Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti


Murakkablashgan sodda gaplar



Download 4,68 Mb.
bet564/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   560   561   562   563   564   565   566   567   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

31. Murakkablashgan sodda gaplar. Har qanday sintaktik qurilma singari sodda gaplar ham o’z ichida tuzilishiga ko’ra 2 turga bo’linadi :
1)oddiy sodda gaplar;
2)murakkablashgan sodda gaplar.
Oddiy sodda gaplar bir bosh bo’lakli yoki ikki bosh bo’lakli, yig’iq yoki yoyiq, to’liq yoki to’liqsiz, yoki so’z-gaplarning o’zidan iborat bo’ladi.
*Murakkablashgan sodda gaplar oddiy sodda gaplarning turli sintaktik shakllar bilan mazmunan va shaklan murakkablashuvi natijasidir. Sodda gaplarni murakkablashtiruvchi sintaktik hodisalar, asosan, beshta:
1)gap bo’laklarining uyushishi;
2)gap bo’laklarining ajratilishi;
3)undalmalarning qatnashishi;
4)kirishlarning qatnashishi;
5)kiritmalarning qatnashishi.
Bu hodisalarning voqelanishi natijasida murakkablashgan sodda gaplarning muayyan ko’rinishlari: uyushiq bo’lakli sodda gaplar, ajratilgan bo’lakli sodda gaplar, undalmali sodda gaplar, kirishli sodda gaplar va kiritmali sodda gaplar yuzaga keladi .
*O’zaro teng bog’lovchilar yoki sanash intonatsiyasi yordamida bog’langan, bir xil so’roqqa javob bo’lgan, gapda bir xil sintaktik vazifa bajaruvchi bo’laklar tizmasi gapning uyushiq bo’laklari deyiladi. Gap bo’laklarining barchasi uyushib kela oladi.
Eganing uyushib kelishi: O’tmishda xalkimiz orasidan Beruniy va Navoiy, Ulug’bek va Boburlar etishib chiqqan.
Kesimning uyushib kelishi: U o’rnidan turdi, ammo gapirmadi. To’ldiruvchining uyushib kelishi: Men uning jasorati va mardligi, chidam va sadoqatiga qoyil qoldim.
Aniqlovchining uyushib kelishi: Ijodiy ish go’zal, juda ham og’ir va hayron qolarli darajada xursand qiluvchi mehnatdir.
Izohlovchining uyushib kelishi: O’zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi,filologiya fanlari doktori, professor Izzat Sulton – o’zbek adabiyotshunoslarining otaxoni.
Holning uyushib kelishi: Adolat qurkib, kaltirab, jaxl ustida yonib, tez-tez qarardi .
Uyushiq bo’laklarning har biri son, egalik kesimlik affikslari, ko’makchilar bilan kelishi mumkin. Bunda ularning har biri ta’kidlanadi: Menga ham, senga ham, ukangga ham etadi.
Son,egalik,kelishik qo’shimchalari, ko’makchilar uyushiq bo’laklarning oxirgisida kelib,ularning hammasi uchun umumiy bo’ladi.
*O’zlari taalluqli bo’lgan gap bo’laklaridan ohang hamda fikran ajratilib, gapda ma’lum mustaqillikka ega bo’lgan bo’laklar ajratilgan bo’laklar deyiladi. Ajratilgan bo’laklar fikrni odatdagiga qaraganda kuchli, ifodali, ta’sirli, aniq va yorqin qilib berish uchun qo’llanadi. Buning uchun ajratilgan bo’laklar o’zlari taalluqli bo’lgan bo’laklardan maxsus intonatsiya, pauzalar bilan ajratiladi.
O’zbek tilida bosh bo’laklar ham, ikkinchi darajali bo’laklar ham ajratiladi.
Bosh bo’laklarning ajratilishi izohlash zaruriyati bilan bog’liq. Ajratilgan bosh bo’laklar o’zidan oldin kelgan ega yoki kesimni izohlaydi.
Ajratilgan ega: Keyinchalik biz, aka-uka ikkimiz,texnikaga berildik .
Ajratilgan kesim: Mening tug’ilgan yilim – shu – bir ming to’qqiz yuz sakson birinchi yil.
Ikkinchi darajali bo’laklarning ajratilishi inversiya,izohlash ,gap bo’laklarining kengayib kelishi bilan bog’liq.
Aniqlovchilarning ajratilishi: Hech erinmay kuch to’kibdi Ko’kan-devkor, O’ylamapti shuncha piyoz kimga darkor. Nargizning ovoziga boshqa gullarning, qizlarning, ovozlari kelib qo’shildi. Izohlovchilarning ajratilishi inveresiya hodisasi bilan bog’liq:
Kasb, hunar, amal, unvon kabilarni ifodalovchi izohlovchilar o’z izohlanmishidan keyin keltiriladi. Obid Sodiqov, O’zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi, atoqli olimdir.
To’ldiruvchilarning ajratilishi izohlash va uning yoyiq holda kelishi bilan bog’liq: Bektemirga, sobiq sodda cho’ponga, komandirning fikri g’oyat yoqdi. Pul topishning turli yo’llariga kirish bilan, san’atkorni xor qiluvchi bunday yo’l bilan, teatrning obro’sini aslo tiklab bo’lmaydi. Hollarning ajratilishida ham izohlash va ularning yoyiq holda kelishi muhim rol o’ynaydi. Ertasi kechqurun, soat ettilarda, kutilmaganda G’ulomjon kirib keldi. Navoiy, bir qo’lini ko’ksiga qo’ygan holda, boshni kamtar engil qimirlatish bilan xalqning tabrigiga samimiy javob berib bordi.
*Nutq qaratilgan shaxs, predmetni bildirgan sintaktik shakl undalma deyiladi. Undalma, gap bo’laklari bilan bevosita grammatik aloqaga kirishmaydi, chunki u gap bo’laklariga ajratishning bosh mezoni bo’lgan tobelanish talabiga javob bermaydi. Biroq bu undalmaning gap bo’laklariga hech qanday aloqasi yo’q, degani emas.
Undalma gap bo’laklari bilan mazmuniy bog’lanishga egadir. Bu bog’lanish tilshunoslikda introduktiv aloqa deyiladi.
*So’zlovchining gapning ayrim bo’laklari yoki butun ifodaga bo’lgan sub’ektiv munosabati, qarashini, ba’zan emotsional tuyg’ularini ifodalovchi sintaktik shakllar kirish deyiladi. Kirish vazifasida so’z turkumidan ajralib chiqib, faqat kirish vazifasida ishlatiladigan so’zlar (morfologiyada ular modal so’zlar deb yuritiladi Masalan: shekilli, albatta, demak, xullas, modomiki, darvoqe kabilar), ma’lum so’z turkumidan ajralib chiqmagan kirish vazifasida ham, gap bo’lagi vazifasida ham qo’llanuvchi so’zlar (qisqasi, rost, ortidan, oxiri kabilar) keladi.
Kirishlar tuzilishiga ko’ra 3 xil: kirish so’zlar, kirish birikmalar, kirish gaplar. Masalan: Ibrohimov, Qurbon ota aytmoqchi(kirish gap), gullarni o’z ilmidan xabardor qildi. Menimcha(kirish so’z), bu gapda kirish so’z qatnashgan. Baxtga qarshi(kirish birikma), bugun dushanba-bozor ishlamaydigan kun.
*Kiritmalar gap mazmuniga yoki uning ayrim bo’laklari ma’nosiga oid qo’shimcha izoh, ma’lumotlar beruvchi ifodalardir. Bular gap tarkibiga nutq jarayonida kiritilib, gap bilan logik-semantik jihatdan (grammatik emas) munosabatga kirishadi. Kiritmalar ohang jihatdan mustaqillikka ega bo’ladi. Ular biror so’roqqa javob bo’lmaydi, sintaktik vazifa bajarmaydi, gap bo’lagi yoki qo’shma gapning biror komponenti hisoblanmaydi. Kiritmalar tuzilishiga ko’ra uch tipga bo’linadi: kiritma so’zlar, kiritma birikmalar, kiritma gaplar.

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   560   561   562   563   564   565   566   567   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish