Guliston davlat universiteti fizika-matematika fakulteti


-bob.AL va KHK larda “Molekular fizika” bo’limining mazmuni



Download 1,99 Mb.
bet6/42
Sana03.02.2022
Hajmi1,99 Mb.
#427201
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
MOLEKULYAR FIZIKA ORAKBAYEVA S

1-bob.AL va KHK larda “Molekular fizika” bo’limining mazmuni.
1.1.Umumta’lim maktablarda o‘qitiladigan “Molekular fizika” kursining mazmuni.
Fizikani o`quv fani sifatidagi o`rni va ahamiyati ikkita masalani hal etish bilan aniqlanadi. Bular qaysi yoshdan va nechanchi sinfdan boshlab o`qitish‚ hamda fizika fani tuzilishining qanday prinsiplarini qabul qilish kerak‚ kabi savollardan iborat.
Umumta’lim maktablarida ushbu fanni o`qitishni boshlash 12-13 yoshlarga to`g`ri keladi. Fizika fanini 6-sinfdan boshlab o`rganish o`quvchilarda ma’lum aqliy va amaliy mahorat va malaka hosil qilish‚ zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishni bilish‚ ularning yosh xususiyatlariga qarab qiziqishlarini aniqlash imkoniyatini beradi.
Fizika fani umumta’lim maktablarining 6-9 sinflarida haftasiga 2 soatdan o’tiladi. 6-sinfda o’quvchilarga fizik hodisalar va kattaliklar haqida umumiy ma’lumotlar beriladi. Bu bilan o`quvchilar fizika faniga qiziqtiriladi‚ tasavvurlar hosil qilinadi‚ tevarak atrofdagi fizik hodisalarning mohiyatini elementar tarzda tushuntirish orqali ilmiy dunyoqarashlari shakllantiriladi. Shu bilan bir qatorda tabiiy geografiya‚ biologiya‚ kimyo va boshqa fanlar mazmunida uchraydigan fizikaga oid bilimlarni o`zlashtirishga tayyorlanadi.
Ma’lumki o`rta maktab fizika kursi ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqich fizika kursi o`quvchilarda tabiat haqidagi dastlabki elementar ilmiy bilimlarni shakllantiradi. Fizika kursini o`qishni boshlashga qadar o`quvchilar ayrim fizik hodisalar bilan tabiatshunoslik va geografiya darslarida tanishgan bo`ladilar. Bu esa o`quvchilarni fikrlash qobilyatini yanada rivojlantirib‚ ularda tabiatga nisbatan dastlabki ilmiy qarashlarni hosil qiladi.
Shu sayli umumiy o`rta ta`lim maktablarining 6-9 sinflarida ham fizika fani maxsus o`qitiladi. Endi bu ta`lim turlarining har birida fizikaning bo`limlaridan biri bo`lmish “Molekulyar fizika” ni o`qitishning o`ziga xos jihatlarini qarab chiqamiz.Umumiy o`rta ta`lim maktablarida fizika fani 6-sinfdan boshlab o`rganiladi, unda 6-sinfga kelgan o`quvchini ta`biiy yo`nalishdagi bir qator fanlarni hamda matematika fanini quyi sinflarda o`qigan va bu fanlar bo`yicha ma`lum bilimga, amaliy ko`nikma va malakalarga ega bo`lganligini inobatga olgan holda, fizika fanini o`qitish tashkil etiladi. Dasturga asosan 6sinfda fizika kursi mazmuni o`zgartirilmagan holda‚ fizik hodisalar va kattaliklar o`rganish ketma-ketligi ulardan birini tanlab olish imkoniyatiga ega.
Ulardan birinchisida fizika an’anaviy bo`lgan usulda avval jismlarning harakati, bosib o`tgan yo`li, unga ketgan vaqt, tekis va notekis harakatda tezlik, massa, zichlik kabi fizik kattaliklar o`rganiladi. So`ngra modda tuzilishi haqidagi dastlabki ma’lumotlar 6-sinf fizikasining 1-bobida berilgan, 6-sinfda modda tuzilishi haqidagi ma’lumotlarga 6 soat ajratilgan bo`lib, bu bobda modda tuzilishi haqida antik davr olimlari va yurtdoshlarimiz bo`lgan Roziy, Beruniy, Ibn Sino ta`limotlari‚ molekulalarning tartibsiz harakati‚ qattiq jism‚ suyuqlik va gazlarning molekulyar tuzilishi‚ diffuziya hodisasi haqidagi boshlang`ich bilimlarni o`quvchilarga berib boriladi. Mavzuga tegishli elementar mavzularning o`qitilishi nazarda tutilgan. Shuningdek 4ta demonstratsion, tajriba 1ta laboratoriya ishi ya`ni suyuqliklarda diffuziya hodisasini o`rganish bo`yicha o`quvchilarga o`qituvchi ishni qanday bajarilishini tushuntirib‚ kuzatishlar to`g`risida xulosalar yozishlarini aytadi. Modda tuzilishi haqidagi dastlabki ma`lumotlarni qay darajada o`zlashtirganini bilish maqsadida 1-bobni yakunlash bo`yicha nazorat savollari ham berilgan.
Mexanika bo`limi jismlarni harakati va muvozanat holati haqidagi bo`limdir. Bu bo`limdan keyingi bo`limlarida qo`llaniladigan ko`plab tayanch tushunchalar o`rganiladi. Ma`lumki jismlarning o`lchamlari va massalarini bilish‚ ularni barcha xossalarini tushuntirib berish uchun yetarli emas. Atrofdagi jismlar bir –biridan faqat o`lchamlari va massalari jihatdangina emas‚ boshqa bir qator tomonlari bilan ham farq qiladi. Jismlarni xossalari ularni qanday tuzilganligiga hamda uning qismlari qanday kuchlar bilan ta`sirlashishiga bog`liqdir. Shuning uchun‚ moddaning tuzilishi haqidagi masala, fizikaning asosiy masalalaridan biridir. Bu masala fizikaning molekulyar fizika va issiqlik hodisalari bo`limida batafsil qaraladi. Bo`limning o`ziga xos tomoni ham ana shundadir.
Molekulyar fizika —fizikani turli agregat holatlardagi jismlarni xossalarini‚ ularning molekulyar tuzilishlari asosida qarab chiqadigan bo`limdir. Molekulyar fizikani o`rganish‚ tabiatshunoslik fanlari nuqtai nazaridan olamni bugungi tasviriga bo`lgan ilmiy qarashlarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. Mexanikani o`rgangandan keyin molekulyar fizikani o`rganishga o`tish‚ o`quvchilarni ilmiy dunyoqarashini shakllanishida butunlay yangi bosqichdir. Mexanik hususiyatlardan farqli o`laroq‚ issiqlik hodisalaridagi yangi xususiyatlari 2 omil‚ ya`ni moddani uzlukli tuzilishi hamda‚ o`zaro tasirlashuvchi‚ zarralar atom‚ molekula‚ ionlar sonining kattaligi bilan izohlanadi.
Shu sababli‚ issiqlik hodisalarini tushuntirish uchun mexanikada ko`rilmagan yangi temperatura ‚ molekulalarning o`rtacha kvadratik tezligi‚ ideal gaz‚ gazni hajmi va bosimi‚ ichki energiyasi‚ issiqliqlik muvozanati‚ issiqlik jarayonlarini‚ yo`nalganligi hamda termodinamikaning qonunlari o`rganiladi. Molekulyar fizikani o`rganishdagi yangi bosqich 3 asosiy xususiyati bilan xarakterlanadi:
—qat`iy mantiqiy bog`liqlikda berilgan yanada kengroq ilmiy tushuncha va hodisalar qamrab olinganligi;
―ularning molekulyar xususiyatlarini miqdoriy tavsiflanishi;
―termodinamik hamda statistik metodlar kabi ilmiy bilish metodlarining izohlanishi va qo`llanilishi.
Maktab fizika kursini bo`limi sifatida molekulyar fizika va issiqlik hodisalari jismlarni mexanik va issiqlik xususiyatlarini‚ shuningdek moddalarning tuzilishi hamda zarralarni o`zaro ta’sirlashuvlariga bog`liq ravishda ularni agregat o`tishlarini o`rganadi. Bunda makroskopik moddiy sestema parametrlari P,V,T‚ sirt tarangligi va boshqalar bilan zarrachalar parametrlari harakat tezligi‚ konsentratsiyasi‚ o`zaro ta`sir qiluvchi kuchlar va boshqalar aniqlanadi. Bunday o`rganishdan so`ng makrohodisalar va jarayonlar molekulyar kinetik nuqtai nazardan izohlanadi. Natijada‚ fizik metodlarni mikroolamni o`rganishdagi qudrati namoyon bo`ladi‚ mikroolamni o`rganish‚ moddalarni ichiga kirib borish imkoniyatlarini aniqlaydi. Bilimlarni uzatishda qotib qolgan tasavvurlardan ogohlantiradi.
Umumta’lim maktablarning 9-sinfida “Molekular fizika va termodinamika asoslari” bo’limi o’rganiladi.
Moddalarning qator xossalarini, masalan, mustahkamligi, elastiklgi, erishi va qotishi, bug’lanishi va kondensatsiyasi, issiqlik o’tkazuvchanligi va boshqa xossalarini bilish muxim axamiyatga egadir. Moddalarning bunday xossalari fizikaning “Molekular fizika va termodinamika” bo’limida o’rganiladi. 9sinfning l-bobida “Modda tuzilishining molekular-kinetik nazariyasi asoslari” o’rganiladi.
9-sinfda molekulyar fizika va termodinamika asoslarini o`qitsh uchun 32 soat ajratilgan bo`lib‚ bundan nazariy ma’lumotlar berish uchun 18 soat, masala yechish darslari uchun 6 soat, nazorat ishlari uchun 4 soat va laboratoriya ishlari uchun 4 soat vaqt ajratilgan. Modda tuzilishining molekulyar kinetik nazariyasi asoslari 1-bobda‚ 2-bobda esa termodinamika elementlari; 3- bobda suyuqliklarni sirt hodisalari; 4-bobda qattiq jismlarning xossalari; 5-bobda modda agregat holatining o`zgarishi kabi mavzular o`rganiladi.

Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish