Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti


Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi



Download 4,68 Mb.
bet577/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   573   574   575   576   577   578   579   580   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

Maktab yoshidagi kichik bolalar kitobxonligi. Bu yoshdagi bolalar kitobxonligi avvalgisidan biroz farq qiladi. Bu farq bolalarning yoshi, bilimi, saviyasi bilan bog’liq. Maktabgacha yoshdagi bolalar, asosan, tarbiyachilari, ota-onalari yordamida badiiy asarlar bilan tanishsalar, boshlang’ich sinf o’quvchilari bu ishni mustaqil bajaradilar. Mustaqillik ularga ishonch va zavq-shavq bag’ishlaydi.
Bu yoshdagi bolalarni tevarak-atrofdagi turli voqea-hodisalar nihoyatda qiziqtiradi. Ularning bizni qurshagan olam haqidagi savollariga badiiy asarlarda mufassal javob berilgan.
Bu davr bolalariga tavsiya etiladigan asarlarning hajmi avvalgisiga nisbatan kattaroq, ma’no va mazmuni murakkabroq bo’lishidan tashqari, harflari ham yirik-yirik bo’lib, rasm va bo’yoqlarga boy bo’lishi talab etiladi.
Bu davr bolalar kitobxonligida kichkintoy,albatta, bajarishi zarur bo’lgan mas’uliyat bor. Masalan, ota-ona, tarbiyachi, muallim topshirig’ini so’zsiz ado etish, namunali o’qish, yurish-turishda o’zgalarga ibrat bo’lish, ona-Vatanni sevish va boshqalar.
Shu o’rinda Quddus Muhammadiyning «Avval o’yla, so’ngra so’zla» she’ri yuksak darajada turadi. Chunki bola maktabga qadam qo’yishi bilan uning bolaligi, hayotga mas’uliyatsizligi tugaydi. Har bir bosgan qadamiga, gapiradigan gapiga e’tibor berishi talab etiladi:
O’ylamasdan so’zlash qanday?
Menimcha, bu mumkin emas.
Odam o’ylab so’zlaydi,
O’ylamasang so’z unmas.
O’ylamasdan so’zlagan so’z
Odamni xafa qilar.
So’z qovushmay, o’ng-u ters,
Ma’noni chappa qilar.
Qachonki bola kamso’z, odobli bo’lsa, yaxshi o’qiydi, maktab uning jonajon uyiga, bilim maskaniga aylanib qoladi. Ilyos Muslimning «Maktabim» she’ridagi qahramon kabi bir umr shu maktabni sevib qoladi:
Ona kabi mehribon,
Ilm-fanlarga makon,
Yayrab o’qiyman har on,
Qadrdonim maktabim.
Senda darslar xilma-xil,
O’qib, o’samiz har yil,
Sevinchlarga to’lar dil,
Qadrdonim maktabim!
A’lo o’qishdir burchim,
Sarf etaman bor kuchim.
Ishlayman xalqim uchun,
Qadrdonim maktabim!
Shu zaylda bolada kasb-hunarga ishtiyoq, ona-Vatanga sadoqat, ota-onaga muhabbat paydo bo’ladi.
Bu yoshdagi bolalar yana sehrli-fantastik ertak, sarguzasht, hikoya, qissa va dostonlarni ham sevib o’qiydilar. Quddus Muhammadiyning «Erkinjon oyga chiqibdi» (doston), Yusuf Shomansurning «Oydan kelgan bolalar» (doston), Anvar Obidjonning «Dahshatli Meshpolvon» (ertak-qissa) kabi asarlari shu yoshdagi bolalarga mo’ljallab yozilgan.

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   573   574   575   576   577   578   579   580   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish