilgan “Jisten” – suv-spirtli konsentrati OʻzR FA Oʻsimlik moddalari kimyosi institutida ishlab chiqarilgan. Qashqadaryo va Surxondaryoning togʻoldi hududlarida chegaralangan maydonlarda xom-ashyo zahirasi mavjud. Kvota boʻyicha 5 tonna chegarasida xom-ashyosini tayyorlash mumkin. Bu oʻsimlikni faqatgina oʻsib turgan populyatsiyasini saqlab qolib va oʻz-oʻzidan koʻpayishini taʼminlash mumkin. Yetishtirish usullari ishlab chiqilmagan.
Xulosa oʻrnida dorivor oʻsimliklarni tanlash va ularni koʻpaytirish uchun eng avvalo ularning bioekologik va fiziologik xususiyatlarini oʻrganish hamda ilmiy asoslangan holda ularni yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish zarur. Shu bois bu yoʻnalishda qator ilmiy-tadqiqot izlanishlarni olib borish maqsadga muvofiqdir.
Ajuga pyramidalis
Do'stlaringiz bilan baham: |