Guliston davlat universiteti kasbiy pedagogika fandan


Ta’lim mazmunini tanlab olishga umumiy yondashuv



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/195
Sana01.01.2022
Hajmi1,89 Mb.
#303197
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   195
Bog'liq
kasbij pedagogika

3.Ta’lim mazmunini tanlab olishga umumiy yondashuv. 
I.  Ta’limda  uzviylik    o‘quv  predmetining  tashkiliy  qismlarining  to‘g‘ri  nisbati  va  zaruriy 
bog‘liqligini ta’min etadi. 
O‘quv  materialining  joylashishi  va  bu  materialni  o‘zlashtirish  usullarini  tanlashdagi 
uzviylik quyidagi ikki omilni hisobga olish bilan amalga oshiriladi: Ushbu o‘quv predmeti tegishli 
fan  mazmuni  va  mantiqi  hamda  bilimlarni  o‘zlashtirish  jarayonining  qonuniyatlarini,  fanning 
mazmuni va mantig‘i o‘quv predmetining uzviyligini ta’min etishda muhim ahamiyat kasb etadi: 
tushuncha,  qonunlar  va  dalillar,  o‘quv  predmeti  mazmunining  o‘zagi  hisoblanib,  ketma-ket 
joylashadi  va  o‘rganilayotgan  sohaga  oid  bilimlarning  kengayib  borishini  ta’minlaydi,  oldingilari 
keyingilari bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. 
Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining qonuniyatlari omili  ilmiy bilimlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri  
o‘quv  predmeti  mazmuni  sifatida  talqin  etilishiga  yo‘l  qo‘ymaydi,  unga  didaktik  ishlov  berishni 
talab  etadi.  Shunday  qilib,  uzviylik  faqatgina    to‘g‘ri  chiziqli  emas,  balki  o‘quv  materialini 
konsentrik  joylashuvida ham amalga oshiriladi. 
Tushunchalarni  keng  va  chuqur  aloqadorligini  o‘rganish  mazmunini  boyitishga  uni 
o‘zlashtirish shakllarining uzviyligini ta’min etadi. 
Uzviylik  alohida  o‘quv  predmetlarinigina  emas,  balki  turli  o‘quv  predmetlarining  o‘zaro 
munosabatlarini  ham  qamrab  olishi  zarur.  Buning  uchun  turli  o‘quv  predmetlarini  o‘rganishda 
obyektlarning turli jihatlarini obyektiv  aloqadorligi asos hisoblanadi. 
II.  Ta’lim  mazmuni  avval  DTS  (TTS),  so‘ngra  o‘quv  reja  va  dasturi  shaklida 
loyihalashtiriladi.  
Ta’lim  mazmuni  ta’lim  jarayonining  asosiy  elementi  (tashkil  etuvchi  komponenti)  ni 
o‘zlashtirish  natijasida    ijtimoiy  maqsadlarga  erishiladi.  O‘zlashtirilishi  zarur  bo‘lgan  ijtimoiy 
madaniy  tajribaning  tavsifi  va  hajmi  aniq  shart-sharoit,  makon,  zamon,  shuningdek  ta’lim 
muassasasining turi va darajasiga bog‘liq bo‘ladi. 
Ta’lim  mazmunini  tashkil  etuvchi  tarkibiy  qismlari  sifatida  quyidagilarni  ko‘rsatish 
mumkin: a) samarali amaliy faoliyat tajribasi, ya’ni mehnat, iqtisodiyot, siyosat ijtimoiy va boshqa 
sohalardagi vazifalarni  muvaffaqiyatli bajarish. 
b) bilish tajribasi atrof olam rivojlanishi qonuniyatlarini anglash metodlari va natijalari; v) 
umumiy maqsadlarga erishish jarayonidagi ijtimoiy o‘zaro ta’sirlar tajribasi; g) axloqiy etik tajriba; 
d) ma’naviy- madaniy tajriba va shu kabilar.  
O‘qitish  mazmuni    muayyan  ta’lim  muassasalarida    o‘rganiladigan  o‘quv  predmetlarini 
o‘rganish  jarayonida    o‘zlashtiriladi.  O‘qitish  mazmunining  tuzilmasi,  ya’ni  turli  elementlarning 
o‘zaro  munosabatlari,  ketma-ketligi,  davomiyligini  o‘quv  rejasi  aniqlab  beradi  Shu  paytgacha 
o‘qitish  mazmunini  shakllantirishga  yagona  yondashuv  ishlab  chiqilmagan.  Amalda  o‘qitish 
mazmuni bajariladigan vazifalarning murakkablik darajasi va mazmuniga binoan aniqlanadi. 
Masalan, umumiy ta’limning asosiy vazifasi insonni har tomonlama rivojlantirish, hayot va 
mehnat, kasb tanlashga va kelgusida kasb-hunar sir-sinoatlarini o‘rganishga tayyorlashdan iborat. 
Aniq  kasb  (ixtisoslik)  bo‘yicha  ta’lim  mazmunini  integrativ  yondashuv  asosida  tanlab 
olishda uning qaysi soha bo‘yicha ishlab chiqarishga mansubligi hisobga olinadi. 
Integrativ  yondashuv  asosida  kasb-hunar  ta’limi  mazmunini  tanlab  olishda  meyoriy  asos 
tasniflagich va DTS, TTS hisoblanadi. 
Demak,  kasb-hunar  ta’limi  mazmunini  tanlab  olishda  dastlabki  asos  kasb-hunar  turi 
hisoblanadi. Ajratib olingan ta’lim mazmuni yuqoridan pastga tomon tahlil etiladi. Yuqorigi qatlam 
sohaga  va  alohida  ishlab  chiqarish  yoki  faoliyat  ko‘rinishlariga  mos  bo‘ladi.  O‘rta  qatlam  tutash 


 
69 
kasblarga  to‘g‘ri  keladi;  pastki  qatlam  esa  alohida  kasblar,  ixtisosliklarga  to‘g‘ri  keladi.  Tahlil 
borishida eng avval umumiy ta’lim mazmuni,  keyin xususiy mazmun, ya’ni kasb-hunarning o‘ziga 
tegishli mazmuni tanlab olinadi. Bunday deduktiv tahlil mazmunning unifikasiyalashgan qismlarini 
ajratib olib, kasbiy ta’lim mazmunini ilmiy asosda ma’lum tizim yoki tuzilmaga keltirish imkonini 
beradi. Bu yondashuv o‘quv dasturini ishlab chiqish (tuzish) imkonini beradi. 
Bloklar  mazmunini  tanlab  olishda  har  bir  oldingi  blok  keyingisiga  tayanch  sifatida  qarab 
kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi. Bu, o‘z navbatida, uzviylik va yaxlitlikni ta’minlashga xizmat 
qiladi.  Shuningdek,  avvalgi  faslda  ko‘rsatilganidek,  kasb-hunar  pedagogikasida  kasb-hunar 
ta’limining  xususiy  prinsiplariga  ham  asoslaniladi.  Chunki  bu  prinsiplar  kasb-hunar  ta’limining 
o‘ziga  xos  jihatlarini  hisobga  olib,  umumdidaktik  prinsiplar  bilan  uyg‘unlikda  qo‘llaniladi.  Kasb-
hunar  ta’limi  mazmunini  tanlab  olish  va  amalga  joriy  etishni  umumiy  holda  quyidagicha  chizma 
tarzda ifodalash mumkin: 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish