Darsni mustahkamlash uchun savollar
1. Bolalar adabiyotining paydo bo’lishi haqida nimalarni bilib oldingiz?
2. Bu adabiyotning maydonga kelishida SHarq allomalarining roli nimada?
3. O’tgan asrning 20 — 30- yillarida kimlar bolalar adabiyoti bo’yicha ijod qildi?
4. O’tgan davrda she’riyat, nasr, dramaturgiya, bolalar adabiyot-shunosligining rivoji qanday bo’ldi?
5. Bolalar adabiyotining so’nggi yillar davri yutuqlari to’g’risida nimalarni bilasiz?
Adabiyotlar
1.Jumaboev M. O`zbek bolalar adabiyoti. -T.: O`qituvchi, 2002.
2.Jumaboev M. Bolalar adabiyoti. -T.: O`qituvchi, 2011.
4-Mavzu. Alisher Navoiyning “Xamsa” dostoni. Alisher Navoiyning axloqiy-ta’limiy qarashlari
Asosiy savollar.
Shoirning qisqacha tarjimai holi.
Shoir asarlarida odob-ahloq.
Alishеr Navoiy 1441 yilning 9 fеvralida xirot shahrida G’iyosiddin kichkina oilasida dunyoga kеldi. Bo’lajak shoirning otasi tеmuriylar avlodidan edi.
Ilm-fanga , ayniqsa, badiiy adabiyotga juda erta ixlos qo’ygan Navoiy Sa'diyning «Guliston», «Bo’ston» kitoblarini, ayniqsa, Farididdin Attorning «Mantiqut-tayr» (Qush nutqi) asarini sеvib o’qir va yod olar edi.
U faqat o’zbеk, fors tillaridagi asarlarnigina emas, balki azarbayjon, turkmancha bitilgan nodir qo’lyozmalarni o’qigan, u tillar nafosati bilan o’z shе'riyatini boyitishga intilgan.
Alilshеr Navoiy o’zining juda ko’p asarlarida bolalar tarbiyasiga oid fikrlarni ilgari surdi. Ayniqsa, «Xamsa» ga kirgan «Hayratul-abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» kabi dostonlarining ba'zi boblarini bola tarbiyasi egallaganini ko’ramiz. Bular orasida «Hayratul-abror» (Yaxshi kishilarning hayratlanishi) dostonida falsafiy, ijtimoiy-siyosiy va axloqiy-ta'limiy masalalarni qamrab olganligi bilan ajralib turadi. Shoir bolalarni o’qimishli, odobli, rostgo’y, halol, pok, saxiy bo’lishga ota-onani, o’zidan kattalrni hurmat qilishga, insofliva adolatli kishilar bo’lib kamol topishga undaydi.
«Hayratul-abror» asarining bir nеcha boblari odob-ahloq va ta'lim-tarbiya masalasiga bag’ishlangan. Navoiy bu dostonini oltinchi maqolatida odob va kamtarlikni ulug’lab, ta'lim-tarbiyaga doir qimmatli fikr va mulohazalarni bayon qilish bilan birga, takabbur va odobsiz kishilarni qattiq qoralaydi. Shoir dostonini bu maqolatida bola tarbiyasi, uni o’stirish, o’qitish va uni balog’atga еtkazish to’g’risida hamda bu borada ota-onalarning vazifalari haqida batafsil fikr yuritadi. Shoir yoshlarni ota-onani xizmatini bajarishga, ularni hurmat qilishga, ularga nisbatan hamisha mеxr-muhabbatli bo’lishga chaqiradi, ota-onani oy va quyosh dеb ta'riflaydi.
«Farhod va Shirin» dostonida shoir chin sеvgi va vafo, do’stlik va sadoqat, mеhnat va ijodkorlik, vatanparvarlik hamda qahramonlik g’oyalarini tarannum etadi. Doston yoshlar va bolalarga atab yozilmagan, lеkin asarning ko’pgina boblari bolalar va yoshlar hayotiga, ularning tarbiyasiga bag’ishlangandir. Shoir dostonda Farhodning bolalik chog’laridanoq ilm-hunarga, mеhnatga bo’lgan muhabbatini zo’r mahorat va chuqur samimiyat bilan tasvirlagan. Bu Navoiyning bola tarbiyasiga va uning bilim olishiga katta e'tibor bilan qaraganligini ko’rsatadi.
«Mahbubul-qulub» uch qismdan iborat. Kitobning 1-qismi «Xaloyiq ahvoli va afg’oni va ahvolining kayfiyatida», ya'ni kishilarning ahvoli, fе'l-atvori va gap so’zlarining ahamiyati haqida bo’lib, bunda Navoiy donishmand va murabbiy, ulkanmadaniyat arbobi sifatida ilm-fan, san'at va adabiyotning ahamiyatini targ’ib qiladi, malakali, iqtidorli o’qituvchilarni, olimlarni, shoirlarni, san'atkorlarni maqtaydi, ularni hurmat qilishga va qadrlashga chaqiradi. O’qish ham, o’qitish ham og’ir va ma'suliyatli ish, u qunt, havas va mеhnat talab qiladi, dеb uqtiradi. Navoiy bu o’rinda murabbiylarning halol xizmatlarini alohida ta'kidlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |