Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 4,68 Mb.
bet566/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   562   563   564   565   566   567   568   569   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

33. So’z-gaplar sodda gaplarning bo’laklarga ajralish-ajralmaligiga ko’ra bir turidir. Sodda gaplar bu jihatdan ikkiga bo’linadi:1)bo’laklarga ajraladigan gaplar.2)bo’laklarga ajralmaydigan gaplar.
*Bo’laklarga ajraladigan gaplar bosh va ikkinchi darajali bo’laklarga ajraladi. Ikki bosh bo’lakli gaplar va bir bosh bo’lakli gaplarning barcha turlari bo’laklarga ajraladigan gap hisoblanadi.
*Bo’laklarga ajralmaydigan gaplar bir so’zdan iborat bo’lib, u yoki bu gap bo’lagiga ajralmaydigan o’ziga xos so’zlardan tashkil topgan predikativ birliklardir. Ularni ega ham, kesim ham yoki ikkinchi darajali bo’lak deb ham deb bo’lmaydi. Chunki ular mazkur gap bo’laklari belgilariga ega emas. Ular garchi bir so’zdan iborat bo’lsa-da, shu holicha fikr ifodalash xususiyatiga ega. Shu sababli ular so’z – gap deyiladi. Masalan:– Bugungi majlis bo’ladimi?- Yo’q. Assalomu alaykum, domla. – Alaykum assalom.
Ba’zan to’liqsiz gaplar ham bir so’zdan tashkil topadi. Shuning uchun so’z-gap va to’liqsiz gaplarni bir-biridan farqlash lozim. To’liqsiz gapni hosil qiluvchi so’z ma’lum gap bo’lagi vazifasini bajaradi. So’z-gap gap bo’lagi emas, mustaqil gapning bir tipi, semantik shakllangan gapdir.

1.Fikr ifodalash uchun gapning sodda shakli qanday zarur bo’lsa, qo’shma gap formasi ham shunday zarurdir. Chunki ularning har qaysisi nutqda o’z o’rni, o’z vazifasiga ega. Shuning uchun hamma vaqt ham ularning birining o’rnida ikkinchisini ishlatib bo’lmaydi, ularning har biri o’z vaqti va o’z o’rnida darkordir. Qo’shma gap tuzish uchun: birinchidan, kamida ikkita sodda gap, predikativ birlik bo’lishi,ikkinchidan, bu sodda gaplar mazmunan va mantiqan munosabatga kirishgan bo’lishi, uchinchidan, ular grammatik jihatdan to’g’ri shakllangan, yaxlit, birlashtiruvchi intonatsion butunlikka ega bo’lishi lozim.Ikki va undan ortiq sodda gaplarning mazmun va grammatik jihatdan birikuvidan tashkil topgan bir butun birlashtiruvchi intonatsiya bilan aytiluvchi sintaktik qurilma qo’shma gap deyiladi.


2.O’zbek tilida bir qarashda qo’shma gapga o’xshab ketadigan, biroq aslida sodda gap hisoblangan quyidagi kabi sintaktik butunliklar mavjud:
1)bir egaga tobelanib keladigan uyushiq kesimli gaplar: Bunda uyushiq kesimlar ba’zan bir xil, ba’zan har xil shakllangan bo’lishi mumkin. Men ularning har biriga navbat bilan suv ichirardim, chivinlarni yelpig’ich bilan quvardim, boshqa ishlariga ham qo’limdan kelganicha yordam berardim.
2)ravishdosh oborotli sodda gaplar: Ikromjon cholga yaqinlashgach, unga ehtirom bilan qo’l uzatdi.
3)sifatdosh oborotli qo’shma gaplar: Xolmurod guzardan o’tar ekan, pravlenie darvozasi oldida Abdurasul bilan Melivoyni ko’rdi.
4)murakkab tarkibli shart yoki to’siqsiz holli sodda gaplar. Mabodo bir ishdan keyin shunda bir pas cho’zilib, bir chimdim uxlab olsang, kuchga to’lib, yayrab qolasan. Demak, bu kabi sintaktik butunliklar qo’shma gap hisoblanmaydi.
3. Biroq egasi mazmunan umumiy bo’lgan quyidagi sintaktik butunliklarni qo’shma gap hisoblash lozim:
a)qo’shma gapning ikkinchi qismida ega u, o’zi olmoshi orqali ifodalanadi.Munchoq emas vijdon, u-gavhar.
b)har ikki qismida bir xil ega takrorlangan sintaktik konstruktsiyalar qo’shma gap sanaladi: Yo’lchi uchun bu qiz endi begona emas, u Yormatning qizi, u yaqin.
4. Qo’shma gap qismlari o’zaro turli vositalar: grammatik vositalar(bog’lovchilar, ko’makchilar, yuklamalar, kelishik qo’shimchalari ana shunday vositalardir),leksik-grammatik vositalar( fe’lning nokategorial – funktsional shakllari),leksik vositalar(bog’lovchisiz qo’shma gaplar komponentlarining bog’lanishida leksik vositalarning xizmati kattadir. Ular intonatsiya bilan birga bog’lovchisiz qo’shma gaplarni hosil qiluvchi asosiy vositadir.Qo’shma gap qismlarining bog’lanishida faol qatnashadigan maxsus leksik vositalar asosan quyidagilardir: ya’ni, umuman, bir so’z bilan, boshqacha aytganda, shu bilan birga, to’g’rirog’i, shunga qaramay, aksincha, aks holda, birinchidan, ikkinchidan, avvalo, qolaversa, uningcha, baxtga qarshi, bundan tashqari, shekilli, natijada, buning natijasida, nihoyat, shundan keyin, shundan buyon, shunda, unda, shu, u, shunday kabilar shular jumlasidandir), gap bo’laklarining takrorlanishi (Masalan: Mening domlam yo’q, domlam ikki ko’zim), umumiy ikkinchi darajali bo’laklar(Masalan: Uning kichik qisiq ko’zlari yomon yondi, qalin lablari titrab ketdi), ohang va tartib (Ohang bog’lovchisiz qo’shma gaplarning turli tipini hosil qilishda muhim rol o’ynaydi: qo’shning tinch-sen tinch. Suv keldi - nur keldi-Nur keldi - suv keldi.)
5.Qo’shma gaplar uch nuqtai nazardan, uch xil mezon asosida tasnif qilinadi:
-tuzilishiga ko’ra.
-bog’lovchi vositalarning ishtirok etishi-etmasligiga ko’ra.
-komponentlarning mazmun - munosabatiga ko’ra.
Qo’shma gaplar tuzilishiga ko’ra ikkiga bo’linadi:a) ikki komponentli qo’shma gaplar;b) ko’p komponentli qo’shma gaplar; bog’lovchilarning ishtirok etishi-etmasligiga ko’ra ham ikkiga bo’linadi:a) bog’lovchili qo’shma gaplar;b) bog’lovchisiz qo’shma gaplar; komponentlarning mazmun-munosabatiga ko’ra esa uchga bo’linadi:1.Teng aloqali qo’shma gaplar.2.Tobe aloqali qo’shma gaplar.3.Aralash aloqali qo’shma gaplar. So’nggi tasnif qo’shma gaplarni turlarga ajratishda asosiy hisoblanadi. Chunki unda qo’shma gaplarning farqlovchi belgisiga asoslanilgan. Boshqa tasniflarda asosiy rolni tashqi-shakliy belgilar o’ynagan. Shuning uchun ular qo’shma gaplarning to’liq belgisini ko’rsata olmaydi. Biroq an’anaviy grammatikada qo’shma gaplar quyidagicha uch turga bo’lib o’rganiladi:
1.Bog’langan qo’shma gap
2.Ergash gapli qo’shma gap.
3.Bog’lovchisiz qo’shma gap.

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   562   563   564   565   566   567   568   569   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish