62
Ta’lim sohasida mutaxassislik eng avvalo, mutaxassis faoliyati turi va uning mehnati
qo‘llanish sohasini ko‘rsatadi. Masalan, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish mutaxassisligi
bo‘yicha ma’lumot olish, ma’lum kasbiy vazifalarni bajarish imkonini beruvchi bilim, ko‘nikma
va malakalar hamda shaxsiy fazilatlarni o‘zlashtirishni anglatadi.
Pedagogik faoliyat ijtimoiy maxsus ko‘rinish bo‘lib, insoniyat jamiyati tomonidan
to‘plangan bilim, tajriba, madaniyat, shuningdek, o‘quvchilarni rivojlantirish uchun yaratilgan
shart-sharoitlari avloddan avlodga uzatishga yo‘naltirilgandir. Kasbiy pedagogik faoliyat maxsus
tashkil etilgan ta’lim muassasalarida kechadi (amalga oshiriladi) va o‘quvchilar shaxsini
rivojlantiradi.
Pedagogik faoliyatning maqsadi o‘quvchilarning imkoniyatlari, jamiyat va davlatning
mutaxassis kadrlarga bo‘lgan talab hamda ehtiyojlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi. Bir
tomondan, u turli ijtimoiy, etnik guruhlar va yaxlit jamiyatning, ikkinchi tomondan, alohida
shaxslarning moyilligi, ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlarini o‘zida ifodalaydi. Pedagogik
faoliyatning asosiy obyektlari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
Ta’lim-tarbiya muhiti, ta’lim-tarbiya beruvchi jamoa, o‘quvchilar faoliyati va ularning
individual o‘ziga xos xususiyatlari. Pedagogik faoliyatning maqsadi bevosita quyidagi ijtimoiy
pedagogik vazifalar yechimini topish bilan bog‘liq: tarbiyaviy mehnatni shakllantirish; o‘quvchilar
faoliyatini
tashkil etish; tarbiyalovchi
jamoani tuzish; shaxsiy sifat va fazilatlarni rivojlantirish.
Kasbiy pedagogik faoliyat - bu integrativ faoliyat bo‘lib o‘ziga psixologik, pedagogik va
ishlab chiqarish texnologik komponetlarni qamrab oladi. Kasbiy pedagogik faoliyatning asosiy
maqsadi o‘quvchilarni kasb-hunar sir-asrorlariga o‘rgatish va shaxsiy rivojlanishlarini
ta’minlashdan iborat.
Kasbiy pedagogik faoliyat jarayonida eng kamida quyidagi ikki turdagi munosabatlar sodir
bo‘ladi:
Pedagogning pedagogik ta’sir vositasi va predmetiga nisbatan munosabatlarni ifodalovchi
subyekt-obyekt
munosabatlari;
pedagogik
o‘zaro
tasir jarayonidagi subyekt-subyekt
munosabatlari.
Pedagogik o‘zaro ta’sir maqsadlarini amalga oshirish o‘z navbatida o‘quvchilarga ta’sir
ko‘rsatish vositalari va usullarini tanlash hamda qo‘llash bilan bog‘liq.
Mavjud bilimlarga asoslangan holda, pedagog vositalar va o‘z xatti-harakat usullarini
qiyoslaydi.
Pedagogik masalalar yechimini topish usullarini tanlab, o‘qituvchi har bir o‘quvchining
individual sifatlarini mo‘ljallashi, jamoadagi shaxslararo munosabatlar xususiyatlarini,
jihozlanganlik darajasini, pedagogik jarayon davomiyligini hisobga olishi zarur, Bundan
pedagogik masalalarning yechimini topish ko‘p jihatdan o‘qituvchi shaxsiga va uning kasbiy
mahoratiga bog‘liqlishi kelib chiqadi.
O‘quvchining kasbiy rivojlanishi kasbiy pedagogik faoliyatning asosiy natijasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: