2-ASOSIY SAVOL BAYoNI:
Boshqa tillardan so’z o’zlashtirish asosida o’zbek tili leksikasida quyidagi qatlamlar yuzaga kelgan:
1) forscha-tojikcha so’zlar; 2) arabcha so’zlar; 3) chet elcha so’zlar.
FORS-TOJIK TILLARIDAN O’ZLAShGAN SO’ZLAR. Marvarid, zarbob, dog, charm, movut, chit, taxta, gisht, guva. Hozirgi o’zbek tilida tubandagi kabi tojikcha-forscha so’zlar bor: dasturxon, dazmol, xokandoz, barkash, obdasta, xum, chirok, parda, gugurt, gilam, choyshab, poyandoz, paypok, poshna, paytava, chok, astar, marjon,la, sarrov, sinch, Hari, panjara, ustun, poydevor, paxsa, xoda, chup, toki, gumbaz, oxak, daxliz, dasta, reja, ship, rang, daricha, darvoza, deraza, zina, narvon, oxang, dutor, tanbur, nay, surnay, karnay, chang, gijjak, rubob, doston, bazm va boshqalar.
Bular ko’proq kundalik xayotga, uy-ro’zg’or ishlariga, dexkonchilik, bog’dorchilik va Hunarmandchilik ishlariga doir tushunchalarni ifodalaydi.
ARAB TILIDAN O’ZLAShGAN SO’ZLAR . Arab so’zlari o’zbek tiliga VII – VIII asrlardan boshlab kiradi. Bu xol arablarning shu davrda Urta Osieni zabt etishlari bilan bog’liq. Arablar o’zlari bosib olgan xududda maxalliy yozuvlarni yo’q qilib, o’z alifbelari asosidagi yozuvni joriy qiladilar. Davlat va sud ishlarini arab tilida olib boradilar, ilmiy, kisman badiiy asarlar arab tilida yoziladi. Shu munosabat bilan o’zbek tiliga birmuncha arabcha so’zlar kirib qolgan.
Ammo somoniylar dinastiyasi davrida (XII – X asrlar) arab xalifaligining xukmronligi bushashib, MUSTAQILlikka intilish kuchaygan sari, arab tilining ishlatilishi cheklanadi.
Hozirgi o’zbek tilida arab tilidan kirgan tubandagi kabi so’zlar mavjud: kasb, kosib, kassob, san’at, sanoat, muassasa, asbob, xizmat, mexnat, bino, imorat, xovli, ovkat, galla, asal, xayvon. Fil, parranda, xasharot, odam. Inson. Ael, oila. A’zo, amma, xola, avlod, sherik, dimog, me’da, Ra’no, xujum, marra, jasur, xavf, askar, idora va boshqalar.
Arab so’zlari birinchidan, kitob, madrasa, din, davlat to’zumi orqali kirgan (maktab, kitob, dars, kalam, mutolaa, davlat, xak, xukuk, maorif va boshqalar), ikkinchidan, eroniy tillar orqali kirgan. Buni, masalan, arab so’zlariga tojikcha morfemalar qo’shib yasalgan darxakikat, darxol, bakuvvat, badavlat, gamxur, xavaskor, Har nav, mansabdor, mulkdor, karzdor, noxak kabi so’zlardan bilsa bo’ladi. Bundagi dar-, ba-, -xur, -kor, -dor, no- morfemalari va Har so’zi tojikchadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |