Guliston davlat universiteti «kimyo» kafedrasi



Download 1,82 Mb.
bet38/58
Sana02.07.2022
Hajmi1,82 Mb.
#732641
TuriСеминар
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   58
Bog'liq
portal.guldu.uz-мажмуа

Penoplastni olinishi. Penoplast olish uchun kerak bo’ladigan toluilendiizotsionat miqdori quyidagi formuladan topiladi:

k.s. – poliefirning kislota soni; 30 – poliefir namunasining massasi; 1,554 – hisoblash koeffitsienti.
Diizotsionatning hisoblanadigan miqdori ikkiga ko’paytiriladi.
200 ml hajmli chinni stakanga 30 g poliefir solinadi va hisoblangan miqdorda toluilendiizotsionat solinadi.
Stakan ichidagi massa shisha tayoqcha yordamida oq massa hosil bo’lgunga qadar yaxshilab aralashtiriladi. 5-7 daqiqa davomida aralashtirish davom etadi, massa qizib ketishi mumkin.
Shundan so’ng massa oldindan tayyorlab qo’yilgan va o’lchami 6,0 x 6,0 x 7,5 sm bo’lgan qutichaga quyiladi va ko’piklanib bo’lguniga va qotguniga qadar qo’yiladi. Hajmning ortishi va penoplastni hosil bo’lishi sekin boradi, qutichaga solinganidan keyin 8-10 daqiqa kutish kerak bo’ladi. Mahsulot sekin, odatda bir sutka davomida qotadi va g’ovakli oq massa hosil qiladi.
Penoplastni solishtirma hajmi aniqlanadi.

Polikarbonatlardagi uchuvchan moddalar miqdorini aniqlash


Kerakli jihozlar va asboblar: eksikator, harorati boshqariladigan termoshkaf, kuydirilgan kaltsiy xlorid.
Ishni bajarish tartibi. Doimiy massagacha qizdirilgan byuksga 10 g polikarbonat solinadi, byuksning qopqog’i ochiladi va termoshkafga 2 soatga 110-1150Cga qoldiriladi. Shkafdagi termometrning uchi byuks turgan asbestga tegib turishi kerak. Quritilganidan keyin byuks yopiladi, kuydirilgan kaltsiy xlorid solingan eksikatorda sovutiladi va tarozida tortib olinadi.
Hisoblarni bajarish tartibi. Polikarbonatdagi uchuvchan moddalarning miqdori x (%) quyidagi formuladan topiladi:

Bu yerda m – byuksning namunani quritishgacha bo’lgan massasi, g; m1-byuksning namuna quritilganidan keying massasi, g; m2 – namuna massasi, g.

Granulalangan polikarbonat kuli miqdorini aniqlash


Bu usulga ko’ra polikarbonat namunasi mufel pechida 600-6500Cda kuydirib ko’mirga aylantiriladi, keyin 890+500C haroratda doimiy massagacha yondiriladi. Kul miqdori aniqlanadigan quyi chegara 0,006-0,008%ni tashkil qiladi.
Kerakli jixozlar va asboblar: termoregulyatorli mufel pechi; № 5 chinni tigel; 100 ml shisha stakan; CaCl2 solingan eksikator.
Ishni bajarish tartibi: 100 ml sig’imli shisha stakanga 50 g granulalangan polikarbonat namunasi solinadi. Namunaning to’rtdan bir qismi – 12-13 g namuna chinni tigelga solinadi. Tigel 6000Cgacha qizdirilgan mufel pechning ochiq eshigi oldiga joylashtiriladi. Bunday sharoitda namuna suyuqlanishni boshlaydi, qorayadi, oq tutun ajralib chiqa boshlaydi. Keyin oq tutun chiqishi to’xtaydi, idishdagi qora massa 30-50 daqiqadan keyin qizara boshlaydi. Qizil chog’ hosil bo’lganidan keyin chinni tigel shkafning ichkarisiga joylashtiriladi, va eshigi 10-15 daqiqaga yopiladi. Bunda namuna havorang tus berib yonishi mumkin. 10-15 daqiqadan keyin chinni tigel namuna bilan birga mufel pechdan chiqarib olinadi va stakandagi namunaning keying qismi (12-13g) solinadi. Yuqorida bajarilgan ishlar takroran bajariladi. Namunaning oxirgi qismi qizil rangga kirib, mufel pechda 10-15 daqiqa ushlab turilgach, termoregulyator dastasi 8000Cga o’tkaziladi, namunaning qoldig’i doimiy massaga kelgunicha 3-4soat davomida kuydiriladi. Tarozida tortishdan oldin kuli bor chinni tigel eksikatorga joylashtiriladi va 30 daqiqa davomida sovutiladi. Tarozida tortib olinganidan keyin chinni tigel mufel pechga 30 daqiqaga qo’yiladi, keyin yana sovutiladi va tarozida tortib olinadi. Agar kul massasida farq 0,0008 gdan kam bo’lsa, minerallashtirish tugatilgan hisoblanadi.
Hisoblarni bajarish. Granulalangan polikarbonatdagi kulning miqdori x (%) quyidagi formuladan topiladi:

Bu yerda m1 – namuna kuydirilganidan keyingi massa, g; m – namuna massasi, g.

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish