AGRESSIYA (lotincha agressio) – umum e’tirof etilgan printsiplar va xalqaro huquq normalariga binoan tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyat hisoblanadi.
BARQAROR RIVOJLANISH – shaxs va jamiyat hayotini tashkil etishning yangi modeli.
BOZOR MUNOSABATLARIGA O’TISH – iqtisodiyotining erkin talab va taklif printsiplariga asoslangan shakli.
BOShQARUV SHAKLI – davlat hokimiyatini tashkil etish tartibi. B.sh. oliy va mahalliy davlat organlarini tuzish usulini hamda ularning bir-biri va aholi b-n o’zaro munosabatlari tartibini o’z ichiga oladi. B.sh. hokimiyat bir shaxs tomonidan yoki saylab qo’yiladigan jamoaviy organ tomonidan amalga oshirilishiga qarab turlicha bo’ladi. 1) boshqaruvning monarxik shakli, 2) respublika shakli.
BEVOSITA DEMOKRATIYA – xalqning o’z hokimiyatini bevosita amalga oshirish shakllari va vositalari (i-tlari) majmuini qamrab oluvchi tushuncha
VITSE-PREZIDENT – boshqaruvning respublika shakli o’rnatilgan ayrim mamlakatlarda (AQSh, Braziliya, Hindiston, Qozog’iston va b.) prezidentning doimiy o’rinbosari. Vitse – prezident qoidaga ko’ra prezident b-n bir xil muddatga va o’sha usulda saylanadi. V.–p. nomzodiga qo’yiladigan talab, odatda prezident nomzodiga qo’yiladigan talab b-n bir xil bo’ladi. Qator davlatlar kons.siga muvofiq v.–p. lavozimi bo’yicha parlament yuqori palatasining raisi hisoblanadi. Qator holatlar (prezidentning vafoti, iste’foga chiqishi, chetlatilishi, kasal bo’lishi, yo’q bo’lishi) sodir bo’lganda v.–p. o’z – o’zidan prezident lavozimini egallaydi yoki faqat shu holatlar amalda bo’lgan vaqtda uning vazifasini bajarib turadi
GKCHP – (Gosudarstvenno’y Komitet po chrezvo’chayno’m proishestviyam) Favqulotda vaziyat davlat komiteti.
DAVLAT – jamiyatni boshqarishning muayyan usuli, siyosiy tizimning asosiy elementi, butun jamiyatga nisbatan amal qiladigan, uning rasmiy vakili hisoblanadigan, zarur hollarda majburlov choralari va vositalariga tayanadigan xalq siyosiy hokimiyati
PAXTA ISHI” – Yigirmanchi asrning 80 yillarida “paxta ishi”, “o’zbeklar ishi” nomi bilan paxta planni topshirish bo’yicha Sobiq ittifoq tomonidan qo’shib yozishda ayblanib, minglab O’zbekistonlik odamlar qamaldi.
PAXTA YAKKA HOKIMLIGI yigirmanchi asrning 80 yillariga kelib O’zbekistonning barcha erlariga paxta ekish natijasida boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlari ekilmagan, ular chetdan keltirilgan. Odamlarning eshiklari oldidagi tomorqalarigacha paxta ekilgan. O’sha vaqtlarda odamlar o’rtasida “faqat tomga paxta ekilmadi xolos” degan gap yurardi.
PLENUM (lotincha plenumdan – to’la) – biror tashkilot (davlat, partiya, ijtimoiy) saylanadigan rahbar organlari a’zolarining to’la tarkibida to’planishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |