TEST SAVOLLARI
1. Qaysi javobda ravish holi ko’makchili shaklda qo’llangan?
A. Mashina shiddat bilan qaltis tog’ yo’lidan o’tib ketdi.
B. Yuragi do’stlarning, yaqinlarning, shogirdlarning sog’inchi bilan to’ldi.
S. Oraga Asqar polvon bilan Ali tajang ham suqildi.
D. Bobosi ko’chada allakim bilan gaplashdi.
E. Go’zal vodiydagi Gulsar bog’i ko’klam libosi bilan burkaldi.
2. Ota-onaning yomon nomi farzandlarga ham isnod keltiradi. Ushbu gapning grammatik asosini aniqlang.
A. Farzandlarga isnod keltiradi. B. Yomon nomi isnod keltiradi.
S. Nomi isnod keltiradi. D. Farzandlarga keltiradi.
E. Isnod keltiradi.
3. Uyushiq ot kesim qo’llangan qatorni toping.
A. Qiz qah-qah otib kuldi va tezda jo’nab ketdi. B. Odamlar bilan yashash, ishlash, do’stlashish naqadar yaxshi. S. U yer haydadi, chopiq chopdi, suv surdi, dalaga go’ng tashidi, shaharga paxta tashidi. D. Xona ichi issiq, jimjit, dim. E. Darvoza sekin taqirladi-da, ochildi.
4. Qaysi javobda gap bo’laklari bilan sintaktik jihatdan bog’lanmagan birliklar nomi to’g’ri berilgan?
A. Undalma, uyushiq bo’lak, ajratilgan bo’lak, kiritma gap.
B. Kirish so’z, kirish birikma, undalma, kiritma gap.
S. Kirish so’z, ajratilgan to’ldiruvchi, uyushiq aniqlovchi, undalma.
D. Ajratilgan izohlovchi, undalma, uyushiq ega, kirish so’z.
E. Hamma javob to’g’ri.
5. Qaysi javobda bog’langan qo’shma gap berilgan?
A. Katta ariqning nariga sohili ularniki, berigi sohili esa bizniki.
B. Hunar o’rgan, chunki hunarda ko’p sir.
S. Allaqanday poyonsiz, g’arib oqshom.
D. Baxt havoda esmaydi, u mehnatda keladi.
E. Keksalarning mehnati unum bermasa ham, maslahati unum beradi.
6. Qaysi javobda shaxsi umumlashgan bir sotsavli (bir bosh bo’lakli) gap berilagan?
A. Kechaning ilik havosidan nafas oldik.
B. Uzoqdan tog’lar qorayib ko’rina boshladi.
S. Aql’ni beaql’dan o’rgan.
D. Yolg’izlikdan zerikib, xafa bo’lib o’tirgan edim. Ot aravalar birin-ketin saroyga olib kirildi.
7. Berilgan gap ergash gaplarning qaysi turiga mansubq
Shunisi ravshanki,ta'lim-tarbiya hayot bilan bog’lik bo’lishi lozim.
A. To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap.
B. Kesim ergash gapli qo’shma gap.
S. Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap.
D. Ega ergash gapli qo’shma gap.
E. Natija ergash gapli qo’shma gap.
8. Qaysi javobda uyushiq vositali to’ldiruvchi berilganq
A. Datsavval Surxondaryoda, keyin Qarshi cho’lida ishladim.
B. Men oddiy ishchining, ozodlik uchun kurashchining o’g’liman.
C. Ortiq avval Avazga, so’ng Turdiga qaradi.
D. U neon chiroqlari bilan yoritilgan katta va salqin zalga kirdi.
E. Boy sevinch va hayajon bilan shoshilib o’rnidan turdi.
9. Qaysi javobda shart gapli qo’shma gap berilgan?
A. Muallim, siz nima desangiz, menga o’sha ma'qul.
B. Kimning bilimi kuchli bo’lsa, uning mulohazalari ham chuqur bo’ladi.
C. Siz bolani xurmat qilmasangiz, bola ham sizni sevmaydi.
D. Maqtashda tantilik qilsam, haqqim bor.
E. Quyosh yashiringan bo’lsa ham, kunduzning yorug’ligi tamom so’nmagan edi.
10. Qaysi javobda uyushiq sifatlovchi qatnashgan?
A. Qarshimizda semiz, serhosil erlar yastanib yotibdi.
B. Ular goh kulib, goh jiddiy suhbatlashishardi.
S. Ra'no bir necha vaqt boyagicha, harakatsiz o’tirdi.
D. Aql’ bilan odob egizak.
E. Anvarning pichingiga iltifotsiz turdi.
11. Quyidagi tavsifga mos keladigan gap qaysi javobda berilgan?
Sodda gap, yoyiq gap, aralash tipdagi yoyiq gap, ikki bosh bo’lakli gap.
Do'stlaringiz bilan baham: |