Ideal gaz molekular-kinetik nazariyasining asosiy tenglamasi: P = nm0V2 (10)
(10) tenglamaning o’ng tomonini 2 ga ko’paytiraylik va bo’laylik, natijada quyidagi formula hosil bo’ladi:
P = n . (11)
Ideal gazning bosimi hajm birligidagi gaz molekulalari o’rtacha kinetik energiyasining uchdan ikki qismiga teng.
Temperaturajismning issiqlik holatini miqdor jihatdan aniqlaydigan fizik kattalikdir. “Temperatura” lotinchada “holat’ degan ma’noni bildiradi.
Temperaturaning mumkin bo’lgan eng past qiymati – 273,160C gat eng. Temperaturaning bu qiymati absolyut nol temperatura deyiladi.
Kelvin tomonidan 1848-yida taklif etilgan absolyut temperatura shkalasi Kelvin shkalasi deb ataladi. Kelvin shkalasi bilan ifodalangan temperatura T bilan belgilanadi va Kelvin (1 K) hisobida ifodalanadi. Kelvin shkalasi bo’yicha temperatura birligi qiymati Selsiy shkalasidagi qiymatga teng, ya’ni 1K = 10C.
Kelvin shkalasi bo’yicha T temperatura bilan Selsiy shkalasi bo’yicha olingan t temperatura orasidagi bog’lanish quyidagicha ifodalangan:
T = t + 273 K . (12)
Bu yerda absolut nol temperaturani yaxlitlab, - 2730C gat eng deb olindi.
Idishdagi gazning devorga ko’rsatadigan bosimini topish formulasi quyidagicha:
P = nkT. (13)
Ma’lumki, ideal gaz molekular-kinetik nazariyasi asosiy tenglamasining ko’rinishlaridan biri quyidagicha edi:
P = nEk . (14)
(13) va (14) ifodalarni tenglashtirib, quyidagi tenglamani hosil qilamiz:
Ek = kT (15)
Molekulalar harakatining o’rtacha kinetic energiyasi absolut temperaturaga to’gri proporsional.
(15) formulaga muvofiq har bir molekulani o’rtacha energiyasi 3 ga teng bo’lgani uchun bu ifoda N ga ko’paytirilsa , shu N ta molekuladan iborat ideal gazning energiyasi topiladi:
U = 3N (16)
(16) formula ideal gazning ichki energiyasi deyiladi. Ideal gazning ichki energiyasi faqat temperaturaga bog’liq.
9-sinfda o’tiladigan “Molekular fizika” bo’limining mazmunini yuqorida keltirib o’tdik.
Molekulyar fizika va issiqlik hodisalarini o`rganish katta tarbiyaviy ahamiyatga ega‚ hamda issiqlik texnikasini va ma`lum texnik xususiyatlarga ega bo`lgan materiallarni yaratish sohasidagi fan va texnikaning quyidagi ulkan yutuqlarini namoyon qiladi:
—issiqlik hodisalarini bilish mumkinligi va ularga xos xususiyatlar haqidagi ilmiy tasavvurlarni solishtirish;
—makro va mikro kattaliklar orasidagi sabab va oqibatli bog`liqliklarni ehtimoliy-statistik xarakterini ochib berish;
—o`rganilayotgan nazariya qonun va tushunchalarini tadbiq etish chegaralarini aniqlash;
—olamni hozirgi zamon tabiiy ilmiy manbalarini vujudga kelishi va rivojlanishida molekulyar kinetik nazariyani ulkan rolini ko`rsatib berishni o`z ichiga oladi.