Asosiy matn: Havo eng muhim faktor bo’lib, usiz inson organizmi o’z hayotiy funktsiyalarni uzoq vaqt saqlab qololmaydi. Havo nafas olish uchun juda zarur va issiqlik almashinuvida qatnashadi. Shu bilan birga atmosfera organizmga bir qadar ta’sir etishi mumkin bo’lgan elektrik kuchlar va har-xil radiatsiyalar harakati maydoni bo’lib xizmat qiladi.
Inson kerakli paytda tashqi muhitning organizmga zararli ta’sirini yo’qotuvchi yoki pasaytiruvchi maxsus sog’lomlashtirish choralarini qo’llash orqali har-xil atmosfera sharoitlarida yashashga va ishlashga qodirdir. Bunga atmosfera sharoitlarining sanitariya holatini yaxshilash va organizmning zararli faktorlarga qarshiligini oshirish, masalan, salqinlatish bilan erishiladi. Qator hollarda havoning o’zidan shifobaxsh, chiniqtiruvchi faktor sifatida foydalaniladi.
Havofning organizmga bevosta ta’siridan tashqari kiyimlar, qurilish materiallari, tuproq va boshqalarning gigienik xossalarini o’zgartirib bilvosita ta’sir etishi mumkin.
Havoning gigienik xarakteristikasi quyidagi o’rsatkichlar yig’indisidan iborat: a) havoning fizikaviy xossalari – temperaturasi, namligi, harakati, atmosfera bosimi, quyosh radiatsiyasi, elektrik holati, ionlantiruvchi radiatsiya, b) ximiyaviy tarkibi – havoning doimiy tarkibi va yot gazlar; v) mexanik aralashmalar – chang, tutun, qurum aralashmasi; g)mikroflora (mikroorganizmlar) – bakterial ifloslanish borligi.
Quyosh erdagi issiqlikning manbai bo’lib xizmat qiladi. Uning isitishi avvalo, erga etib kelib issiqliq energiyasiga aylanuvchi yorug’lik nurlari hisobiga bo’ladi. Atmosfera deyarli faqat issiq nurlangan tuproqdan isiydi. Shuning uchun er bilan tutashib turgan pastki havo qatlamining temperaturasi yuqori qatlamlar temperaturasidan issiqroq bo’ladi. Erdan uzoqlashishi bilan u taxminan har yuz metrda 0,5 gradus pasayadi.
Havo temperaturasining issiqlik almashinuviga ta’siri uning muhim gigienik ahamiyati hisoblanadi. Yuqori temperatura tanadan issiqlik ajralishini chegaralasa, past temperatura uni kuchaytiradi. Markaziy nerv sistemasi orqali nazorat qilinib turuvchi termoregulyator mexanizmlarining etukligi tufayli odam har-xil temperatura sharoitlariga ko’nikishi va optimal temperaturalardan sag’al oshgan isiqlikka ham hiyla vaqt chidashi mumkin.
Sport praktikasida ortiqcha isib ketish issiq ob-havoda, ochiq havodagi va nomofiq qurilgan sport zallardagi mashg’ulotlarda sodir bo’lishi mumkin. Bundan holatda profilaktik chora-tadbirlar qo’llash lozim.
Fiziologik jihatdan organizm tashqi muhitning yuqori temperaturasiga moda almashinishini pasaytirish yo’li bilan, shuningdek tarkibida yog’ ko’paygan ter ajralishini kuchaytirish orqali ham moslashadi, bu esa terning teri yuzasida ancha teng taqsimlanishiga va bug’lanishiga sabab bo’ladi.
Havo namligi deganda har qanday gaz singari simob ustunining mm balandligi bilan o’lchanadigan havodagi suv bug’larining zichligi tushiniladi. Agar suv bug’larining zichligi chegaradan oshib ketsa, fazo suv bug’lari bilan to’yinadi; bundan ham oshib ketishi namlikning tuman, shudring yoki qirov holida ajralishiga olib keladi. Har bir havo temperaturasiga muayyan darajada suv bug’lari bilan to’yinganlik to’g’ri keladi. Temperatura qancha yuqori bo’lsa havoda suv bug’lari shuncha ko’p saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |