49
jamoalar etalon rolini o‘ynashi oqibatida shakllanadigan o‘z-o‘ziga baho -o‘z-
o‘zini baholashning yuksak darajasi hisoblanadi.
Masalan, mustaqillik sharoitida mamlakatimiz yoshlari ongiga milliy
qadriyatlarimiz, vatanparvarlik, adolat va mustaqillik mafkurasiga sadoqat
hislarining tarbiyalanishi, tabiiy, xar bir yosh avlodda o‘zligini anglash, o‘zi
mansub bo‘lgan xalq va millat ma’naviyatini qadrlash hislarini tarbiyalamoqda.
Bu esa, o‘sha yuksak o‘z-o‘zini anglashning
poydevori va muhim
shakllantiruvchi mexanizmidir.
Demak, o‘z-o‘zini baholash -o‘z-o‘zini tarbiyalashning muhim mezonidir.
Demak, shaxsning qanday sifatlarga ega ekanligi, undagi baholarning
ob’ektivligiga bog‘liq tarzda o‘z-o‘zi bilan muloqatga kirishib, shaxs o‘zini
nazorat qila oladi.
SHuning uchun ham xayotda shunday kishilar uchraydiki, katta majlisda
ishi tanqidga uchrasa ham, o‘ziga
holis baho berib, kerakli to‘g‘ri xulosalar
chiqara oladi, shunday odamlar ham borki, arzimagan xatolik uchun o‘z «ich-etini
eb tashlaydi». Bu o‘sha ichki dialogning har kimda xar hil ekanligidan darak
beruvchi faktlardir.
27 - rasm
O‘z-o‘zini tarbiyalash omillari va mexanizmlariga esa, quyidagilar kiradi:
✓
o‘z-o‘zi bilan muloqot (o‘zini konkret tarbiya ob’ekti sifatida idrok
etish va o‘zi bilan muloqotni tashkil etish sifatida);
✓
o‘z-o‘zini ishontirish (o‘z imkoniyatlari, kuchi va irodasiga ishonish
orqali, ijobiy xulq normalariga bo‘ysundirish);
✓
o‘z-o‘ziga buyruq berish (tig‘iz va ekstremal xolatlarda o‘zini qo‘lga
olish va maqbul yo‘lga o‘zini chorlay olish sifati);
✓
o‘z-o‘ziga ta’sir yoki autosuggestiya (ijtimoiy normalardan kelib
chiqqan xolda o‘zida ma’qul ustanovkalarni shakllantirish);
Yuqoridagi o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmlari orasida psixologik nuqtai
nazardan o‘z-o‘zi bilan amalga oshiriladigan ichki dialog alohida o‘rin tutadi.
O‘z-o‘zi bilan dialog - oddiy til bilan aytganda, o‘zi bilan o‘zi
gaplashishdir. Aslida bu qobiliyat bizning boshqalar bilan amalga oshiradigan
tashqi dialoglarimiz
asosida rivojlanadi, lekin aynan ichki dialog muhim
regulyativ rol o‘ynaydi.
Xulqiy yondashish modellari o’quvchining qanday o’rganishiga ko’mak
bo’lsa hamda ularning nima qilishiga ta’sir o’tkazolsa ham, o’qituvchilar odatda
o’quvchilar nimani o’ylayotganini bilishni va bunga qanday qilib erishishni
xohlashadi. Buni amalga oshirish ijodkorlik - o’quvchilarning qay yo’sinda
50
tajribalaridan kelib chiqib bilimini ishlab chiqishi, uni rivojlantirishi ko’zda
tutiladi. O’rganishning ijodiy modellari o’rganuvchi qancha bilimni mustaqil
ishlab chiqollashini yordam olgan holatiga (biror bir o’qituvchi yoki
mutaxasisdan ko’mak olishi mumkin) nisbatan analiz qiladi (Fosnot, 2005;
Rockmore, 2005). Shu o’rinda bular jismoniy ijodkorlik va ijtimoiy ijodkorlik
deb ataladi. Ikkala nim ham individual tarzda fikr yuritishni ifodalaydi.
20
O‘spirinlik davrida shaxs ijtimoiylashuvi. SHaxs,
uning dunyoni bilish,
o‘zini va atrofidagi insoniy munosabatlarni bilish, tushunishi va o‘zaro
munosabatlar jarayonida o‘zidagi takrorlanmas individuallilikni namoyon qilishi
hamda ushbu jarayonlarning yoshga va jinsga bog‘liq ayrim jihatlarini tahlil
qilish bizga umumiy ravishda shaxs-jamiyatda yashaydigan ijtimoiy mavjudotdir,
degan xulosani qaytarishga imkon beradi. Ya’ni, u tug‘ilgan onidan boshlab
o‘ziga o‘xshash insonlar qurshovida bo‘ladi va uning butun ruhiy potensiali ana
shu ijtimoiy muhitda namoyon bo‘ladi. CHunki agar insonning ontogenetik
taraqqiyoti tarixiga e’tibor beradigan bo‘lsak, hali gapirmay turib,
odam bolasi
o‘ziga o‘xshash mavjudotlar davrasiga tushadi va keyingina ijtimoiy muloqotning
barcha ko‘rinishlarining faol ob’ekti va sub’ektiga aylanadi. SHu nuqtai nazardan,
xar birimizning jamiyatdagi o‘rnimiz, uning qachon va qanday sharoitlarda paydo
bo‘lgani, jamiyatga qo‘shilib yashashimizning psixologik mexanizmlari fanning
muhim vazifalaridan biridir.
Shuni ta’kidlashimiz mumkinki, samarali ta’lim tabiiyki ijtimoiy faoliyat
bo’lib, uni biz eng yaxshisi bilimni ijtimoiy va eksperimental tuzishdan o’rgana
olamiz (Vigotski, 1978). Agar biz shuni tan olsak, unda biz faraz qilishimiz
mumkinki, xar qanday samarali elektron ta’lim dasturni ijtimoiy tarzda qo’llaydi,
shuning uchun o’tgan asrni oxiridagi suxbat xonalari qo’llanmasi qaysidir
ma’noda bugungi yangirog’ini, ijtimoiy foyjalanuvchi tarafdan boshqariladigan
Vebni nishonasi xisoblanadi. Shu narsa xaqiqatda aniqki, xozirgi kundagi ko’p
aspirantlar elektron ta’limni bizni ko’zlarimiz ostida norasmiy tarzda
o’tmoqdalar. Ular o’z M SN messendjer oraqali o’z yotoqxonalarida,
laboratoriyalarda va kutubxonalarda muloqot qilmoqdalar, va Facebook orqali
fikrlarini almashmoqdalar, va kerakli jurnal maqolalarini va ikkilamchi
manbalarni mashxur qidiruv mexanizmlari orqali topmoqdalar, vaxolanki
shularni barchasini ular institutni elektron jurnaliga a’zo bo’lib, sharxlarini,
maslaxatlarni va xatto o’z ishlarini qo’llaridagi mobil jixozlar orqali
almashsalar bo’ladi. Ushbu xamkorlik madaniyati, bu xisobsiz platformalardagi
o’rtoqlashgan bilimlarni to’xtamas tarzda ijtimoiy yaratilishi, bir tarafdan
muaamoni yuzaga keltirsa, ikkinchi tarafdan ulkan imkoniyatlarni yaratadi.
Muammoligi shundaki, bu juda xam plagiatlik madaniyatiga yaqin bo’lishi
mumkin, va bir dunyo tayyor xoldagi ma’lumotlar qor ko’rligini bir formasiga
olib kelishi mumkin, qaerdaki akademik sifatlarni tanqidiy muxokamasi,
20
Kelvin Seifert and Rosemary Sutton, Educational Psychology © 2009, Second Edition. 79-b.
51
manbalarni aniq tan olish muammolarga olib kelishi mumkin. Boshqa tarafdan
bu katta imkoniyatlar yaratadi, chunki bu bizga doimo bunday turdagi o’’zaro
aloqadan o’zimizni chetga olmaslikka yo’l qo’yadi, va ularni kuchini jilovlab,
bizni talabalarimiz birgalikda va o’z xollaricha ishlab, biroq o’qituvchi
raxnamoligida, biz ularni o’z mavzularini keraklicha tushunishlariga va
akademik texnikalarini rivojlantirishga yordam beramiz.
21
Shaxsning o’zi, o’z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini tasavvur
qilishdan hosil bo’lgan obraz
Do'stlaringiz bilan baham: