Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 4,68 Mb.
bet86/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

Ma’noning torayishi – leksemaning ma’no hajmida keng ma’nodan tor ma’noga qarab siljishning yuz berishi. Masalan: vatan (keng ma’noda: "kishi tuІilib o’sgan mamlakat, ona-yurt") – vatan (tor ma’noda: "kishi tuІilib o’sgan shahar yoki qishloq").
Turdosh otning atoqli otga o’tishi ham tilshunoslikda ma’no torayishi deb qaraladi. Masalan: bolta (turdosh ot) – Bolta (atoqli ot), lola (turdosh ot) – Lola (atoqli ot) kabi.
Nazorat savollari:
1. So’z ma’nosining kengayishi deganda nima tushuniladi?
2. So’z ma’nosining torayishi nima?
3. Leksik ma’no miqdorining ortishi deganda nima tushuniladi?
Adabiyotlar ro’yxati:

  1. Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullaev Sh. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Toshkent: “O’qituvchi”, 1992.

  2. Jamolxonov H. Hozirgi o’zbek adabiy tili. O’quv qo’llanma. Toshkent, 2004.

3-MAVZU: O’ZBEK TILIDA SO’ZLARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATIGA KO’RA TURLARI
Lug’aviy sinonimiya, lug’aviy omonimiya va lug’aviy antonimiya
Reja:



  1. Leksik sinonimiya

  2. Leksik antonimiya

  3. Leksik omonimiya

Tayanch tushuncha va iboralar:
Sinonim, sinonimiya, sinonimik qator, dominanta, ma’no sinonimiyalari, uslubiy sinonimlar, nutqiy sinonimlar, kontekstual sinonimlar, leksik antonimiya, antonimik juftlik, antonim, sof antonimlar, kontekstual antonimlar, leksik omonimiya, omonimlar, omoformalar,omograflar.
1-savolning bayoni:


Leksik sinonimiya leksemalarning bir xil ma’no anglatishiga ko’ra guruhlanishidir: in, uya, oshyon; nur, shu’la, yog’du, ziyo va b.lar. Bunday guruhlar tilshunoslikda sinonimik qatorlar deb nomlanadi.
Har bir sinonimik qatorda:
a)leksemalarning denotativ ma’nosi bir xil, ifoda semalari (ma’no qirralari, uslubiy bo’yoqlari, sub’ektiv baho, qo’llanish doirasi) har xil bo’ladi. Masalan, ozod, erkin, hur, sarbast leksemalari bitta denotatni – “o’z erki, haq-huquqiga egalik"ni ataydi, biroq ularda o’zaro farqlanuvchi ifoda semalari ham bir: Xususan, erkin leksemasi bir qadar betaraf ma’noli bo’lsa, ozod, leksemasida ko’tarinki ruhni ifodalash, hur leksemasida badiiy uslubga xoslik sezilib turadi, sarbast leksemasi esa eskirgan, kitobiydir
b)ifoda semalari ba’zan darajalanadi: yuz, bet, aft, bashara, turq leksemalarining barchasida ("yuz"dan boshqalarida) salbiy bo’yoqli semalar bor, biroq bu semalarda salbiy bo’yoqning ifodalanish darajasi har xil: u "bet"dan "turq“qa tomon ortib, kuchayib boradi. Qiyos qiling: U betlari yumdalangan, oppoq sochlari yulingan bu telba xotinni o’zining qirq yillik umr yo’ldoshiga o’xshata olmadi
v)ifoda semalari bo’lmagan, betaraf ma’noli leksemalar sinonimik qatorning dominantasi sanaladi. Chunonchi, yuz, bet, aft, bashara, turq (dominanta - yuz); nur, shu’la, yog’du, ziyo (dominanta - nur); yolg’iz, yakka, tanho (dominanta - yolg’iz) kabi. Bulardan yuz (birinchi qatorda), nur (ikkinchi qatorda) va yolg’iz (uchinchi qatorda) betaraf ma’nolidir;
g)leksemalarning turkum semalari bir xil bo’ladi, bu hol sinonimlarning bir so’z turkumiga birlashishini taqozo qiladi: bahor va ko’klam (ot), chiroyli va go’zal (sifat), so’zlamoq va gapirmoq (fe’l) kabi.
Yuqoridagi xususiyatlardan, ayniqsa, ifoda semalarining har xilligidan kelib chiqib, leksik sinonimlar quyidagi turlarga ajratiladi:
1.Ma’no sinonimlari (ideografik sinonimlar). Bunday sinonimlar ma’no qirralari bilan farqlanadi. Masalan, achchiqlanmoq, g’azablanmoq, qahrlanmoq leksemalari “g’azabi kelmoq" ma’nosi bilan bir sinonimik qatorga birlashadi, ammo ularda shu ma’noni ifodalash darajasi bir xil emas, u "achchiqlanmoq"dan “g’azablanmog’“qa, “g’azablanmoq"dan esa “qahrlanmoq“qa qarab kuchayib boradi
2.Uslubiy sinonimlar (stilistik sinonimlar). Bunday sinonimlarning leksik ma’nosi ijobiy yoki salbiy bo’yoqlar (uslubiy semalar) bilan qoplangan bo’ladi, ayni shu uslubiy semalar sinonimlarning uslubiy vosita sifatidagi qiymatini belgilaydi. Masalan, jilmaymoq, iljaymoq, irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq va irshaymoq leksemalarining barchasida bitta leksik ma’no – "ovoz chiqarmay miyig’ida kulish" hodisasini nomlash bor, ammo shu ma’no jilmaymoq leksemasida bir oz ijobiy, iljaymoq leksemasida esa bir oz salbiy bo’yoq bilan qoplangan, bu salbiy bo’yoq irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq va irshaymoq leksemalarida yana-da ortib boradi.

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish