Kurs ishining tuzilshi. Kirish, III bob, reja, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati va ilovalardan iborat. Ishning hajmi 36 sahifani tashkil etadi. Ishda rasmdan foydalanildi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Chet el kompaniyalarining dorivor o‘simliklaridan olingan mahsulotlari Respublikamizga import qilinadi, qabul qilingan qaror bu preparatlarni o‘zimizda o‘sadigan dorivor o‘simliklardan olish imkoniyatini yaratadi. Misol tariqasida Bolgariyaning “Tribestan” (temirtikan o‘simligi), Germaniyaning “Gelarium giperikum” (dalachoy o‘simligi), Chexiyaning “Persen” (arslon quyruq o‘simligi asosida), Rossiyaning “Ekstrakt valeriany” (asorun ildizi va ildizpoyalari) katta miqdorda dori shaklida kirib keladi. Bu shifobaxsh o‘simliklar o‘zimizda ham o‘sadi. Bularning ichidan faol moddalarni olish import hajmini kamaytirish imkonini beradi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.[2]
Respublikada so‘nggi yillarda dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, dorivor o‘simliklar yetishtiriladigan plantatsiyalar tashkil etish va ularni qayta ishlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda
ixtisoslashtirilgan hududlarda dorivor o‘simliklarni yetishtirish, urug‘liklar va ko‘chatlar tayyorlash, bosqichma-bosqich zamonaviy dorivor o‘simliklar plantatsiyalari tashkil etish;
dorivor o‘simliklarni yetishtirish va urug‘chiligini tashkil etishda ilg‘or ilm-fan yutuqlarini qo‘llash;
dorivor o‘simliklar yetishtirish va ularni qayta ishlash bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro faol hamkorlik qilish va sohaga bosqichma-bosqich innovatsion yechimlar (nou-xau) joriy etish;
dorivor o‘simliklar yetishtirish va ularni qayta ishlashga xorijiy kompaniyalarning investitsiyalari hamda ilg‘or texnologiyalarini jalb qilish;
dorivor o‘simliklar va ulardan olinadigan mahsulotlarga bo‘lgan ichki bozor talabini qondirish hamda ularni eksport qilish;[1]
Maxalliy korxonalarda dorivor oʻsimliklarni va ular asosida biologik faol qo’shimchalar ishlab chiqarishni rivojlantirish toʻgʻrisida”gi qarorlari shular jumlasidandir. Shu o’rinda respublikamiz farmavsevtika korxonalariga Dorivor o’simliklar yetishtirish va ularning tabiiy holda tarqalganlarini saqlab qolish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Tabiiy holda tarqalgan dorivor o’simliklarni yig’ib olib, quritib, saqlab, farmavsevtika korxonalariga xom-ashyo sifatida yetkazib berilmoqda. Shular qatorda mintaqamizda Ayuga (Ajuga turkistanica) endemik tur hisoblanganligi sababli bu o’simlik tarqalgan hududni muhofazaga olish va oqilona foydalanish maqsadga muvofiqdir.[3]
Keyingi yillarda respublikamizda farmatsevtika sanoatining ehtiyojlarini qondirish maqsadida ancha ishlar amalga oshirildi: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi, keng koʻlamda tadqiqotlar amalga oshirildi, dorivor oʻsimliklar yetishtirishga ixtisoslashgan xoʻjaliklar tashkil qilindi. [4]
Yuqorida aytib o‘tilganidek hozirgi vaqtda tibbiyotda 250 ga yaqin o‘simliklaming mahsulotidan foydalaniladi. Shu ko‘rsatilgan dorivor о ‘simiiklar mahsulotining 48% yovvoyi holda о‘sadigan о‘simliklardan, 30% turli tuproq iqlim sharoitida joylashgan xo‘jaliklaming dorivor o‘simliklar о‘stiriladigan maydonlarida tayyorlanadi. Qolgan 22% «aralash» guruhni 8 tashkil qiladi, ya’ni bu guruh dorivor o‘simliklar mahsuloti ham yovvoyi holda ham plantatsiyalarda o‘sadigan, o‘simliklardan yig‘iladi. Keyinchalik «aralash» guruh dorivor o‘simliklardan tayyorlanadigan dorivor mahsulotlaming salmog‘i umumiy yig‘iladigan dorivor mahsulot miqdorida yil sayin oshib borishi kutilmoqda. [5]
Yirik botanik olimlarni (Sokolov 1979,1981, Fedorov 1965 va b.) fikri va xulosasiga binoan botanik resursshunosligi oldida quyidagi asosiy masalalar yotadi:
- yovvoyi holatda o‘sadigan foydali (dorivor) o‘simliklar orasidan eng istiqbolli, to‘la-to‘kis o‘rganilgan va hozirgi zamon talablariga (tarkibi va ishlatilishi) javob beradigan o‘simliklarni ajratib olishdir;
- yig‘ib olishga mo‘ljallangan o‘simlik turlarini areali (tarqalgan erlari), populyasiyasini soni (tarqalgan erdagi miqdori), zahirasini turg‘unligi, miqdorini etarliligi, tiklanish xossasi, ta’sir etuvchi biofaol moddalarni mavjudligi, o‘simlik o‘sadigan joylarga etib borish imkoniyati, katta ko‘chalarga (transport yuradigan) yaqinligi va boshqa bir qator talablar qo‘yiladi.
- yangi topilgan o‘simlikni chuqur o‘rganish (morfologiya va umuman biologiyasini).
Yngi dorivor (foydali) o‘simlikni rivojlanishi, tabiiy holatda o‘sishi, ko‘payishi, changlanish tufayli o‘zgaruvchanligi, o‘sishiga va hosildorligiga atrof muhitni ta’siri, (ob- havo) yog‘ingarchilikni ko‘pligi yoki kamligi), atrof muhitni kimyoviy tarkibiga ta’siri va boshqalar kiradi. 7 - foydali yoki dorivor o‘simlikni xom ashyosidan yoki butunlay o‘zidan unumli va ko‘p qirrali foydalanish ustida ilmiy ishlar olib borib tavsiyalar berish. - dorivor (foydali) o‘simligini hosildorligini aniqlash, yig‘ib olish davrini aniqlab, har yili xom ashyo yig‘ib olish uchun optimal miqdorni ko‘rsatib berish ham resursovedlar zimmasiga yuklanadi. Undan tashqari dorivor o‘simlikni har bir turini tiklanish davrini aniqlab, xom ashyosini yig‘ib olish uchun ratsional ko‘rsatmalar berish. [6]
Do'stlaringiz bilan baham: |