Guliston davlat universiteti «kimyo» kafedrasi


Poliuretanlar tarkibini aniqlash



Download 1,82 Mb.
bet37/58
Sana02.07.2022
Hajmi1,82 Mb.
#732641
TuriСеминар
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   58
Bog'liq
portal.guldu.uz-мажмуа

Poliuretanlar tarkibini aniqlash


Poliuretanlar tarkibiga izotsionatlar va ikki asosli spirtlar yoki spirtlardan olingan poliefirlar kirishi mumkin. Bunday mahsulotlarning tahlili uchun avval ular kislotali yoki ishqoriy gidrolizga uchratiladi. Bunda KOH spirtli eritmalaridan foydalanish mumkin.
2-3 g namuna ishqorning 1 n spirtli eritmasi bilan qizdirib turgan holda suv hammomida sovunlanadi. Natijada poliuretan gidrolizga uchraydi, ikki asosli kislotalar spirtda erimaydigan kaliy tuzlari ko’rinishida ajralib chiqadi. Ular filtrlab olinadi, spirt bilan yuviladi, quritiladi va tarozida tortib olinadi. Ishqoriy filtratga astalik bilan 60%li sulfat kislota neytral reaktsiya berguniga qadar quyiladi, keyin 1 ml kontsentrlangan HCl bilan kuchsiz kislotali sharoitgacha keltiriladi. Hosil bo’lgan eritma etil efir va atseton (1:1) aralashmasi bilan ekstraktsiya qilinadi, ekstrakt kuydirilgan natriy sulfat yordamida quritiladi, filtrlanadi va erituvchi haydab olinadi. Qoldiq vakuumda 600Cda doimiy massagacha quritiladi. Zichligi, sindirish ko’rsatkichi, sifat reaktsiyalariga qarab xarakterlanadigan spirtlar olinadi.
Poliuretanlarning kislotali gidrolizi 60%li sulfat kislota yoki 60% li fosfat kislota yordamida amalga oshirilishi mumkin. Bunda poliuretan CO2, diamin, spirt ajralib chiqishi bilan parchalanadi.

Murakkab efirlarning diizotsionatlar bilan blok-sopolimerlari asosida qattiq poliefiruretanli penoplastlarni tayyorlash


Qattiq poliefiruretanli penoplastlarni poliglitserinadipinat va toluilendiizotsionatdan tayyorlash mumkin.
Penoplastni tayyorlash jarayoni ikki bosqichdan iborat: poliglitserinadipinat tayyorlash va penoplast olish – diizotsionatning poliefir bilan reaktsiyasi:


Kerakli reaktivlar: glitserin – 46 g; adipin kislotasi – 94,9 g (molyar nisbat 1:1.3); toluilendiizotsionat.
Kerakli jixozlar: aralshtirgich, termometr, Din-Stark tutqichi, teskari sovutgich bilan jixozlangan uch og’izli kolba; konik kolbalar – 3 dona; chinni stakanlar – 2 dona; penoplast quyish uchun qolip; Vud qotishmali (yoki qum) hammom.
Ishni bajarish tartibi: poliglitserinadipinat tayyorlash: uch og’izli kolbaga glitserin va adipin kislotasi solinadi.
Kolba Vud qotishmali hamomda qizdiriladi va aralashma suyuqlangach, aralashtirgich ishga tushiriladi; sovutgichga suv yuboriladi va kolbadagi harorat 1600Cgacha etkaziladi. Reaktsiya kislota soni 170 ga etgunga qadar, ya’ni 3-4 soat davomida olib boriladi.
Qizdirish boshlanganidan 2 soat o’tgach, birinchi namuna olinadi va kislota soni aniqlanadi. Yana 1 soat o’tgach ikkinchi namuna, yana 1 soatdan keyin uchinchi namuna olinadi.
Reaktsiya tugaganidan keyin issiq mahsulot chinni stakanga solinadi va sovutiladi. Sariq rangli quyuq massa hosil bo’ladi (poliglitserinadipinat).

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish