“Tushuncha”
deganda o‘rganilayotgan obyekt (predmet, buyum, hodisa, jarayon, tirik
mavjudot)ning eng muhim xususiyatlari, aloqalari, munosabatlari kabilarni o‘zida ifodalovchi fikr
shakli tushuniladi. Amalda tushunchalar: so‘z orqal (verbal), matn, jadval, grafik, shartli belgilar
ko‘rinishida ifodalanadi. Bunday axborot har qanday o‘quvchilarda mavjud bo‘lgan aniq bilimlar,
sezgi va tasavvurlariga tayanadi.
To‘laqonli o‘zlashtirishning hal qiluvchi sharti tushunchaning anglanganlik darajasi
hisoblanadi.
Bilish hali uddalay bilish degani emas. Xatti-harakat usullarini o‘zlashtirish o‘quv
faoliyatining maxsus sohasi - bosqichidir. O‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan xatti-harakat
usullari psixologiyada ko‘nikma va malakalar deb e’tirof etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |