101
sust. Diqqatni to`plashi
osoyishta, rigid ko`rinishida bo`lib, diqqatni ko`chirishi
qiyin kechadi. Introvertlashgan, kam gap, ichimdagini top toifasidan bo`lib,
yangilikni qabul qilishi murakkab va tashqi taassurotlarga sustlik bilan javob
beruvchandir. Kuchsiz mimikaga ega. Harakatlari ig`odasiz. Ishchan. Faollik
reaktivlikdan ustuvor.
Sabr-bardoshli, o`z-o`zini boshqara oladi. Nutqi sekin, rigid,
diqqatni sekin to`playdi. Bir ishdan ikkinchi ishga sekin o`tadi. Yangi ish, vaziyatga
sekin ko`nikadi. Ish boshlasa qat’iy va bir yo`nalishda ish qiladi.
Melanholik
- senzitivligi yuksak, tortinchoq, g`ayratsiz, arazchan, xafaqon,
jimgina yig`laydi, kam kuladi, qat’iyligi va mustaqilligi zaig`, tez toliqadi, ishchan
emas.
Diqqati barqaror, his-tuyg`usi sust o`zgaruvchan. Rigid va introvert. Yuqori
senzitivlik, yuqori tuyg`uga beriluvchanlik. Uyatchan, tez xafa bo`ladi. Mimika va
jestlar yaxshi namoyon bo`lmaydi. Sust faollik. O`z-o`ziga ishonch yo`q, arzimagan
narsalardan tushkunlikka tushadi. Qat’iy emas, tez charchaydi, ishchan emas, diqqati
tez bo`ziladi.
151-rasm
Barcha odamlarni to`rtta tip bo`yicha
taqsimlash mumkin emasligi tushunarli.
Temperamentlarning turli-tumanligi
to`g`risidagi masala fanda hali batafsil hal
qilingan emas. Ammo keltirilgan
temperament tiplarini asosiy deb hisoblash
mumkin.
Temperamentning xususiyatlari xarakterning ko‘rinishlariga oz bo‘lsa-da o‘z
ta’sirini o‘tkazadi. Temperament va xarakterning xususiyatlari insonning umumiy
qiyofasini belgilaydigan amalda ajralmaydigan qotishmasini tashkil etadi. Xarakter
- bu shaxsning faoliyat va muloqot jarayonida tarkib topadigan, namoyon
bo‘ladigan individual xususiyatlar bo‘lib, individ uchun u tipik xulq-atvor xislatlari
bo‘lib hisoblanadi.SHaxsning faoliyati va muloqoti davomidagi asosiy vazifasidan
biri yaxshini yomondan ajratishni o‘rganish, tashqi olamga moslashish uchun
psixologik holatni tarbiyalashdan iborat. Mukammal xulq-atvorga ega inson chuqur
o‘ylaydi va axloq – qoidalariga qat’iy amal qiladi. Garchi buyuk fransuz olimi
Montel aytgandek; “Gapiryotgan gapingiz bilan qilayotgan ishingiz bir-biriga
to‘g‘ri kelsa qanday yaxshi” – lekin bunday hamjihatlikga etib bo‘lmaydi. Nemets
shoiri Gyote yozganidek – “O‘z g‘oyalaringizni amalga oshirish eng qiyin
ishdir”.
51
Temperament va xarakter bir-biri bilan bog‘liq holda insonlarda o‘ziga xos
xarakter xususiyatini namoyon etadi. Temperamentning ba’zi bir jihatlari xarakter
xususiyatlarini namoyon etishda xizmat qiladi. Temperament alohida olingan har
51
David G. Mayers Psychology,© 2010 by Worth Publishers 451-b.
102
bir insonning umumiy va asab tizimiining asosiy tavsifi bo‘lib, bu tavsif shaxsning
butun faoliyatiga ta’sir etadi. Temperament orqali inson ba’zida o‘ziga xos xarakter
xususiyatlarini ham namoyon etadi. Xolerik yoki sangvinik tipidagi insonlarda o‘z
temperamentidan kelib chiqib, tashabbuskorlik va qat’iylik
kabi xarakter
xususiyatini
tarkib
toptirish
mumkin.
Flegmatik
tipidagi
odamda
esa
tashabbuskorlikni tarkib toptirish nihoyat darajada qiyin jarayon hisoblanadi.
Xarakter xususiyatlari insonda oila muhitida, jamiyat ta’siri ostida va ta’lim -
tarbiyada shakllanadi. Insonga tug‘ma ravishda berilgan temperament xususiyatlari
jamiyatning faoliyat turlariga qarab ijtimoiylashadi. Temperament alohida olingan
har bir insonning umumiy va asab tizimining asosiy tavsifi bo‘lib, bu tavsif
shaxsning butun faoliyatiga ta’sir etadi.
Kundalik hayotimizda “xarakter” so`zi ko`p ishlatiladigan so`zlardan.
Uni biz
doimo birovlarga baho bermoqchi bo`lsak, ishlatamiz. Bu so`zning ma’nosini
olimlar “bosilgan tamg`a” deb ham izohlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: