Guliston davlat universiteti jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat kafedrasi jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari



Download 0,94 Mb.
bet57/80
Sana09.07.2022
Hajmi0,94 Mb.
#766782
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   80
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv -uslubiy majmua

Nazorat savollari.
1. Kasallikni ichki va tashqi sabalarini tushintirib bering.
2. Kasallikni keltirib chiqaruvchi omillar.
3. Kasallikning nichta davri bor.


2-savolning bayoni: Kasalliklarning tashqi sabablariga: 1) fizik; 2) ximik; 3) biologik; 4) sotsial; 5) psixogen; 6) alimentar; 7) xarakat faoliyatini kamayishi; 8)xarakat faoliyatini oshishi kiradi.
1. Kasallikning fizik sabablariga-mexanik, termik shikastlar, nur energiyasi, elektr toki, atmosfera bosimining o`zgarishlari ana shu sabablar jumlasiga kiradi.
2. Kasalliklarning ximiyaviy omillariga, turli xil kasalliklarga sababchi bo`ladigan zaxarli moddalar kirishi mumkin. Bular tashqi (ekzogan) va ichki (endogen) bo`ladi.
3. Kasalliklarning biologik omillari 3 guruxga bo`linadi: Xayvonlar parazitlari, o`simliklar,parazitlari va viruslar kiradi.
4. Kasalliklarning rivojlanishida sotsial. omil ham ahamiyatga ega bo`lib, bunda xar qanday kasallik organizm bilan uning atrofidagi muxit o`rtasidagi munosabatning buzilishi natijasida yuzaga keladi. Muxitga odam uchun geografik iqlim sharoiti, atrofdagi flo­ra, xayvonot olamidan tashqari sotsial muxit ham kiradi. Sotsial tuzum deb, mehnat va turmush sharoitlari, ovqatlanish, madaniy xizmat ko`rsatish, sog`liqni saqlash chora-tadbirlari tushuniladi.
5. Kasalliklarning kelib chiqishda asabning ham ahamiyati kattadir. Bunda so`z katta ahamyatga egadir. Bunday kasalliklar yatrogen kasalliklar deb ataladigan, ya`ni tibbiyot xodimlarining noto`g`ri xarakatlari natijasida paydo bo`ladigan kasalliklar ham bor.
6. Kasalliklarning alimentar omillari (grekcha «aximentoz»-ovqat maxsulotlari demakdir). Bunda ovqat maxsulotlari kasalliklarni keltirib chiqaradigan omil xisoblanadi.
7. Xarakatning cheklanishi-gipodinamiya (gipokineziya) texnika taraqqiyoti,. korxonalarda mehnat jarayonlarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish kishilarning xarakatchanligini kamaytirib organizmning talaygina funktsiyalariga salbiy ta`sir ko`rsatadi va ayrim kasalliklarning paydo bo`lishida va kechishida patogenetik omil sifatida xizmat qilishi mumkin. Kam xarakatlilik yurak kasallikdarini paydo bo`lishida asosiy omil xisoblanadi.
8. Xarakatning xaddan tashqari oshishi – giperdinamiya (giperkineziya) deyiladi. Giperdinamiya jismoniy mashg`ulotlarning sportchi organizmining funktsional imqoniyatlariga mos kelmasligidir. Buning natijasida sportchi organizmida o`tkir va surunkali jismoniy zo`riqish vujudga keladi, masalan, yurak, suyaklar, bo`g`imlar va muskullarning zo`riqishi natijasida xar xil kasalliklar vujudga keladi.
Kasalliklarning kelib chiqishida asab sistemasining ahamiyati. I. P. Pavlovnnng o’lmas ishlari odamning turli organ va sistemalaridagi normal va patologik protsesslarning kechishida markaziy nerv sistemasining naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatdi.
Ruh ta’sirinnng rolini quyidagi misollarda ko’rsatish mumkin. Kresloda o’tirgan va gipnoz holatida bo’lgan odamga «siz tezlik bilan bosqich bo’ylab chiqib ketyapsiz» dsb ishontirilsa, unmng yurak urishi va nafas olishi tezlashadi, bunda muskullarning kuchli ishlashi natijasida yuzaga keladigan modda almashinishining hamma o’zgarishlari ro’y beradi. Faqat ruhiy holatni o’zgartirish yo’li bilan organizmning turli fiziologik sistemalarida ko’p o’zgarishlarni vujudga keltirish mumkin. Kuchli hayajonlanish (xursandchilik, qo’rqish) ta’siri ostida bunday o’zgarishlarning yuzaga kelganligi ma’lum bo’ladi. Masalan, ruhiy hissiyotlar (hayajonlanish) nchki sekretsiya bezlari (buyrak usti bezlari, kalqonsimon bez) faoliyatida anchagina o’zgarishlar keltirib chiqarishi aniqlangan. Bunda mazkur bezlarning gormoni ko’p miqdorda qonga o’tadi. Shuning uchun ba’zi kasalliklar (masalan, Bazedov kasalligi)ning paydo bo’lishida ruhiy hayajonlanish katta rol o’ynaydi.
Turli organizmlar bir xil qitiqlanishdan turlicha ta’sirlanadi. Har xil odamlarning ana shu bir xil bo’lgan kasallik paydo qiluvchi agentdan ta’sirlanish darajasi turlicha bo’lib, bunda butunlay ta’sirlanmaslik yoki og’ir kechadigan kuchli reaktsiya ro’y berishi va natijada o’lim yuzaga kelishi mumkin. Mikroorganizmlar bir odam uchun havfli bo’lsa, boshqa odam uchun mutlaqo zararsiz bo’lishi mumkin. Bu xossalarga organizmning nasldan-naslga o’tadigan va hayot davomida orttirilgan xususiyatlari sabab bo’ladi.
Gavda tuzilishi, irsiyat, tug’ma kasalliklar, reaktivlik, immunitet va allergiyalar kasallikning ichki omillariga (endogenlarga) kiradi.
Organizmning turli ta’sirlarga nisbatan reaktsiyasini belgilaydigan barcha funktsional va morfologpk xususiyatlari to’plami qonstitutsiya (gavda tuzilishi) deb ataladi.
Hamma odamlarni sof anatomik (morfologik) belgilar bo’yicha gavdaning tuzilishi va organizm u yoki bu qismlarining rivojlanishi bo’yicha qonstitutsional tiplarga bo’lishga urinib ko’rilgan. Bu anatomik farqni odamning turli kasalliklarga moyil bo’lishi bilan, reaktsiyaning turli shakllari bilan bog’lashgan. Odamning qanday qonstitutsion tipga mansubligini aniqlash uchun antropometrik o’lchash usulidan foydalaniladi: kishi qonstitutsiyasi klassifikatsiyasi uchun turln ko’rsatkichlar (bo’y, ko’krak qafasining kengligi, qorinning hajmi, muskullarning naqadar rivojlanganligi, bosh suyagining kattaligi va shu ko’rsatkichlarning bir-biriga bo’lgan munosabatlari) bor.
M. V. Chernorutskin odam qonstitutsiyasini uch tipga: astenik, normostenik va giperstenik tiplarga bo’ladn. Bularning har biri o’ziga xos modda almashinuvi hossalari bilan ta’riflanadi.
Astenik tip (asteniklar) ko’ndalang o’lchovlarga nisbatan uzunasiga yo’nalgan o’lchovlarnnng ustunligi bilan ta’riflanadi. Asteniklarnnng oyoqlari ingichka va uzun, ko’krak qafasi uzunasiga cho’ziq va ingichka, muskullari sust rivojlangan, terisi yupqa va nozik bo’ladi.
Giperstenik tip (boshqacha aytganda, gipersteniklar) uzunasiga ketgan o’lchovlarga nisbatan ko’ndalang o’lchovlar ustunligi bilan ta’riflanadi. Gipersteniklar uncha baland bo’yli bo’lmasa ham, semizroq, kuchli odamlardir, ko’krak qafasi keng, oyoq-qo’llari kaltaroq bo’ladi.
Normostenik tip (ya’ni normosteniklar) - ikki tip o’rtasidagi holatdir. Biroq, shuni nazarda tutish kerakki, odamlarning ko’pchplik qismida turli tiplarning xususiyatlari aralashgan bo’ladi. Bundan tashqari, tuzilish tipi butun hayot davomida o’zgarib turadi va turmushga, ayniqsa mehnat xususiyatlari va boshqa omillarga qarab o’zgarishi mumkin. Odam qonstitutsiyasi kasalliklarning paydo bo’lishi va rivojlanishida muhim o’rnn tutadi. Ammo xech qaysi qonstitutsion tip kasallikning bevosita sababi bo’lmaydi.



Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish