Guliston davlat universiteti jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat kafedrasi jismoniy tarbiya gigiyenasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari



Download 1,92 Mb.
bet31/117
Sana26.01.2023
Hajmi1,92 Mb.
#903382
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   117
Bog'liq
portal.guldu.uz-JISMONIY TARBIYA GIGIYENASI VA SPORTNING TIBBIY FIZIOLOGIK ASOSLARI

Nazorat savollari
1. Ovqatlanish gigienasi deyilganda nimani tushunasiz.
2. Ratsional ovqatlanish deyilganda nimani tushunasiz.
3. Ovqatlanish ma’daniyati.
4. Sportchilar kundaligini tutish va unga amal qilishga izox bering.
5. Kundalik rejim deyilganda nimani tushinasiz.


2-savolning bayoni: Jismoniy mashqlarning ovqat hazm qilish tizimiga ta’siri. Jismoniy ish va jismoniy mashqlar natijasida modda va energiya almashinuvi oshadi. Organizmning ovqatga boMgan ehtiyoji ortib hazm tizimi faoliyati kuchayadi. Ishtahaning ortishi me’da-ichak yoMlarida shira ajralib chiqish jarayonini faollashtirib, organizmda o‘tayotgan butun hazm jarayonlariga ijobiy ta’sir yetkazadi. Biroq mushak faoliyatining hazm bezlariga ko‘rsatadigan ta’siri hamma vaqtda ham ijobiy bo‘la olmaydi. Ovqat iste’mol qilingandan keyin jismoniy ish bajarishi, aksincha hazm a’zolari faoliyatiga salbiy ta’sir yetkazishi ham mumkin; me’da-ichakda shira chiqaruvchi bezlaming faoliyati pasayib ketadi va hatto tormozlanadi. Hayvonlar ustida o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, mushak faoliyati jarayonida hazm bezlarining sekretsiyasi susayadi, reflektor yo‘l bilan sekretsiya bo‘ladigan hazm shiralarining ajralish jarayoni buziladi. Jismoniy ish va jismoniy mashqlar paytida ovqat hazm qilish jarayonlarining tormozlanishi markaziy asab tizimida hazm markazlarining tormozlanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bu funksional o‘zgarishlar markaziy asab tizimida qo‘zg‘algan harakat markazlariga manfiy induksiyaning paydo bo‘Iishi bilan asoslanadi.
Jismoniy mehnat paytida hazm jarayoniga tormozlovchi ta’sirot yetkazadigan yana bir omil, bu qonni qayta taqsimlanishidir, buning natijasida hazm bezlarning qonga ehtiyoji pasayadi va ularning sekretsiyasi susayadi. Shuning uchun ovqat iste’mol qilingandan keyin darrov jismoniy mehnat bilan shug‘ullanish man etiladi. Sportchilar bilib olishlari kerakki, jismoniy mashqlar va mushak laoliyati nafaqat hazm jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, balki ovqatning qayta hazm qilish faolligiga hamda mushaklaming harakat faoliyatiga halaqit beradi. Hazm markazlarining qo‘zg‘alishi, qonning mushaklaidan qorin bo‘shlig‘iga oqib borishi jismoniy mehnatga salbiy ta’sir yetkazadi. Bundan tashqari, me’dada ovqatning ko‘p yig‘ilishi diafragmani ko‘tarib turadi, bu holatda nafas va qon aylanish tizimlariga salbiy ta’sir yetkazadi. Shuning uchun ovqat iste’mol qilish va jismoniy mashqlar o‘rtasidagi muddat 2-2,5 soatni tashkil etishi kerak. Biroq odam ko‘p vaqt bu qoidaga rioya qilmaydi. Buning uchun kishi aniq bilishi kerakki, ovqatni iste’mol qilish va jismoniy mashqlarning bajarilishi o‘rtasidagi vaqt bir soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Hazm a’zolarining faoliyatini turli sharoitlarga moslanishi odamning turli mehnat va sport mashqlari bilan bog‘liq faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari ahamiyatga ega. Masalan, tashqi muhitning issiq harorati ovqat hazm qilish a’zolari faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 0’zbekistonda yoz faslida havo harorati soya joyda Q40-47° gacha ko‘tariladi. Bunday sharoitda organizm a’zolari faoliyati keskin o‘zgaradi, nafas olish va yurak urishi tezlashadi, ter ajralishi kuchayadi va hatto asab-mushak faoliyatida ham o‘zgarishlar yuz beradi. Natijada odam organizmi ko‘p suv yo‘qotadi, qon quyuqlashadi, mushak-asab qo‘zg‘aluvchanligi o‘zgaradi. Shuning uchun issiq sharoitda odam organizmining chidamli bo‘lishi, jismoniy mehnatning unumdorligini oshirishi va turli sport turlari bo‘yicha muvoffaqqiyatlarga erishish uchun organizm adaptatsiyasining chora tadbirlarini o‘ylab topish zaruriyati tug‘iladi.



Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish