2-asosiy savolning bayoni:
Kasb-hunarga doir bo’lgan so’zlar professionalizm, professionalizmlar yig’indisi esa professional leksika deyiladi.
Hozirgi o’zbek tili o’zbek xalqi hayotida qadimdan mavjud bo’lgan dehqonchilik, chorvachilik, kulolchilik, suvoqchilik, ipakchilik, etikdo’zlik, temirchilik, misgarlik, duradgorlik va boshqa hunarlarga doir bo’lgan maxsus so’zlarga juda boy. Masalan, kulolchilik kasbida dog’chil (xum yasashda ishlatiladigan yog’och asboblardan biri), aspak yoki ot yog’och, bandak yoki bog’ich (yasalgan xom idishning labini tekislash uchun ishlatiladigan latta, charm yoki kigiz parchasi), bugiz, dasmol loy (tekislash uchun ishlatiladi) kabi so’zlar, suvokchilik sohasida bozi (tokchaning yonlari, ikki tokchaning oraligi), andava (loy suvaydigan asbob), loykash (loy tayerlovchi kishi), mola gazcho’p (chaplangan loyni u yok-bu yoqqa surish uchun ishlatiladigan reykasimon asbob), ipakchilik sohasida tutchi, bargchi, pillakash, naychakash (nayga ipak o’rovchi), moshpora (ipak o’raladigan yog’och asbob), charxtoblik (charxda ipak pishitish), davrakash (davra quyuvchi), taxpilchi (ipakchilikda bir vazifa) kabi maxsus so’zlar bor. Bu so’zlar, odatda, shu kasb sohasida ishlaydigan kishilar uchungina tushunarli bo’lib, juda tor doirada qo’llanadi.
Professonalizmning asosiy qismini har bir kasb-korda shu sohaning terminlari tashkil etadi. Masalan, paxtachilik terminlari, ipakchilik terminlarikabi. Professionalizmlar turli fan-texnika, maktab-maorif sohalarida, ma’muriy-ho’jalik ishlari va boshqa sohalarda ham mavjud.
Nazorat savollari:
1. Professionalizm nima?
2. Kasb-hunarga oid so’zlarga misollar keltiring va tahlil qiling.
3. Termin nima?
4. Termin bilan so’zning qanday farqi bor? Misollar asosida isbotlang.
5. Professionalizmlik nisbiy tushuncha. Isbot qiling.
3-asosiy savolning bayoni:
“Eskirgan so’zlar”ning bir turi arxaizm bo’lib, unga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Hozirgi davrda mavjud bo’lgan tushunchalarni anglatib kelgan, biroq sinonimlari tomonidan siqib chiqarilgan va faol ravishda qo’llanmaydigan eskirgan lug’aviy birliklar. Misollar: abr «bulut» ( Zor-zor chun abri navbahor yig’lab… G’.G’ulom), partav «nur, shu’la» ( Uning ko’z o’ngida joy olgan qoraliklar shu yoqila boshlagan najot shamlari partavi bilan o’z-o’zlaridan yuqolgandek ko’rinarlar edi, A.Qodiriy. O’tgan kunlar).
«Eskirgan so’zlar»ning ikkinchi turi bo’lmish tarixizmlarga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Hozirgi kundagi turmush-hayotdan chiqib ketgan narsa-predmetlar va hodisalarni anglatuvchi eskirgan lug’aviy birliklar. Misollar: - Yo’qolmasdan ilgari bormidi? Qanaka ho’kiz edi? -Ola xukiz… -Yaxshi ho’kizmidi yo yomon ho’kizmidi. -Qo’sh mahali (A.Qahhor.O’g’ri). Bu so’zlar qo’rboshiga masxara bo’lib tuyildi (A.Kahhor. Kur ko’zning ochilishi).U ma’lum karorga kelmasdan turib kerosinka oldiga borgan edi, Munisxon fahmlab rahmat dedi… (A.Qahhor.Sarob).
NEOLOGIZMLAR. Kundalik turmushdagi yangicha munosabatlarni, yangi narsalar va ularning belgilarini, yangi hodisalar va tushunchalarni ifoda qilish uchun vujudga kelgan so’zlar yoki yangi ma’noda qo’llangan eski so’zlar neologizmlar (grekcha «neos» – «yangi», «logos” – “so’z” ma’nosini anglatadi) deyiladi. Masalan, biznes, valyuta, marketing, menejment, sammit kabi so’zlar neologizmlar sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |