Muhokama uchun savollar
3.1.1 Tobe aloqali murakkab qo’shma gap qanday bo’ladi?
3.2.1.Tobe aloqali murakkab qo’shma gaplarda ergash gaplar bosh gapga qanday yo’l bilan birikadi?
3.3.1. Bunday murakkab qo’shma gaplarda bosh gapning o’rni qaerda bo’ladi?
4-masala.Bog’lanish va ergashish yo’li bilan tuzilgan murakkab qo’shma gap (aralash aloqali murakkab qo’shma gap
Aralash aloqali murakkab qo’shma gap teng aloqali komponentlar va tobe aloqali komponentlar birikuvidan tuziladi.Boshqacha aytganda, murakkab qo’shma gapning bu turi bog’langan qo’shma gap va ergash gapli qo’shma gaplardan tashkil topadi. Aralash aloqali murakkab qo’shma gapning ko’prok uchraydigan turlariga quyidagilar kiradi;bir ergash gap va ikki bosh gapdan; ikki komponentli ergashgan qo’shma gap va ikki komponentli bog’langan qo’shma gapdan; ikki ergash gap va ikkita bosh gapdan tuzilgan aralash aloqali qo’shma gaplar.
1. Bir ergash gap va ikki bosh gapning birikishidan iborat aralash aloqali murakkab qo’shma gaplarda:
A) Ergash gap oldin kelib, ikki bosh gapga alohida-alohida bog’lanadi: Bu gap kutilmagan bo’lsa ham, Mirhomidxo’janing yoshiga munosib ravishda tarang va tiniq qizil yuzi oqarishdi, oq oralagan cho’qqi soqoli xiyol titradi.
SXEMASI
1
B) Ba’zan buning teskarisi bo’ladi, ya’ni ergash gap qo’shma gapning oxirida kelib, o’zidan avvalgi gaplarga alohida-alohida bog’lanadi. Bu gaplar ergash gap uchun ayrim-ayrim bosh gap hisoblanadi.
Yulduzning muomalasi shu qadar mayin ediki, kulishi shu qadar jozibali ediki, har qanday odam ham u bilan gaplashib to’ymasdi.
Bog’lanish sxemasi:
V)Ergash gap o’zidan keyingi sodda gaplarning birinchisiga ergashib, qo’shma gapni tashkil qiladi va ular birgalikda uchinchi sodda gap bilan teng aloqali qo’shma gap hosil qiladi. Kattalar qancha ishlasa, bolalar ham shuncha ishlar edi, biroq xo’jayin bolalarga kam haq to’lardi.
Bog’lanish sxemasi.
G) Ergash gap bir bosh gap bilan birikib, ergashgan qo’shma gapni tashkil qiladi, bu ergashgan qo’shma gap boshqa bir gapning biror bo’lagini butunligicha izohlab,yana ergashgan qo’shma gap hosil qiladi.
Shuni aytmoqchi bo’lganki, u vaqtda kambagal non deb bosh ko’tarsa, boy mushtumzur qon deb bosh ko’tarardi.
SX E M A S I :
2.Ikki ergash gap va ikki bosh gapdan tashkil topgan aralash qo’shma gaplarda:
A)ikkita ergash gap birdan ortiq bosh gapga alohida –alohida ergashib keladi:Agar traktor berilsa,erlar traktor bilan haydalsa, birinchidan,mehnat unumdorligi ortadi,ikkinchidan,hosil mo’l bo’ladi.
SXEMASI:
B)Ergash gapli qo’shma gap bog’langan qo’shma gapga ergashish yo’li bilan birikadi.
SXEMASI:
V) Bir necha ergash gapli qo’shma gap keyingi bosh gapga ergashish yo’li bilan birikadi: Shuni aytmoqchimanki, birlashgan jamoa bo’lsak, hokimiyat traktor olib bersa,ishimiz ikki emas, o’n bo’ladi,yuz bo’ladi.
S X E M A S I :
G) Ikki ergash gapli qo’shma gap o’zaro tenglanish yo’li bilan birikadi:
Karim kelgach, sen ketgin; lekin men bora olmayman, chunki ishlarim ko’p.
S X E M A S I :
D)Ikkita ergash gapli qo’shma gap o’zaro ergashish yo’li bilan birikib keladi.
Jadallashtirish haqida mish-mish gaplar ko’paygandan keyin,bunga hamma qiziqdi,shuning uchun tuman hokimi Ahmedov majlis o’tkazish uchun kelganda,zalga odam sig’ishmay qoldi.
S X E M A S I :
3.A)Aralash aloqali murakkab qo’shma gap ba’zan ma’lum bir gapga ergashadi.Men sizga shuni aytamanki, agar shu taklifga ko’nsak, jamoamiz yiriklashadi va moddiy manfaatdorligi oshadi.
B)Aralash qo’shma gaplarda ergash gaplar undagi teng komponentlarning birigagina ergashib keladi,so’nggi gap esa tenglanish usulida birikadi Uni tanib olish qiyin edi, chunki elkalari kengaygan,qiyofasi ancha keskinlashgan ,katta ko’zlari dumaloq shakl olgan, ammo baquvvat kelgan qomati avvalgicha edi.
S X E M A S I:
4.Ikkitadan ortiq ergash gapli qo’shma gap tenglanish yo’li bilan birikadi: Ko’kda parvoz etsa lochin,erga tushgay zog’lar; kishnagan ot o’tsa cho’ldan qo’zg’alur tuproqlar; qonga to’lgay; jangga botir kirsa, sulu sog’lar.
5.Bir bosh gapga ham ergash gap, ham ergashgan qo’shma gap birikib keladi: Bilib qo’ying, mardning so’zi bir bo’lur; Birlashsak , dushman holi tang bo’lur.
6.Aralash aloqali murakkab gap ergash gapli qo’shma gapga tenglanish yo’li bilan birikadi: el yashirmas,er ko’karmas, bo’lmasa,ko’k tomchisi,qaydin olsin shoir she’rni bo’lmasa ilhomchisi.
Demak, murakab Qo’shma gaplarning tuzilishi ham, tarkibiy qismlari ham, qo’llanishi ham har xil.
Do'stlaringiz bilan baham: |