III Bob Turkiston ayugasi o’simligi haqida umumiy ma’lumot.
3.1 Turkiston ayugasi o’simligi tuzulishi, ko’payishi, tarqalishi.
Ajuga turkistanica - lotincha nomi. Ruscha nomi: Живучка туркестанская O'zbekcha nomi: Kapalakqo'nmas, Ayuga Lamiaceae oilasiga mansub ko'p yilik o'simlik. G'arbiy Tyan-Shan uchun endemik O'sish tabiiy hududlari Tojikiston va O'zbekiston Mamlakatimiz hududida Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari togʻlarining pastki va oʻrta qismida loyli va toshli qiyaliklarda, turli jinsli tuproqlarda oʻsadi. Umumiy tarqalishi Oʻrta Osiyo (Janubiy Pomir-Oloy). 3.1-rasm Boʻyi 30 sm ga yetadigan oʻt oʻsimlik. Poyasi koʻtarilib oʻsuvchi, baʼzan yotib oʻsuvchi, tukli, ichi kovak, aniq bilinmaydigan 4 qirrali. Qarama-qarshi, cho'zinchoq-elliptik yoki obovate, uzunligi 4,5-6 sm, kengligi 1,4-1,8 sm, ko'pincha yumshoq tukli, deyarli kesilgan, odatda qirrali barglardan iborat. Gullari uncha yirik emas och pushti rangli, ikkitadan barg qoʻltigʻida joylashadi. 3.2-rasm Mevasi uzun, 7 mm uzunlikdagi zaytun-jigarrang. Mevasi barcha labguldoshlar oilasiga xarakterli boʻlgan toʻrtta yongʻoqcha. May-iyun oylarida gullar, may oyining oxirigacha mevalar hosil qiladi.
3.1-rasm Turkiston ayugasi (Ajuga turkestanica) tarqalgan hududlari.
3.2-rasm Turkiston ayugasi (Ajuga turkestanica) gullari.
O’stirish texnalogiyasi. Ushbu oʼsimlikni vegetativ usulda koʼpaytirishni maqsad qilib, oktyabr oyida oʼsimlikni novdali va ildizpoyali qismidan Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, Darband qishlogʼidan olib kelindi. Oʼsimlikning ildiz sistemasi yogʼochlashgan boʼlib, uning ustki qismidagi novdalari koʼchatlarga boʼlinib, institut issiqxonasiga ekildi. Аyuga oʼsimligi tabiiy yashash sharoiti togʼli hudud boʼlganligi sababli, ekishga moʼljallangan tuproq 5-6 gr superfosfat, ohaq tosh bilan aralashtirildi va yumshatildi. 10 oktyabrda egatlarga toʼrt toʼp oʼsimlik koʼchatlari oʼtkazildi. Ildiz koʼchatlarini 20-25 sm oraligʼida ekildi. Shu oʼsimliklarda biometrik oʼlchashlar olib borildi. Egatlarga oʼtkazilgan koʼchatlar parvarish qilib, har 10 kunda birinchi tartibli novdalar balandligi, barglar soni, barg oʼlchami, boʼgʼim oraligʼi, oʼsimlikning umumiy diametri kuzatilib borildi. Oʼsimlikning uchki kurtaklari tuproqdan 0,5- 1 sm balandikda qoldirildi. Egatlarga oʼtkazilgan koʼchatlarning oʼsishi uchun, namlikni saqlab turishi natijasida, 7-10 kundan keyin birinchi tartibli novdalarining oʼsish kurtaklari rivojlanayotganligi kuzatildi. Demak, bu vaqtga kelib, oʼsimlikning ildiz tizimi tuproqdagi suvda erigan oziq moddalar bilan meʼyorida oziqlana boshlagan. Oʼsimliknig umumiy balandligi 10-15 sm ni tashkil etdi. Noyabrь oyining oxirlarida birinchi tartibli novdalarning balandligi 20,5±1,2 sm boʼlib, boʼgʼimdan bir juftdan yana barg chiqardi. Dekabr oyida barglar soni 14 taga yetgandi, birinchi tartibli novdalarning boʼgʼimlaridan 4-6 ta ikkinchi tartibli novdalar oʼsa boshladi. Oʼsimlikning birinchi tartibli novdalarning balandligi 25 sm ni barg oʼlchami 3,5, eni 1,5 sm ga yetdi. Bu davrda oʼsimlik yer ustki qismlari hamda ikkinchi tartibli novdalar tez oʼsdi. Ildiz tizimining uzunligi 18 sm ga yetgandi. Mart oyining oxiri va may oylarining boshida oʼsimliklarning balandligi 29-30 sm ga yetib qoldi. Bu vaqtda oʼsimlikning boʼgʼim oraligʼi 4,5-5 sm, eng kalta boʼgʼim 0,5-1,0 sm ni tashkil etdi. Xulosa: Olib borilgan kuzatishlar shuni koʼrsatdiki Toshkent sharoitida oʼsgan oʼsimlikning umumiy balandligi 29-30 sm ni tashkil etdi. Oʼsimlikning koʼchat ildizlari tuproqqa moslanish xususiyatlarini hosil qila oldi. Oʼsimlikni ekish davrida tuproqqa mineral oʼgʼitlar bilan boyitish tavsiya etiladi. 3.3-rasm
3.3-rasm Turkiston ayugasi (Ajuga turkestanica).
3.4-rasm Turkiston ayugasi (Ajuga turkestanica) tarqalgan hududlari.
Xom-ashyo tayyorlanishi va uning sifati. Oʻsimlikni yalpi gullash davrida janubiy rayonlarda iyul oyining boshlarida tayyorlanadi. Buning uchun tepa qismidagi gullab turgan 20 sm uzunlikda novdalari kesib olinadi. Muddatidan keyinroq yigʻilsa, biologik faol moddalari va xom-ashyo sifati pasayadi. Yigʻilgan oʻtni yaxshi havo aylanadigan angar yoki ayvonda, qogʻoz yoki latta ustida 5-7 sm qalinlikda yoyib, har zamon agʻdarilib turiladi. Maxsus quritgichlarda 35 C gacha boʻlgan haroratda qoʻyilsa, tezroq quriydi. Oʻsimlikni butunligicha qoplarga 5-15 kg, maydalanganidan 10-30 kg solish mumkin. Qadoqlashdan oldin xom-ashyoga qoʻshimcha ishlov beriladi: yanchib dagʻal poyalari ajratiladi. Quruq, yaxshi shamollatilgan xonalarda saqlanadi. Saqlanish muddati 2 yil. Xom-ashyo poyaning yuqorigi qismlaridagi (uzunligi 20 sm gacha) barglari va toʻpgullaridan tayyorlanadi. 3.5-rasm.
3.5-rasm. Turkiston ayugasi (Ajuga turkestanica).
Do'stlaringiz bilan baham: |