Kurs ishining maqsadi. Kurs ishining maqsadi respublikamizda yovvoyi holda tarqalgan Turkiston ayugasi (Ajuga turkistanica) o'simligi tarqalgan qoplamini aniqlash o’rganish, bu yo’l bilan o’simlik plantatsiyalarini yaratish maqsadida urug’larini labaratoriya taxlilini amalga oshirish va bioekologik xususiyatlarini o’rganishdan iborat.
Yuqorida qayd etilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar rejalashtirildi va bajarildi:
֎ Turkiston ayugasi (Ajuga turkistanica) tarqalgan hududlarni o’rganish va u haqidagi malumotlarni ilmiy adabiyotlardan foydalanib o’rganish;
֎ Turkiston ayugasi (Ajuga turkistanica) o’simligining sistematik tahlil qilish, morfologiyasini o’rganish, hayotiy shaklini botanik tasniflash va shu turkumga mansub turlarni o’rganish;
֎ Turkiston ayugasi (Ajuga turkistanica) o’simligining ularni xalq tabobatida, qishloq xo'jaligidagi ahamiyati;
֎ Turkiston ayugasi (Ajuga turkistanica) kimyoviy tarkibi, farmasevtika sanoatida tutgan o'rnini o'rganish;
֎ Turkiston ayugasi (Ajuga turkistanica) o’simligi urug’larini labaratoriya taxlilini ilmiy adabiyotlardan foydalangan holda o’rganish.
Kurs ishi yangiligi. Kurs ishining ilmiy yangiligi shundan iboratki, Turkiston ayugasi (Ajuga turkistanica) haqidagi malumotlar ilmiy manbalardan to’plandi, bioekologik xususiyatlari, kimyoviy tarkibi va xalq xo'jaligidagi ahamiyati adabiyotlar yordamida tahlil qilindi. Bu o’simlik bo’yicha qilingan ilmiy tadqiqotlar o’rganilib, olingan natijalar kurs ishida yoritilib berildi.
Kurs ishining obyekti va pretmeti. Turkiston ayugasi (Ajuga turkistanica) mamlakatimiz hududida Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari togʻli hududlarida o’sadi. Umumiy tarqalishi Oʻrta Osiyo (Janubiy Pomir-Oloy). Boʻyi 30 sm ga yetadigan oʻt oʻsimlik. Poyasi koʻtarilib oʻsuvchi, baʼzan yotib oʻsuvchi, tukli, ichi kovak, aniq bilinmaydigan 4 qirrali. Qarama-qarshi, cho'zinchoq-elliptik yoki obovate, uzunligi 4,5-6 sm, kengligi 1,4-1,8 sm, ko'pincha yumshoq tukli, deyarli kesilgan, odatda qirrali barglardan iborat. Gullari uncha yirik emas och pushti rangli, ikkitadan barg qoʻltigʻida joylashadi. Mevasi uzun, 7 mm uzunlikdagi zaytun-jigarrang. May-iyun oylarida gullar, may oyining oxirigacha mevalar hosil qiladi.
Ushbu o’simlikni belgi hususiyatlarini bilish, bu mavzu bo’yicha adabiyotlar bilan tanishish kurs ishining obyekti va pretmeti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |