Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya


O‘z-o‘ziga baho - sof ijtimoiy hodisa



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/263
Sana15.07.2022
Hajmi6,93 Mb.
#802099
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   263
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy pisxologiya

O‘z-o‘ziga baho - sof ijtimoiy hodisa
bo‘lib, uning mazmuni va mohiyati 
shaxsni o‘rab turgan jamiyat normalariga, shu jamiyatda qabul qilingan va 
e’zozlanadigan qadriyatlarga bog‘liq bo‘ladi. Keng ma’nodagi yirik ijtimoiy 
19
Kelvin Seifert and Rosemary Sutton, Educational Psychology © 2009, Second Edition. 79-b.


49
jamoalar etalon rolini o‘ynashi oqibatida shakllanadigan o‘z-o‘ziga baho -o‘z-
o‘zini baholashning yuksak darajasi hisoblanadi.
Masalan, mustaqillik sharoitida mamlakatimiz yoshlari ongiga milliy 
qadriyatlarimiz, vatanparvarlik, adolat va mustaqillik mafkurasiga sadoqat 
hislarining tarbiyalanishi, tabiiy, xar bir yosh avlodda o‘zligini anglash, o‘zi 
mansub bo‘lgan xalq va millat ma’naviyatini qadrlash hislarini tarbiyalamoqda. 
Bu esa, o‘sha yuksak o‘z-o‘zini anglashning poydevori va muhim 
shakllantiruvchi mexanizmidir.
Demak, o‘z-o‘zini baholash -o‘z-o‘zini tarbiyalashning muhim mezonidir. 
Demak, shaxsning qanday sifatlarga ega ekanligi, undagi baholarning 
ob’ektivligiga bog‘liq tarzda o‘z-o‘zi bilan muloqatga kirishib, shaxs o‘zini 
nazorat qila oladi. 
SHuning uchun ham xayotda shunday kishilar uchraydiki, katta majlisda 
ishi tanqidga uchrasa ham, o‘ziga holis baho berib, kerakli to‘g‘ri xulosalar 
chiqara oladi, shunday odamlar ham borki, arzimagan xatolik uchun o‘z «ich-etini 
eb tashlaydi». Bu o‘sha ichki dialogning har kimda xar hil ekanligidan darak 
beruvchi faktlardir. 
27 - rasm 
O‘z-o‘zini tarbiyalash omillari va mexanizmlariga esa, quyidagilar kiradi: 
 

o‘z-o‘zi bilan muloqot (o‘zini konkret tarbiya ob’ekti sifatida idrok 
etish va o‘zi bilan muloqotni tashkil etish sifatida); 

o‘z-o‘zini ishontirish (o‘z imkoniyatlari, kuchi va irodasiga ishonish 
orqali, ijobiy xulq normalariga bo‘ysundirish); 

o‘z-o‘ziga buyruq berish (tig‘iz va ekstremal xolatlarda o‘zini qo‘lga 
olish va maqbul yo‘lga o‘zini chorlay olish sifati); 

o‘z-o‘ziga ta’sir yoki autosuggestiya (ijtimoiy normalardan kelib 
chiqqan xolda o‘zida ma’qul ustanovkalarni shakllantirish); 
Yuqoridagi o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmlari orasida psixologik nuqtai 
nazardan o‘z-o‘zi bilan amalga oshiriladigan ichki dialog alohida o‘rin tutadi.
O‘z-o‘zi bilan dialog - oddiy til bilan aytganda, o‘zi bilan o‘zi 
gaplashishdir. Aslida bu qobiliyat bizning boshqalar bilan amalga oshiradigan 
tashqi dialoglarimiz asosida rivojlanadi, lekin aynan ichki dialog muhim 
regulyativ rol o‘ynaydi.
Xulqiy yondashish modellari o’quvchining qanday o’rganishiga ko’mak 
bo’lsa hamda ularning nima qilishiga ta’sir o’tkazolsa ham, o’qituvchilar odatda 
o’quvchilar nimani o’ylayotganini bilishni va bunga qanday qilib erishishni 
xohlashadi. Buni amalga oshirish ijodkorlik - o’quvchilarning qay yo’sinda 


50
tajribalaridan kelib chiqib bilimini ishlab chiqishi, uni rivojlantirishi ko’zda 
tutiladi. O’rganishning ijodiy modellari o’rganuvchi qancha bilimni mustaqil 
ishlab chiqollashini yordam olgan holatiga (biror bir o’qituvchi yoki 
mutaxasisdan ko’mak olishi mumkin) nisbatan analiz qiladi (Fosnot, 2005; 
Rockmore, 2005). Shu o’rinda bular jismoniy ijodkorlik va ijtimoiy ijodkorlik 
deb ataladi. Ikkala nim ham individual tarzda fikr yuritishni ifodalaydi. 
20
 
O‘spirinlik davrida shaxs ijtimoiylashuvi. SHaxs, uning dunyoni bilish
o‘zini va atrofidagi insoniy munosabatlarni bilish, tushunishi va o‘zaro 
munosabatlar jarayonida o‘zidagi takrorlanmas individuallilikni namoyon qilishi 
hamda ushbu jarayonlarning yoshga va jinsga bog‘liq ayrim jihatlarini tahlil 
qilish bizga umumiy ravishda shaxs-jamiyatda yashaydigan ijtimoiy mavjudotdir, 
degan xulosani qaytarishga imkon beradi. Ya’ni, u tug‘ilgan onidan boshlab 
o‘ziga o‘xshash insonlar qurshovida bo‘ladi va uning butun ruhiy potensiali ana 
shu ijtimoiy muhitda namoyon bo‘ladi. CHunki agar insonning ontogenetik 
taraqqiyoti tarixiga e’tibor beradigan bo‘lsak, hali gapirmay turib, odam bolasi 
o‘ziga o‘xshash mavjudotlar davrasiga tushadi va keyingina ijtimoiy muloqotning 
barcha ko‘rinishlarining faol ob’ekti va sub’ektiga aylanadi. SHu nuqtai nazardan, 
xar birimizning jamiyatdagi o‘rnimiz, uning qachon va qanday sharoitlarda paydo 
bo‘lgani, jamiyatga qo‘shilib yashashimizning psixologik mexanizmlari fanning 
muhim vazifalaridan biridir.
Shuni ta’kidlashimiz mumkinki, samarali ta’lim tabiiyki ijtimoiy faoliyat 
bo’lib, uni biz eng yaxshisi bilimni ijtimoiy va eksperimental tuzishdan o’rgana 
olamiz (Vigotski, 1978). Agar biz shuni tan olsak, unda biz faraz qilishimiz 
mumkinki, xar qanday samarali elektron ta’lim dasturni ijtimoiy tarzda qo’llaydi, 
shuning uchun o’tgan asrni oxiridagi suxbat xonalari qo’llanmasi qaysidir 
ma’noda bugungi yangirog’ini, ijtimoiy foyjalanuvchi tarafdan boshqariladigan 
Vebni nishonasi xisoblanadi. Shu narsa xaqiqatda aniqki, xozirgi kundagi ko’p 
aspirantlar elektron ta’limni bizni ko’zlarimiz ostida norasmiy tarzda 
o’tmoqdalar. Ular o’z M SN messendjer oraqali o’z yotoqxonalarida, 
laboratoriyalarda va kutubxonalarda muloqot qilmoqdalar, va Facebook orqali 
fikrlarini almashmoqdalar, va kerakli jurnal maqolalarini va ikkilamchi 
manbalarni mashxur qidiruv mexanizmlari orqali topmoqdalar, vaxolanki 
shularni barchasini ular institutni elektron jurnaliga a’zo bo’lib, sharxlarini, 
maslaxatlarni va xatto o’z ishlarini qo’llaridagi mobil jixozlar orqali 
almashsalar bo’ladi. Ushbu xamkorlik madaniyati, bu xisobsiz platformalardagi 
o’rtoqlashgan bilimlarni to’xtamas tarzda ijtimoiy yaratilishi, bir tarafdan 
muaamoni yuzaga keltirsa, ikkinchi tarafdan ulkan imkoniyatlarni yaratadi. 
Muammoligi shundaki, bu juda xam plagiatlik madaniyatiga yaqin bo’lishi 
mumkin, va bir dunyo tayyor xoldagi ma’lumotlar qor ko’rligini bir formasiga 
olib kelishi mumkin, qaerdaki akademik sifatlarni tanqidiy muxokamasi, 
20
Kelvin Seifert and Rosemary Sutton, Educational Psychology © 2009, Second Edition. 79-b.


51
manbalarni aniq tan olish muammolarga olib kelishi mumkin. Boshqa tarafdan 
bu katta imkoniyatlar yaratadi, chunki bu bizga doimo bunday turdagi o’’zaro 
aloqadan o’zimizni chetga olmaslikka yo’l qo’yadi, va ularni kuchini jilovlab
bizni talabalarimiz birgalikda va o’z xollaricha ishlab, biroq o’qituvchi 
raxnamoligida, biz ularni o’z mavzularini keraklicha tushunishlariga va 
akademik texnikalarini rivojlantirishga yordam beramiz.
21
 
Shaxsning o’zi, o’z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini tasavvur 
qilishdan hosil bo’lgan obraz 

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish