Guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika- psixologiya



Download 6,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/263
Sana15.07.2022
Hajmi6,93 Mb.
#802099
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   263
Bog'liq
portal.guldu.uz-Kasbiy pisxologiya

Assimilyasiya
– tashqi muhitning o‘zgarishi hisobiga shaxsning bu muhit 
talablariga moslashuvi hisoblanadi.
Akkamodatsiya
– shaxsning o‘zidagi o‘zgarishlar hisobiga muhitga 
moslashuvdir. To‘laqonli adaptatsiya shu ikki jarayonning mutanosibligidan 
kelib chiqadi. Agar ijtimoiy adaptatsiyada akkomadatsiya ustun kelsa, u xolda bu 
shaxsning konformliligini belgilaydi, tashqi muhitning assimilyasiyasi esa 
shaxsning agressivligi va negativizm xolatlarini keltirib chiqaradi. SHaxs 
xususiyatlari nuqtai nazaridan tahlil qilirganda, akkomodatsiyaning ustivorligi 
shaxs o‘zini o‘zi baholashining pastligi, undagi xavotirlikning yuqoriligi, o‘zini 
o‘zi qabul qilmaslik, yoqtirmaslikni keltirib chiqarsa, assimilyasion 
jarayonlarning qaytarilaverishi o‘ziga nisbatan bahoni yuqoriligini ta’minlab, 
o‘ziga nisbatan tanqidning pastlab borishi bilan tavsiflanadi.
40-rasm 
Adaptiv xulqning boshqa bir ko‘rinishi – bu 
shaxsning o‘z maqsad – muddaolari, qadriyatlari 
hamda intilishlarini amalga oshirish maqsadida 
42
Балл Г.А. Понятие адаптации и ее значение для психологии личности \\ Вопросы психологии, 1989.- № 
1. 
63
Пиаже Ж. Избранные психологические труды. – М., 1969. C.551.
4.
 
Ijtimoiy adapt
atsiyaning 
psixologik mohiyati: 
akkomadatsiya va 
assimilyasiya.
 


86
mavjud zohir bo‘lgan muhit normalaridan o‘ziga 
moslashtirib foydalana olishidir. Ushbu adaptiv 
xolat shaxsning to‘g‘ri, oqilona qarorlar qabul 
qilishi, tashabbuslar ko‘rsatishi hamda o‘z 
istiqbolini aniq-ravshan tasavvur qilgan xolda 
harakat qilishlari sifatida namoyon bo‘ladi. 
Interaksionistik yo‘nalish ushbu masalaga shaxsning tashqi ijtimoiy muhit bilan 
bevosita aloqasi, hamkorligi tarzida yondashadi. Ushbu yo‘nalish vakillari shaxs 
adaptiv xulqining ikki ko‘rinishi va ularga mos ravishda adaptivlik – 
noadaptivlikning namoyon bo‘lish jabhalarini ajratadi.
Masalan, T. SHibutani
43
ijtimoiy adaptatsiyani shaxsning etukligi masalasi bilan 
bog‘lab, adaptiv xulqning dastlabki ko‘rinishi sifatida shaxs tomonidan jamiyat 
normalari hamda qadriyatlarini konform tarzda qabul qilinishini e’tirof etadi. 
Uning yozishicha, “SHaxs konvensial normalar asosida uyg‘unlashgan xulq 
normalarini qabul qilgan taqdirdagina ijtimoiylashgan bo‘ladi”.
Boshqa psixolog-olimlar O.I.Zotova va I.K.Kryajevalar ishlarida esa “ijtimoiy 
psixologik adaptatsiya jarayonlarini shaxsning shakllanishi hamda taraqqiyotidan 
ajratib tasavvur qilib bo‘lmaydi. Aksincha, ushbu jarayon shaxsning garmonik 
rivojlanishining ajralmas bo‘lagidir”
44
, deb ta’kidlanadi. I.K.Kryajevaning
45
fikricha, ijtimoiy adaptatsiya shaxsning faol hayotiy pozitsiyasini, real hayotiy 
vaziyatlardagi tashqi muhit bilan biror narsaga qodir inson sifatida amalga 
oshiradigan o‘zaro hamkorligini bildiradi.
Shunday qilib, ijtimoiy adaptatsiya – insonning uni o‘rab turgan ijtimoiy muhit 
bilan amalga oshiradigan murakkab o‘zaro munosabatlarini bildiradi va uning 
ko‘rinishlari turfa xil bo‘lishi mumkin:

odamning hayot faoliyati o‘tadigan ijtimoiy muhitga ongli moslashuvi 
sifatida uning shu muhitda muvaffaqiyat bilan faoliyat yuritishi va turli ijtimoiy 
vaziyatlarga moslashuvini ta’minlovchi jarayon tarzida;

ijtimoiy muhitda odamning o‘zini faol ko‘rsatishi, o‘zaro muloqat va 
faoliyatda muvaffaqiyat qozonishining omili sifatida;

turli tanglik holatlarda uning tashqi olam bilan sodir bo‘lishi mumkin 
bo‘lgan nizolari va dezaptatsiyaning oqibati sifatida.
Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, ta’kidlash mumkinki, ijtimoiy adaptatsiya 
aslida o‘z mazmuni va yo‘nalishiga ko‘ra ijtimoiylashuv jarayonlaridan ham 
kengroq, chunki adaptatsiya faqat shaxsning ijtimoiy muhit normlariga 
43
Шибутани Т. Социальная психология. - Ростов-на Дону, 1998. 397-б.
44
Зотова О.И., Кряжева И.К. Некоторые аспекты социально-психологической адаптации личности \\ 
Психологичекские механизмы регуляции социального поведения.- М., 1979.- С. 219-233.
45
Кряжева И.К. Социально-психологические факторы адаптированности личности: автореф.канд.дисс. – М., 
1980.C.99.


87
moslashuvinigina kafolatlab qolmay, balki uning taraqqiyotini ham belgilovchi 
muhim psixologik jarayondir.
41-rasm 
Ijtimoiy psixologik adaptatsiyaning muhim ko‘rinishidan biri uning shaxsdagi 
kasbga oid sifatlarini to‘la namoyon etishiga imkoniyat ekanligidir. SHu ma’noda 
shaxs yo‘nalishlari va shaxs orientatsiyasi, shaxsiy adaptatsiya va kasbiy 
adaptatsion sifatlar bir-biri bilan bog‘liqdir.
Chunki kasbiy adaptatsiya shaxsning ijtimoiy muhitga adaptatsiyasining uzviy 
qismi, bo‘lagidir. Ayniqsa, hozirgi ochiq informatsion oqim, global o‘zgarishlar 
sharoitida shaxsning ongiga etib kelayotgan ma’lumotlar orasida u yoki bu kasb 
to‘g‘risidagi, uning jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyatini idrok etgan insonda 
muayyan munosabatlar tizimi shakllanadi. Shaxs ular orasidan mehnat bozorida 
dolzarb bo‘lgan kasbni inobatga oladimi yoki o‘ziga yoqqan kasbni tanlaydimi, 
bu uning individaul psixologik xususiyatlariga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Ta’lim muassasalarida olib boriladigan professional orientatsiya ishlarining 
ko‘lami va mazmuni qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, yoshlar o‘rtasida 
“ahamiyatli, salohiyatli kasb” tushunchasi borasida tub o‘zgarishlar ro‘y 
berayotganligi aniq.
Masalan, ishlab chiqarishning turli tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan, ilgari 
anchagina ommalashib ketgan stanokchi, payvandlovchi, quruvchi, montajchi, 
slesar kabilar bora-bora o‘rnini boshqa zamonaviy kasblarga bo‘shatib bermoqda. 
Ishlab chiqarishning o‘zida tub o‘zgarishlar ro‘y berdi, ilgari minglab odamlar 
bajaradigan ishlarni endilikda bir yoki bir nechta operatorlar bajarmoqda. Oxirgi 
holat ishlab chiqarish tizimida ishlaydigan, o‘zini u yoki bu sohada ko‘rsatish 
istagida bo‘lgan yoshlardan, ularning ustozlari va o‘qituvchilardan, birinchi 
navbatda kasb-hunar kollejlaridagi o‘qituvchilar oldiga talay talablarni 
qo‘ymoqda.
Psixologik kuzatishlardan hamda olib borilgan tadqiqotlardan shu narsa 
ma’lumki, shaxsning o‘z iqtidori hamda imkoniyatlarida mos keladigan kasbni 


88
tanlashida yoshlar orasida olib boriladigan psixologik professional tushuntirishlar 
va targ‘ibotning roli kattadir. Chunki unga alternativ hisoblangan jarayon yoki 
ta’sir kuchi borki, bu hoziirgi zamondagi reklama mahsulotlaridir.
Biz quyida shu 
masala bo’yicha psixolog olimlarning qarashlarini, o’tkazgan tadqiqotlarini tahlil 
qilamiz. Ko‘pgina reklama kompaniyalari zo‘r berib u yoki bu kasb turini 
bo‘rttirib targ‘ib etishi oqibatida bola ongida oilasi, yaqinlari ta’sirida shaklanib 
kelayotgan kasb to‘g‘risdagi tushunchalar birdan o‘zgarib ketishi mumkin. U 
reklamaning qurboni bo‘lib, aslida uning shaxsiy sifatlariga nomutanosib kasbga 
nisbatan ijobiy tasavvurga ega bo‘lib qolishi, amalda esa unga ichki ruhiy 
imkoniyati bo‘lmasligi mumkin.
Bu o‘rinda A.V.Batarshev

Download 6,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish