8 – savol bayoni:
Insonning kim va qanday ekanligi, nimalarga qodirligi tarbiyasining qay holatda ekanligi uning faoliyatiga bog’liqdir. Shuning uchun ham faoliyatni shakllantiruvchi tartibga solib turuvchi metodlar alohida toifani tashkil etadi. Bu metodlar orqali hayotiy ehtiyoj bo’lgan, kundalik yurish turish normalari, eng zarur fazilatlar hosil qiladi. Bu toifaga o’rgatish va odatlantirish, mashq qildirish, topshiriq, talabchanlik, jamoatchilik fikri, tarbiyalovchi holatlar yaratish kabi metodlarni kiritish mumkin.
O’rgatish va odatlantirish metodi tarbiyalanuvchilarni doimiy rejali tarzda ma’lum harakatlarni bajarib borish orqali tushuniladi.
Bu odatlar tarbiyalanuvchiga muntazam ta’sir etish orqali, shoshmasdan, bosqichma – bosqich hosil qilinadi. Olimlarning ta’kidlashicha fikr, g’oya ish harakatiga aylanadi.
O’rgatish va odatlantirish bolaning yoshiga, turmush tarziga, sharoitiga qarab qo’llaniladi. Bu metodning yaxshi natija berishi uchun tarbiyachi bola oldiga aniq vazifalar qo’yish, ayrim insoniy fazilatlarni namoyon etishga da’vat qilishi, kundalik rejimga amal qildirishi ahamiyatlidir.
Tarbiyalanuvchida salbiy odatlarning hosil bo’lib qolmasligiga e’tibor berib turish zarur.
Mashq qildirish xulq-atvor normalarini ko’p marotaba takrorlash jarayoni hisoblanadi. Bunda mashq ko’r-ko’rona bajaralidigan harakatlardan iborat bo’lib qolmasdan, shakllantiriladigan ma’naviy xususiyatlarni mohiyatini to’g’ri tushungan uning ahamiyatini his etgan holda amalga oshirish zarur. Shundagina yoshlar milliy va umuminsoniy axloq normalarini his etadigan hamda nafosat bilan amalga oshiradigan bo’ladi. Ma’naviy va xulqiy go’zallikning uyg’unlashuvida mashq qildirish samarali ta’sir etadi. Mashq qildirish mahoratning oshishiga katta hissa qo’shadi.
Tarbiyalanuvchilarga beriladigan topshiriqlar ularning ijtimoiy faoliyatini tarkib toptirishda foydali usullardan biri hisoblanadi.
Topshiriq bola bajarishi mumkin va zarur bo’lgan vazifalar yig’indisi bo’lib ota-ona, o’qituvchi, tarbiyasi va boshqalar tomonidan qo’yiladigan buyruq-talablarni amalga oshirishdir. Topshiriq bolaning imkoniyatiga shaxsiy xususiyatlariga qiziqishga mos bo’lganda mukammal bajariladi va tarbiyalanuvchi faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi.
Noto’g’ri berilagan topshiriqlar bolani qiynashi bilan birga tarbiyasiga yomon ta’sir etishi mumkin.
Talabchanlik topshiriq usuli bilan uzviy bog’liq bo’lib, yoshlarda mehnatsevarlik, bajaruvchanlik, mas’ulyatni his etish kabi xususiyatlarni shakllantiradi. Talabchanlik bola shaxsini hurmat qilish, ishonch bildirish, ma’lum me’yorga amal qilishni taqozo etadi.
Tarbiyalanuvchiga qo’yiladigan talablar o’z vaqtida sifatli qilib bajarilish zarur, uni nazorat qilish ahamiyatltdir.
Jamoatchilik fikri tarbiyalanuvchining ijtimoiy faoliyatiga boshqalar tomonidan bildirilgan munosabatda namoyon bo’ladi. Maktabda sinf jamoasi ayrim o’quvchilarga kuchli tarbiyaviy ta’sirga ega. Tarbiyachi o’z fikrini jamoa talabi darajasiga etkaza olsa, bola faoliyatini muvaffaqiyatli boshqarishi va yunaltirishi mumkin bo’ladi. Jamoa orasida muhokama qilish, xaqqoniy baholash ochiq oydin yutuq va kamchiliklarni ko’rsatish har bir a’zoni to’g’ri ulg’aytirishni ta’minlaydi.
Tarbiyalovchi holatlar yaratish tarbiyachining maxsus, tashkil etgan, o’quvchilar tomonidan to’g’ri yo’l tutish va bu holatdan muvaffaqiyatli chiqib ketishini ta’minlovchi pedagogik jarayondir. Kundalik ta’lim-tarbiya paytida kuzatilish va uzoq kutishni taqozo etadigan holatlar maxsus tashkil etilib, o’quvchilarning mana shu sharoitda qanday faoliyat yuritishga o’rgatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |