Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti


Darsni mustahkamlash uchun savollar



Download 4,68 Mb.
bet582/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   578   579   580   581   582   583   584   585   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

Darsni mustahkamlash uchun savollar
1. Bolalar adabiyotida folklorning o’rni qanday?
2. Alla-qo’shiq deganda nimani tushunasiz?
3. Masal janri va uning o’ziga xos xususiyatlarini ayting.
4. Maqol, tez aytish, topishmoq haqida nima bilasiz?
5.Ertak janri qanday turlarga bo’linadi?


Adabiy ertak. Bugungi bola ertamiz bunyodkori, kelajagimiz yaratuvchisidir. Katta avlod oldida yoshlar ta’lim-tarbiyasiga yanada qattiq e’tibor berishdek mas’uliyatli vazifa turibdi. Bu vazifalar sirasiga quyidagilarni misol qilib keltirishimiz mumkin: bolalarni mustaqil Vatanimizga, xalqimizga sadoqatli qilib tarbiyalash; ularni ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy, jismoniy, ruhiy tomondan kamol toptirish; ularni milliy, ma’naviy boyliklarimizga, tarixiy meroslarimizga, mustaqillik g’oyalarimizga va milliy urf- odatlarimizga sadoqat tuyg’ularini shakllantirish; ularni oila, mahalla, jamiyat va davlat oldidagi mas’uliyatlarini to’la anglaydigan va egallagan bilimlarini hayotga tatbiq eta oladigan shaxs sifatida kamol toptirish borasida jamoatchilik faoliyatlarini amalga oshirish; oila, maktab, jamoa mulkini, yurtimiz tabiatini avaylab-asrash, e’zozlash hamda uning ko’payishiga hissa qo’shish va boshqalar shular jumlasiga kiradi. 1
Oldingi boblarimizda, qush uyasida ko’rganini qiladi, - degan maqolni ko’p bor qo’llagan edik. CHindan xam shunday, Bolalarga oilada, bolalar bog’chalarida, mahallalar ota-onalar, buvi-bobolar, tarbiyachilar, mahalla va qishloq ertakchilari tez-tez badiiy ertaklarni o’qib. aytib, hikoya qilib berishsa, ko’zlangan maqsadlar, shubhasiz, amalga oshaveradi. Axir badiiy ertaklarda qanchadan-qancha poetik nafosat, badiiy mukammallik mujassamlangani hammaga ma’lum. Bunday ertaklar hamma vaqt insonda adolat, yomonlikka nafrat tuyg’ularini o’stirgan, uning tasavvuri, orzu-xayolini uyg’otgan.
Har bir inson xayol qiladi. Xayol qilishni, xayolni bilmaydigan kishi chala odamga o’xshaydi. Xayol qilish kishini kashfiyotga undaydi, xayol kishiga qanot bag’ishlab, o’z ortidan ergashtirib boradi. Badiiy ertak esa ayni shu orzu-xayolni, tasavvurni kengaytiradi. Buni biz adabiy ertaklar ijodkorlari bo’lmish Hamza, Avloniy, Oybek, G’afur G’ulom, Hamid Olimjon, Uyg’un, Xabibiy, Mirtemir, Maqsud SHayxzoda, Zulfiya, Quddus Muhammadiy, Turob To’la, Qudrat Hikmat kabi ijodkorlar misolida ko’rishimiz mumkin. Bu allomalarimiz ijodkor bo’lib kamol topishlarida, adabiy ertaklar yaratishlarida ko’pincha ota-onalari, bobo-buvilari, mahalla ertakchilari og’izlaridan eshitgan alla-qo’shiq, maqol, masal, topishmoq, ertak, dostonlarning o’rni, roli katta bo’lganligini zo’r mamnuniyat va chuqur ehtiros bilan xotirlaydilar.
Oybekning bobosi uni ovuntirish, aqlini shakllantirish, olamning past-balandiga tiyrak ko’z bilan nazar tashlashga o’rgatuvchi ertak va rivoyatlarni aytib berganligini umr bo’yi eslab yuradi. «Bolalik» qissasida bu xaqda qayta-qayta to’xtaladi. O’zining baquvvat she’rlari, doston va dramatik asarlari bilan o’zbek xalqining tahsiniga sazovor bo’lgan Hamid Olimjon buvisidan eshitgan ajoyib-g’aroyib ertaklarini mana bunday sharhlaydi:
Bolalik kunlarimda, Beqanot uchgan otlar.
Uyqusiz tunlarimda, Baxtiyor bilan Oygul,
Ko’p ertak eshitgandim, Qiz bo’lib ochilgan gul.
So’ylab berardi buvim. So’ylaguvchi devorlar,
Esimda o’sha damlar Bola bo’b qolgan chollar.
O’zi uchar gilamlar, Buvimning har qiccaci,
Tohir-Zuhra, Yoriltosh, Har bir qilgan hissasi
Oyni uyaltirgan qosh. Fikrimni tortar edi,
O’t bog’lagan qanotlar, Havasim ortar edi.

O’z ijodi bilan kitobxon qalbini quvonchu shodlikka to’ldirgan. Uyg’un bu haqda shunday yozadi:
- Mendagi hayotga, kitobga, adabiyotga bo’lgan havas: juda yoshlikdan boshlangan. Yoshlik chog’larimda, qishning uzun kechalari, bolalar bilan birga sandal atrofida o’tirib, qora uyni sal-pal yoritib turadigan sham yorug’ida, hamma narsani unutib, zo’r hayajon bilan goh sevinib, goh qayg’urib, goh kulib, goh yig’lab, tilsimlar, ajoyibotlarga to’lgan cho’pchaklarni tinglashni yaxshi ko’rar edim.
Bizga ertakni ba’zan buvim-Oyimqiz xola aytib berar edi. Ammo ko’pincha, «Ertakchi xola» laqabi bilan mahallamizda dong chiqargan Tursun xolani chaqirib kelib ertak aytkizardik. Hammamizning mehrimizni o’ziga tortgan, mahalladagi bolalarning eng suyukli «xola»si bo’lgan Tursun xola, yoqimli ovoz bilan to’lqinlanib, artistlardek «holatga kirib», ertaklardagi qahramonlarning xuddi o’zi bo’lib, bizni sehrlab olardi. Kechalari tanlagan ajoyib ertaklarni, ertaklarda hikoya qilingan qahramonlarning maroqli sarguzashtlarini o’ylab-o’ylab, o’ylarim tushga aylanib ketardi.
Atoqli shoira Zulfiya onasidan bir umr minnatdor bo’lib o’tdi
- Onamning qanchadan-qancha alla-qo’shiq, afsona, doston, ertaklarini bilishiga aqlim bovar qilmasdi. Onamning og’zidan eshitadigan bu folklor asarlari menga benihoya huzur bag’ishlar, o’ziga rom qilib olar, har safar yangi-yangi jilva kasb etar edi. Mo’’jizalar yaratishga qodir, ko’zni jahonga keng ochuvchi, insonni go’zallik sari yetaklovchi so’zga shaydolik hissini mening qalbimda ostona hatlab ko’chaga chiqmagan oddiy ayol - onam uyg’otgan...
Bolalar uchun ijod qilgan, adabiy ertaklar yaratgan jamiyki ijodkor borki, ertak tinglagan, ertak og’ushida o’sgan, kamol topgan. Quddus Muhammadiy va Qudrat Hikmatdek kichkintoylarning katta shoirlari qirqqa yaqin xalq dostonlarini bilgan Islom shoirga kotib va ijodiy yordamchi bo’lganliklari hamda xalq ertaklari, termalari uslubida yozilgan bir qator she’r, doston va adabiy ertaklari shu ijodiy o’rganishning natijasidir.
Bularning hammasi beiz, besamar ketmaydi. O’zbek bolalar adabiyotida salmoqli adabiy ertaklarning paydo bo’lishiga turtki bo’ladi, «Oygul bilan Baxtiyor», «Semurg’ yoki Parizod va Bunyod» (H.Olimjon), «Iskandar Zulqarnayn» (M.SHayxzoda), «Qo’zi» (Mirtemir), «Do’stlar» (H.Po’lat), «Adolat» (A.Muxtor), «Yuksak tof, keng o’tloq va mard o’rtoq haqida qissa» (Z.Diyor), «Qo’ng’izoy bilan Sichqonboy» (Q.Muhammadiy), «Zangori gilam», «Qaldirg’och» (S.Jo’ra), «Dum» (A.Pahmat), «Jalil eshitgan ertak» (P.Mo’min), «CHovkar» (Q.Xikmat), «Bir dona yaproq» (E.Raimov), «Sirli qasr» (T.Ilhomov) kabi yuzlab adabiy ertaklar olamga keldi.
Bularning hammasida xalq ertaklarini qayta ishlash, ularga jilo berish, zamon talablaridan kelib chiqilgan. Boshqacha ibora bilan aytganimizda, bu asarlarda maftunkorlik joziba kuchli. Yosh kitobxonni o’ziga ohanrabodek tortib turishi bilan bu asarlar ajralib turadi. Daraxtni undiradigan, o’stiradigan va mevasini laziz qiladigan quyosh, yer va suv bo’lsa, badiiy mahoratni undiradigan va o’stiradigan, samarasini jozibali qiladigan xalq hayotidan olingan ilhomdir. Buni biz Hamid Olimjonning «Oygul bilan Bahtiyor» ertak-dostonida yana ham ravshan ko’ramiz
Bu o’rinda dostonga asos bo’lgan material haqida bir oz to’xtalib o’tishni lozim topdik. Juda ko’p adabiyotshunoslar Hamid Olimjonning bu dostoniga faqat o’zbek xalq ertagi - «Malikai Xusnobod» asos bo’lganligini ta’kidlaydilar M.Ma’murovning «30-yillar o’zbek poeziyasida folklor elementlari» mavzuidagi nomzodlik dissertatsiyasi, S.Mirzaevning «Hamid Olimjon va o’zbek xalq og’zaki ijodi» degan maqolasini nazarda tutamiz), Asqad Muxtor «Ijodkorning «dahlsiz» dunyosi» maqolasida «prototip»li obraz yaratish haqida to’xtalib: «Adabiyotshunoslikda «prototip» degan so’z juda shartli tushuncha, Buni juda lug’aviy ma’noda tushunmaslik kerak. Bittagina sof prototip hech qachon bo’lmaydi. Ya’ni yozuvchi o’z qahramonining ichki dunyosi, tanish qiyofasi, hayoti va barcha sarguzashtlarini hech qachon hayotdagi bitta shaxsdan ko’chirib ololmaydi. Unda adabiyot o’z vazifasini bajara olmas edi... obraz haqida vaqt - fokus nuqtasidir»1 – deydi. Bu so’zlarga e’tibor beradigan bo’lsak, Hamid Olimjon dostonni yozishda faqat bitta-ikkita ertak bilan chegaralanib qolmagan bo’lishi kerak degan xulosaga kelinadi. Beixtiyor ko’z o’ngimizdan «Oygul bilan Baxtiyor» dostoniga bir oz bo’lsa ham yaqin turadigan, o’zining qandaydir bir xususiyati bilan bu asarni eslatib turadigan, «Mehriniso», «Malikai Jahon», «Oygul bilan Baxtiyor», «Said hezimkash», «Sirli tush», «Husnbonu», «Qorasochxon», «Husniyabonu» kabi o’zbek xalq ertaklari o’tadi.
«Malikai Husnobod», «Oygul bilan Baxtiyor», «Sirli tush» - bu har uchala ertakning syujeti bir-biriga ancha yaqin. Ertaklarning bosh qahramonlari ham malikalardir. Ular podsholarning savollariga dadil javob berib: «Qarg’aning «qag’» degani, erni bor qiladigan ham xotin, yo’q qiladigan ham xotin» deganidir» deb qattiq jazoga giriftor bo’ladilar. Keyinchalik hayotda tadbirkorlik bilan ish ko’rgan qizlar boy-badavlat bo’lib ketadilar, otalariga o’zlarining haqligini isbotlaydilar.
«Malikai Jahon», «Sayd hezimkash» ertaklarining yetakchi qahramonlari xuddi Oygul singari qizlar. Ular mardlik, jasorat ko’rsatib, qasrlar qurib, erlari, otalarini mot qiladilar, uyaltiradilar.
Demak, bizningcha, Hamid Olimjon «Oygul bilan Baxtiyor» dostonini yozishda «Malikai Husnobod» bilan birga yuqoridagi ertaklardan ham ijodiy bahramand bo’lib, ulardagi mushtarak xususiyatlarni umumlashtirib yangi va o’ziga xos she’riy ertak- doston yaratgan. Bundan tashqari, dostonning yaratilishida Jizzax xalq ozodlik harakati ham shoirga ilhom bergan. Bu o’rinda biz ham ertak-doston bilan «Malikai Husnobod» ertagida qiyoslab ko’rishni lozim ko’rdik.
Hamid Olimjon dostonida realistik buyoqlarni quyultirgan: xalq orzu-niyatlarini mohirlik bilan asar mazmuniga singdirgan. Tasvir jarayonida sharoit va xarakter masalasiga alohida e’tibor bergan. Zotan, tipik sharoit muqarrar tarzda inson xarakterini ochishga, muayyan asar mavzusi va g’oyasini ifodalashga xizmat qiladi. Tipik sharoit inson xarakterini aniqlashga xizmat qilibgina qolmaydi, balki qahramonlarning fe’l-atvori, xatti- harakatlarini asoslaydi, xarakter rivojiga stimul-turtki beradi.
«Oygul bilan Baxtiyor»da shoir hayot ziddiyatlarini, ijtimoiy tengsizliklarni satrma-satr kontrast priyom vositasi bilan ochib beradi
Dostonda shoir muhit va sharoitni xakqoniy tasvirlash bilan Oygul, Darxon, Baxtiyor xarakterini muvaffaqiyatli yaratadi.Uzoq yillar xon xizmatini ado etgan qullar haqsizlik, adolatsizlikka qarshi bosh ko’taradilar. Ko’p qon to’kiladi. Lekin bu adolatli jangda qo’zg’alon ko’targan qullar taslim bo’ladilar, yengiladilar. Ammo xalqning bu ko’tarilishi kelajakda xonlar, barcha boylarni tag-tomiri bilan yo’q qilishga katta turtki bo’ladi.
Jambil xoni qo’zg’alonchilar boshlig’i Darxonni o’ldirtiradi, so’ng uning sohibjamol qizi Oygulga uylanmoqchi bo’ladi. Oygul hech ikkilanmay xonga rad javobini beradi. Dostonda qizning xonga bergan javobi barcha isyonchilarning qalb sadosi sifatida yangraydi:
Taqdirim yor bo’lsa-yu
Fursat qulay kelsa-yu
Seni agar o’ldirsam,
Taningga xanjar ursam,
Dunyoda eng baxtiyor
Odam bo’lardim nomdor.
Ertaklarda uchramaydigan bu priyomni shoir asarning ta’sirchanligini oshirish va unga isyonkorlik ruhini baxsh etish niyatida qo’llagan. Xalq og’zaki ijodidagi malika, podsho va vazir o’rnida qullar va qul qizi harakat qiladi.
Asarning bosh qaxramoni Oygul xarakteri tipik sharoitda toblanadi. U yovuz xonga qarshi kurash, uni yo’q qilish ishtiyoqi bilan yonadi, butun qalbini, aql-zakovatini xalq manfaatiga, uning erki, baxt-saodati yo’liga tikadi.
Ertak-dostondagi haqqoniy tasvir o’tinchi chollar misolida ham ko’zga tashlanadi. Ertakda podsho buyrug’i bilan daryo yoqasida o’tin terib yurgan bir chol sandiqni suvdan ushlab oladi. Malikaning yalinib-yolvorishiga qaramay, uni durustroq pullash uchun bozorga sudrab olib keladi. Hamid Olimjon esa bu masalaga birmuncha ijodiy yondashadi, o’tinchi cholning obraziga aniqlik kiritadi, Ertakda chol podshoning buyrug’i bilan o’tin tersa, dostonda esa qashshoq chol, tirikchilik o’tkazish uchun o’tin teradi. Uning kundalik yumushi shunday:
Jarjonning dalasida,
Daryoning- yoqasida.
Bir chol o’tin terardi,
Doim shunda yurardi.
Demak, shoir har bir detal, epizod, obraz tasviri orqali asarning hayotiyligiga erishmoqchi bo’ladi. Bundan tashqari, yosh kitobxon faqat Jambil ahlininggina emas, umuman o’tmishda mehnatkash xalqning turmushi hamma joyda xam ayanchli ekanligini his etadi.
Ertakda chol nafsi yomonlik qilib durustroq manfaatdor bo’lish niyatini ko’zlaydi. Qizning oh-fig’oniga quloq ham solmay: «Buni shaharga olib borib sotaman, bunda nima bor-yo’qligini hech kim bilmaydi», deb sandiqni bozorga olib ketayotganida podsho tomonidan o’ldiriladi. Ochko’z, nafsi yomonligi sababli u o’zining joniga o’zi zomin bo’ladi. Dostonda ham o’tinchi chol sandiqni bozorga olib boradi. Lekin u sodda, kamtarin, birovning xaqqiga ko’z olaytirmaydigan, halol mehnati evaziga kun ko’radigan inson sifatida yosh kitobxonda katta taassurot qoldiradi.
«El oldida ochay deb, -
Yomon bo’lsa qochay», - deb...
CHolning psixologiyasida, xatti-harakatlarida xudbinlik manfaatparastlikdan asar yuq. Uning podsho tomonidan chopib tashlanishi bolalarda hokim sinfga qarshi nafrat hislarini uyg’otadi. Albatta, bu hol Oygulning qahr-g’azabini qo’zg’aydi. Oygulning ichki kechinmalarini, ruhiy holatini, his-hayajonini, o’y-xayollarini psixologiyasini ochishda bu epizod ham xarakterlidir.
Lekin o’tinchi chol bilan Oygul o’rtasidagi dialogda asarning badiiy qimmatiga putur yetkazadigan:
«Agar sandiqni yorsang,
Omon-eson chiqarsang,
Sening qizing bulurman,
Juda ham boy qilurman»
singari misralar ham bor. Qahramonning bu so’zlariga hech narsa asos bo’lolmaydi. Bunday o’ylab ko’ring-a, o’zi bir qashshoq qulning qizi bo’lsa, unda cholni sevintiradigan, boyitadigan oltin ham, zar ham yo’q-ku?! Axir realistik san’atning tasvir obekti haqiqat. Asarning ta’sir kuchi, estetik ahamiyati, badiiy ifodasi ana shu jihatni qay darajada aks ettirishi bilan belgilanadi. To’g’ri, ertakda qiz o’tinchi cholga va’da beradi, bu - haqiqatga yaqin gap. CHunki u malika bo’lganligi sababli o’zining qimmatbaho taqinchoqlarini nazarda tutib gapirgan edi.
Oygulning eng noyob hislati - insonparvarlik. U inson va uning qadrini ulug’laydi, insonning tahqirlanishiga, toptalishiga qarshi bosh ko’taradi. Undagi o’zligini anglash va milliy uyg’onishni Hamid Olimjon muhit va sharoitdan keltirib chiqaradi.
Oygul xarakteri ziddiyatlar, kurashlar jarayonida tobora pishib yetilib boradi. Uning qalbini chulg’ab olgan cho’g’, ichki potentsial kuch unga tinchlik bermaydi. Susambildek go’zal yurtni barpo qilgan bahodir qiz endilikda xon ustiga yurish qiladi. Otasi, besabab qirilgan qullar qasdini oladi. Taxtga qul Tarlonni o’tqazadi.
SHoir Oygul xarakterini yuksak mahorat bilan chizadi. U bizning ko’z o’ngimizda oddiy, kamtarin, jafokash qizdan voqealar jarayonida afsonaviy qahramon darajasiga ko’tarila boradi. Masalan, biz uning Jambil o’lkasiga yurishni kuzatib ko’raylik:
Yashnab misoli bir gul, Bo’lib sochilib ketdi
Yer-ko’kni ovozasi Otlarning tuyog’ida
Tutib ketganda Oygul, Darvozalar bo’ldi kul.
Jambilning darvozasi, Har to’p qo’ygan chog’ida
Ochilmadi. SHunda ul Saroylar qulab butkul.
Darg’azab qilich soldi, Zo’r qo’shin kirib bordi
Darhol qaytarib oldi: Savalab urib berdi.
Qulflar taraq-sharaq; Jambilning xon, beklari
O’ynab ochilib ketdi, Quyon bo’lib qochdilar.
Zulfinlar xuddi tuproq Chuqurlar, g’orlar sari
Quchog’ini ochdilar


Bu kuchli, yuksak mahorat namunasidagi tasvir Oygulning shashti, g’ayrati bilan mos tushadi. Natijada orzu-umidi, kurashining timsoli, el panohi bir butunligicha kitobxon ko’z o’ngida gavdalanadi.
Bu yerda yana bir narsani ta’kidlab o’tish lozim. O’tgan asrning 30-yillarida o’zbek bolalar adabiyotida Hamid Olimjonning bunday asarlaridan ruhlanish, san’atkorlik maktabidan o’rnak olishda «Oygul bilan Baxtiyor», «Semurg’ yoki Parizod va Bunyod» dostonlaridagi ulkan yutuq adabiyotimizda qutlug’ bir an’ana yaratadi. Aksariyat o’zbek bolalar shoirlari Hamid Olimjondan o’rganib, u boshlagan an’anani davom ettirib, xalq og’zaki ijodiga qayta-qayta murojaat etadigan, hatto, ba’zan voqelikdan olingan syujetlar asosida yaratilgan dostonlarda ham folklor uslubiga ergashadigan bo’ldilar. Buni biz Sulton Jo’raning «Zangori gilam», «Qaldirg’och», Adham Rahmatning «Dum», «Botir echki», «Qaldirg’och ilon va beshiktervatar», Zafar Diyorning «Burgut», «Yangi ertak», «Yuksak tog’, keng o’tloq va mard o’rtoq haqida «qissa», Quddus Muhammadiyning «Qo’ng’izoy bilan Sichqonboy», «Sandal va pechka» kabi ertak-dostonlari misolida ko’rishimiz mumkin.
Mazkur asarlarda hayotni aniqroq kuylash, tarannum etishga e’tibor qaratiladi. Har bir dostonda muhit va sharoitdan kelib chiqib xarakter yaratish masalasi bugungi talablar darajasida hal etiladi. CHunonchi, tojik xalq ertagi «Zangori gilam» asosida Sulton Jo’ra «Zangori gilam» ertak-dostonini yaratadi.
Albatga, Sulton Jo’ra ertakka ijodiy yondashadi, uning xalqchilligini oshirishga intiladi. SHoir qahramon xarakterini ochishda ertakdagi muhit va sharoitni bir oz o’zgartiradi, hayot xaqiqatidan kelib chiqib ish ko’radi, ba’zi detallarni olib tashlaydi, qo’shimcha obrazlar ixtiro qiladi, o’z dostoniga realistik ruh baxsh etadi.
Masalan, ertakda uch kishi - Rahim, xotini va uning qizi harakat qiladi. Sulton Jo’ra buni o’zgartirib, faqat bitta Rahimning boy dalasida erta-yu kech ishlashini, haq-nonni kam olib kelishi va shu tufayli xotini va qizi ochlikdan madori ketganligini ta’kidlaydi. Yana ertakda aks ettirilgan (Rahimning buvisidan meros bo’lib qolgan) gilam detalini ijodiy o’zlashtirib, «etti onadan meros» qolgan deb bo’rttirib tasvirlaydi.
Bundan tashqari, ertakda Rahim och-yo’qchilikning oldini olish uchun boyning dalasidan tuproq, bug’doyzoridan bug’doy, arig’idan esa suv so’raydi. Bu esa, asarning mazmuniga birmuncha salbiy ta’sir qilar edi. Sulton Jo’ra buni boshqacharoq yo’sinda, ya’ni:
Tuproq keltirib tunda Yerga sepdi bir oz don.
Madori qolmay shunda SHunda rohat sezdi jon
Eshik oldiga soldi Yurib oy yorug’idan,
Va picha xordiq oldi. Borib boy arig’idan,
So’ngra borib u tag’in Keltirib ko’zada suv,
Yulib bug’doy boshog’in Bu «er»ni sug’ordi u, -deb haqqoniy tasvirlaydi.


Ertakda Rahimni zindondan boyning o’zi xalos qilsa, dostonda shoir Mamat obrazini ijod cho’qqisiga ko’taradi. U o’zi kabi og’ir mehnatdan sillasi qurigan Rahimni zindondan ozod qiladi uni qochirib yuboradi.
SHoir Rahim cholning tog’u toshdagi hayot lavhasiga ham aniqlik kiritadi. «Uning oldiga kiyiklar kelib, sut berardilar». Tabiiyki, kiyik hamma joyda ham uchrayvermaydi, buni to’g’ri his qilgan Sulton Jo’ra kiyik o’rniga yovvoyi echkilarni qo’llashi realroq chiqqan.
Ertakda boydan qochib ketgan Rahim chol tog’da hech narsani o’ylab-netmay hayot kechiraveradi. Faqat bir martagina burgutdan yerdagi hayot to’g’risida so’raydi:
- Yerda nimalar bo’layapti. Yerda odamlar hali bormi?
- Ha, bor, - dedi burgut. Ammo ular o’zaro urush qilib, bir- birini o’ldirishyapti.


Bu gaplarni eshitgan Rahim quvonib ketadi, chunki u yaqin orada dunyoda odam zoti butunlay qolmaydi, deb o’ylagan edi
SHoir ertakdagi bunday ruhiy tushkunlik, umidsizlikni boshqacharoq, turmushga yaqinroq holda aks ettiradi:
Debdi: «Endi oldim dam, Boyga qarshi qilay jang»!
Biroq dilda g’azab, g’am, Biroq turay deganda
Mahkam bog’layin belni, Boshiga bir tosh tushdi
Borib yig’ay och elni. Yotib koldi shunda chol,
Hamma yoqqa solib dong, Hol ketdi, hushi uchdi...

Ko’rinib turibdiki, pichoq borib suyakka qadaldi, uning yurak bag’ri g’am-alam, qasos o’ti bilan to’la. SHuning uchun u hayotda o’zi kabi ezilgan, jabrdiydalarni yoniga yig’moqchi, hammasi jam bo’lib, birlashib boyga qarshi jang kilmoqchi edi. Lekin iloj bo’lmaydi, qarilik buning ustiga nogahon bir toshning boshiga tushib ketishi uning ezgu-niyatini chipakka chiqaradi. Lekin shunda ham boylarga qarshi kurash uning yurak to’ridan mustahkam joy olganligini xalq boyni yo’q qilganidan so’ng, tog’dan tushgach, ko’z yoshi bilan aytgan quyidagi so’zidan ham bilib olsa bo’ladi;


- Nega yig’lamay, qizim, Yoningizda bo’lmabman,
O’sha kunlarda sizniig Birga kurash qilmabman..,


Shoir qahramonning ana shunday juda murakkab sharoitda xarakterining shakllanishini, pog’onama-pog’ona o’sib borishini boyga qarshi janglarda el qatori u bilan olishmaganligini o’ziga so’zlatish bilan asarning ta’sir kuchini oshiradi,
Adabiyotimiz tarixidan ayonki, bir syujetda bir nechta kishi asar yozishi mumkin. Masalan, biz N.Ganjaviy, X.Dehlaviy, A.Jomiy va A.Navoiylarning “Xamsa”sini, M.Gulxaniy, Hamza, A.Avloniylarning «Toshbaqa bilan chayon» masali va boshqa asarlarni nazarda tutmoqdamiz. Lekin qizig’i shundaki, keyingi asar oldingi yaratilganiga nisbatan jozibaliroq, muxtasarroq chiqishi kerak. Mabodo shunga o’zida komil ishonch bo’lmas ekan, eng yaxshisi bu mavzuga tegmaslik lozim. Biz bu gaplarni Olimjon Xoldorning «Yolg’onchi cho’pon» ertak-dostoniga burish maqsadida keltirayotirmiz,
«Yolg’onchi cho’pon”ning tili sodda, mazmun ham ancha jozibali chiqqan. SHunga qaramay, u biz kuzatgan asarlarni to’ldirmaydi, boyitmaydi, bolalar uchun yangilik bermaydi, ularni badiiy-estetik tomondan zavqlantirmaydi, nimagadir da’vat etmaydi, boshqacha qilib aytganda, yozma adabiyotga e’tibor bermagan. Ertakdagi qahramonni yosh cho’pon obrazida bolalarbop qilib bermoqchi bo’lgan, ammo asar kitobxon kutgan darajada chiqmay qolgan. «Yolg’onchining jazosi» (Uyg’un), «Yolg’onchi» (A.Navoiy)da yolg’onchining feьl-atvori ishonchli chiqqan, «Yolg’onchi cho’pon»da bola obrazi va uning baqirib-chaqirishida hayotiylik yo’q. SHoirning ta’kidlashicha, u har kuni odamlarni aldaydi, ular ustidan kuladi. Yuqoridagi asarlarda qahramonlar erta tongda, tunda (hamma miriqib uxlab yotgan bir paytda) baqiradilar. «Yolg’onchi cho’pon»da esa voqea kuppa-kunduzi sodir bo’ladi. Nahotki, «Bo’rimi yoki ayiq» qo’ylarga hujum qilmayotganligini, bola ularni aldayotganligini odamlar ko’rishmasa! Demak, «qo’llarida tosh, to’qmoq, ketmon, o’roq va cho’qmoq» ko’tarib kelgan kishilarning barchasi ojiz ekan-da, degan xulosa kelib chiqadi. Xullas, «Yolg’onchi cho’pon»da zamonaviylik sezilmaydi, davrimiz nuqtai nazaridan ishlanmagan. Xalq og’zaki ijodidagi chinakam davr, mazmun buzib ko’rsatiladi. Bu yerda yana bir narsani ta’kidlab o’tishga to’g’ri keladi. Folklor bilan musobaqalashish, undan ijodiy foydalanish mumkin. Lekin zinhor uni yulib-yulqib foydalanib, ko’r-ko’rona tadqiq etib bo’lmaydi.
Xalq og’zaki ijodidan foydalanish adibdan katta san’atkorlikni talab etadi. Folklordan ijodiy foydalanish, istagancha she’rga solish mumkin, biz bunga qarshi emasmiz, biroq asoslash kerak unga davrimiz nuqtai-nazaridan qarashimiz va shu yo’l bilan qadimgi epik qo’shiqni sira buzmasligimiz kerak. CHunki u xalq mulki, boyligi hisoblanadi. Xalq - oltin qidiruvchi bilan bab-barobardir. U eng qimmatli, eng go’zal va noyob narsalarni tanlaydi, ularni talay o’n yilliklar davomida pardozlab, asraydi va o’zi bilan olib boradi.
“Yolg’onchi cho’pon”dagidek holni boshqa bir qator ertak-dostonlar misolida ko’rish mumkin. Masalan, «Har narsaning vaqti bor» (Mardonqul Muhammadqulov), «CHinor» (Tolib Yo’ldosh), «Mehrol» (SHuhrat), «Burgut» (Zafar Diyor), «Unutgan o’g’il» (Po’lat Mo’min), «Qoraxon va uning otboqari Tolibyor haqida ertak» (G’aybulla Asadullaev), «Olov va suv ertagi» (Sayyor) kabi o’nlab ertak-dostonlar bunga yorqin misoldir.
Ko’pchilik asarlarda ertaklar jo’ngina she’rga solinadi, xolos. Unga ijodiy yondashish, zamon ruhiga, bugungi kunimiz talablariga burib yuborish hodisasi sezilib turmaydi Ba’zan shoirlar ertaklarni jo’ngina she’rga solib qo’yishsa, ba’zilar unga ijodiy munosabatda bo’lmoqchi, o’z yonlaridan ham ayrim detallarni qo’shmoqchi bo’ladilar-da, biroq uddalay olmaydilar. Natijada ertakdagi latofat, go’zallik haqiqiy hayotiy elementlar tushib qoladi. Qarabsizki, «ilhom» bilan “bunyod etilgan” doston ertakdagidek jozibali chiqmaydi, o’z originalligini yo’qotadi.
“Iskandar Zulqarnayn» (M. SHayhzoda), «Qo’ng’izoy bilan Sichqonboy» (Q.Muhammadiy), «Dum» (A.Rahmat), «Adolat» (A.Muxtor), «Alla bilan Jalla» (P.Mo’min), «CHovkar», «Ilonshoh va uning amaldori ari haqida ertak», «Eshak nega hangraydi?» (Q.Hikmat), «Sirli qasr» (T.Ilxomov) singari ertak-dostonlar o’zbek bolalar adabiyotida katta o’rin tutadi.
Ma’lumki, o’tmishda yaratilgan xalq ertaklarining asosini afsonalar va shu afsonalarda ifodalangan xalqning orzu-umidlari tashkil etadi.
O’tmishdagi orzular hozirda ro’yobga chiqqan mamlakatimizda ertaklarning xarakteri ham o’zgardi. Atoqli bolalar shoiri Quddus Muhammadiyning «Qo’ng’izoy bilan Sichqonboy» asari ham ana shunday yangi ertaklardandir.
«Qo’ng’iz bikach» ertagida Qo’ng’izoy turmushga chiqish orzusida er axtarib yo’lga chiqadi. «Necha oy, necha kun yo’l yurib, yo’l yursa ham mo’l yurib, bir sahroda ketayotganda bir mol boqib yurgan podachiga duch kelibdi.
Podachi:

  • Ha, Qo’ng’iz bikachoyim qayoqqa?

  • Erga tekkani ketayapman.

  • Erga tegsangiz, menga tega qoling.

  • Xo’p, senga tegaman. Achchig’ing kelsa, nima bilan urasan?

  • Qo’limdagi mol haydaydigan tayog’im bilan uraman. Bu gapni eshitgan bikach kekkayib: - Sarvi kavish, sanama juvon. Gul-gul ko’ylak, gulama juvonman. Senga tegib kaltak yeguncha, itga tegay, - deb yo’lida ketaveribdi».

O’z yo’lida cho’pondan ham shu javobni eshitib, ketayotganida Sichqonboyga duch keladi. Sichqonboy uni dumi bilan silab olib yurishga va’da beradi. Qo’ng’iz bikachning Sichqonboy bilan turmush qurishlari, baxtli hayotlari haqida hikoya qilinadi.
Talantli bolalar shoiri Quddus Muhammadiy bu ertakni qaytadan ishlab, uni «Qo’ng’izoy bilan Sichqonboy» deb nomlaydi, zamonga moslashtiradi, xotin-qizlar huquqlarini poymol qilish hollari tanqid ostiga olinadi.
Quddus Muhammadiy xalq og’zaki ijodi bilan atroflicha qurollangan shoirlardan biridir. “Qo’ng’izoy bilan Sichqonboy” dostonida shoirning xalq og’zaki ijodidan unumli foydalanganligi asarning har bir misrasida sezilib turadi. Doston bosh kahramoni Qo’ng’izoyga kapalak, chigirtkalar oshiq-ma’shuq ekanlar. Ammo ombor mudiri, muttaham, bir necha bor uylangan pismiq Sichqonboy ulardan o’zg’urlik qiladi. U qizning ko’ngli bor-yo’qligaga qaramay, xolasi Kalamushning yordami bilan Qo’ng’izoyning qarindosh-urug’larini rosa qo’rqitib, qizni xotinlikka oladi.
To’ydan so’ng Qo’ng’izoyning qora kunlari boshlanadi. Uni kundoshlari, qaynonasi, eri azoblaydilar. Oxirida bu azoblarga bardoshi qolmagan Qo’ng’izoy o’z uyiga, qarindoshlari yoniga qochib ketadi. Ammo Sichqon uni o’g’rilikda ayblab, yana uyiga qaytarib keladi.
Azoblarga toqati qolmagan Qo’ng’izoy yana ozodlikka intiladi, bu safar u qarindoshlari yoniga emas, balki o’rmonga qochadi. O’rmon uning joniga oro kiradi:
Unda daraxtlar-gullar, Kutib olishdi xursand,
Sayrar qushlar,bulbullar, Qo’ng’izga yordamchilar
Suvlar sharqirab oqqan, Bo’lishib bir tan, bir jon
Shamoli jonga yoqqan Gulg’uncha ochdi quchoq,
Kapalak, ninachilar, Bag’ridan berib qo’noq.

O’rmonda Qo’ng’izoyning baxti ochildi. U ko’ngil bergan Bolari bilan baxtiyor hayot kechira boshlaydi. Mana shu holatlarning hammasi xarakterli epizodlarda ishonarli tasvir etilgan.


Asardagi turmush ikir-chikirlari, to’y manzarasi va sitamgar Sichqon changalidan qutulgan Qo’ng’izoy bilan Bolarining to’yi tamomi yangicha husn, ko’rk kashf etadi. Ularning to’ylari tamom o’zgacha, u eski, og’ir, ortiqcha odatlardan holidir. O’rmonda har toifa do’stlik ramzi sifatida to’yda xizmat qiladi, hech kim chetda qolmaydi.
Ma’lumki, bolalar hayvonlar dunyosiga juda katta qiziqish bilan qaraydilar. Ayniqsa, ular haqidagi ertak va hikoyalar bolalarda tabiiy zavq uyg’otadi. SHuning uchun ham dostondagi Qo’ng’izoy bilan Sichqonboy hamda Bolarilar sarguzashti bolalar diliga juda yaqin. Buning ustiga shoir syujetni ertak shaklida bayon qilish orqali uning halqchillik ruhini yanada kuchaytirgan, xalq ertaklariga xos boshlanma, xotima, voqealar bayoni asarni bolalar uchun o’qimishli qilgan.
Albatta, doston kamchiliklardan xoli emas . Unda primitik, oddiy faktning quruq bayonidan iborat misralar mavjud. Lekin shunga qaramasdan, shoirning bu dostoni uning boshqa qator adabiy ertaklari kabi xalq og’zaki ijodining bolalar adabiyotiga salmoqli ta’sirini ko’rsatuvchi bir hujjat sifatida xarakterlidir.
Ko’rib o’tganimizdek, shoirlarimiz xalq ertaklarini she’rga solar ekanlar, ularning mazmunini tubdan o’zgartirmaydilar, balki qayta ishlaydilar va unga ijodiy munosabatda bo’ladilar hamda tarbiyaviy ahamiyati jihatidan davrimiz talablariga mos asarlar darajasiga ko’taradilar. Hamid Olimjon, Oybek, G’ayratiy, Lutfiy Diyor, Sulton Jo’ra, Quddus Muhammadiy, SHukur Sa’dulla, Ilyos Muslim, Adham Rahmat, Parizod Muhammadyorova, Po’lat Mo’min, O’tkir Rashid, Qudrat Hikmat, Miraziz A’zam, Tursunboy Adashboev, Anvar Obidjon, To’lan Nizom, Ergashev Raimov, Abdurahmon Akbar, Safar Barnoevlar zamonga mos, fan va texnikani, ahloq va odobni, o’lka va uning kishilarini, a’lo o’qish va va kasb-hunar tanlashni madh etuvchi qator adabiy ertaklar mualliflari sifatida keng kitobxonlar ommasiga ma’lum va mashhurdirlar.
«Qaldirg’och» (Sulton Jura), «Yuksak tog’, keng o’tloq va mard o’tloq haqida qissa» (Zafar Diyor), «Sandal va pechka», «Oltin daraxt», «Adashgan bola qissasi» (Quddus Muhammadiy), «Gazpolvon», «Kecha, Butun va Erta haqida ertak», “Lo’ppi paxta, Yomg’ir va SHamol haqida Ertak» (Po’lat Mo’min), «Jumboq» (SHukur Sa’dulla), «Ravshan va ayiqcha» (O’tkir Rashid), «Paxtaoy» (To’lqin Ilhomov), «Ko’k chakmonli yigitcha» (M.Rasulov), «Jo’xoripolvon» (Sultonbek Qo’qonbekov) singari adabiy ertaklarimizning mazmunini bugungi qaynoq hayotimiz tashkil etadi.
Har bir adabiy ertakda tabiat podshosi - inson madhi qalamga olinadi. Yana bir narsani ta’kidlab o’tish lozimki, bu asarlarning barchasida kichkintoylarning dil so’zlari yangrab turadi. Ayniqsa, qahramonlarning xatti-harakatlari ularni to’lqinlantiradi, hayajonga soladi, namunali o’qishga, xulq-odobda boshqalarga o’rnak bo’lishga, kattalar mehnatiga qiziqish va uning qadriga yetishga har doim turtki bo’lib turadi.
Kezi kelganda yana bir narsani zo’r mamnuniyat bilan eslab o’tish lozimki, yaratilgan adabiy ertaklar orasida bolalarni o’qishga, ilm olishga, ilm shaydosi bo’lishga chorlovchi To’lqin Ilhomovning «Sirli qasr» dostoni alohida ajralib turadi.
«Sirli qasr»da bir ona-bolaning beg’am, betashvish baxtli umr kechirishlari kiyik ovida bolaning tog’ cho’qqisida sirli qasr qarshisidan chiqib qolishi bilan keskin o’zgardi. Sirli qasr qulflog’lik bo’ladi. U bolaga avval oltin kalitni topib kelib, so’ngra ochishni, o’zida ajoyib sirlarni saqlayotganligini - ilm-fan qasri ekanligini aytadi. Dovyurak yigitcha oltin kalitni topish, ilm-fan durdonalaridan bahramand bo’lishga astoydil bel bog’laydi.
Yigitcha yo’l yuribdi, yursa ham mo’l yuribdi kabi misralarda, ertaklardagi: yo’l yuribdi - yo’l yursa ham mo’l yuribdi kabi iboralarni qayta ishlab, asarga singdirganligi, yigit so’zidan arslon izidan qaytmas xalq maqolini: arslon qaytmas izidan, yigit qaytmas so’zidan deb qayta ishlab, acap g’oyasiga singdirishi: aql yoshdamas, boshda: qolgan ishga qor yog’ar deyishi ertak qimmatini oshirgan, uning o’qimishli, kitobxon qalbiga tez yetib borishini ta’minlagan, ta’sir kuchini oshirgan.
Oltin kalitni topish oson bo’lmay, balki bu yo’lda ancha xavf- xatarlarni yengib o’tish, yigitchadan mardlik va jasoratni talab etar ekan. Ammo bola bunga azmu qaror qilib yo’lga chiqibdi. Dahshatli bo’ron turibdi. Yigitcha bilan bo’ron o’rtasida kuchli jang boshlanib ketibdi. Bola ko’ksini bo’ronga qalqon qilib, uni mardlik bilan yengibdi.
Yigitcha yo’lida davom etibdi. Bu gal uning qarshisidan bir qiz-uyqu parisi chiqibdi. Ammo yigit bu yovuz dushmanni yengishga ahd qilibdi. CHunki uning qalbini faqat o’qish, ilm-fanni egallash g’oyasi chulg’ab olgan ekan-da. SHuning uchun jimjilog’ini kesibdi-da, unga tuz sepibdi.Ko’zidan uyqu qochib, bola dushman ustidan g’olib chiqibdi. Ertaklardagi singari uning yo’lini uchinchi dushman-yovuz ajdar Tanbal to’sadi. U oltin kalitni qidirib kelganlarning barchasini nobud qilgan ekan. Yigit dahshatli ajdar bilan sherday olishadi, uni yengadi. Bola cho’qqiga chiqib, oltin sandiqni ochib, qo’liga oltin kalitni olib:
Ignada quduq qazib,
Topgan gavharim sensan.
Yurak bilan she’r yozib,
Bitgan daftarim sensan!
-deydi hayajonga to’lib. Ha, ilm olish igna bilan quduq qazishdek murakkab ekanligini muallif kitobxon ongiga ana shunday singdiradi.
Shunday qilib, o’zbek bolalar adabiyotida xalq og’zaki ijodining bir bo’lagi bo’lmish adabiy ertak yilma-yil, pog’onama-pog’ona, asrma-asr rivojlandi, o’sdi. Oygul, Baxtiyor, Bunyod, Rahimdek mukammal obrazlar olamga keldi.
Xulosa qilib aytganda, boy va rang-barang xalq og’zaki ijodi asarlari mustaqil mamlakatimizning kenja avlodini yuksak g’oyalar ruhida tarbiyalashda o’ziga xos maktab rolini o’tamoqda.

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   578   579   580   581   582   583   584   585   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish