Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 4,68 Mb.
bet487/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   483   484   485   486   487   488   489   490   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

Muhokama uchun savollar
1.1.1. Gaplar so’zlovchiga munosabatiga ko’ra necha turga bo’linadi?
1.1.2. O’zga gapning ta’rifini aytib berinig?
1.1.3. Nima uchun so’zlovchi o’zganing gaplaridan foydalanadi?
2-masala: Ko’chirma gapning grammatik xususiyatlari.
Ko’chirma gap
O’zgalarning mazmuniy,leksik - grammatik xususiyatlari to’liq salagan holda hech o’zgarishsiz ishlatilgan gapi ko’chirma gap deyiladi.Abdulla qahhor adabiyot to’g’risida shunday degan edi: «Adabiyot-atomdan kuchli.Uning kuchini o’tin yorishga sarflash kerak emas». Bu o’rinda Abdulla qaxxor adabiyot to’g’risida shunday degan edi: gapi muallif gapi , «Adabiyot-atomdan kuchli.Uning kuchini o’tin yorishga sarflash kerak emas» ko’chirma gapdir. Muallif gapi ko’chirma gapning kimga tegishli ekanligini ko’rsatib keladi. Ko’chirma gapdagi mazmun odatda tinglovchiga qaratiladi. Ko’chirma gap bir so’zdan, bir gap yoki bir necha gapdan, ba’zan butun bir abzatsdan iborat bo’lishi mumkin. Muallif gapi esa ko’pincha ikki bosh bo’lakli birgina sodda gapdan tashqil topadi. Qo’shma gap holida yoki bir bosh bo’lakli sodda gap shaklida deyarli qo’llanmaydi. Masalan; « To’g’on buzilibdi .Yigitlarni, suvchilarni chaqqon olib borsin»,-deb buyurdi Mahkamov. U joy ko’rsatib, mehribonlik bilan murojat kildi. «Kelganingga xursandman».
Ko’chirma gapning kesimi turli so’z turkumi bilan ifodalanadi oladi, lekin muallif gapining kesimi hamma vaqt sof fe’l bilan ifodalanadi.
quyidagi fe’llar muallif gapining kesimi bo’lib keladi.
1.Gapirish, so’zlashish ma’nosini bildiruvchi demak, aytmoq, gapirmoq, so’zlamoq,murojaat kilmoq singari fe’llar. Masalan: Shunda mehnatkashlardan biri dedi: «Bizlar mehmonmiz: kim yaxshi,kim yomonni bilmaymiz».
2.So’zlash ma’nosi bilan bog’lik bo’lgan turli holatni ko’rsatuvchi qichqirmoq,pichirlamoq,buyurmoq,undamoq,telefon qilmoq singari fe’llar: 3.Oldingi fikr bilan bog’liqligini ifodalovchi javob bermoq,bo’lmoq, (gapni bo’lmoq) : davom ettirmoq kabi fe’llar.M:Rais so’zida davom etdi: «Ayniqsa,Farhod to’g’risida so’z borganda ham sen aytganday,kishining ko’ngli tog’day ko’tariladi».
4.So’rok ma’nosini ifodalovchi fe’llar: «qalay, bu yil bug’doy rejasini bajarasizmi?-so’radi O’ktam.
5.So’zlovchining turli ichki kechinmalari, munosabatlari, imo-ishoralarini ifodalovchi fe’llar:Nasimjon boshini ko’tarmasdan ming’irladi: «Xotirjam bo’linglar,bir iloj qilib ko’ndiraman».
6.Tafakkur faoliyati bilan bog’lik fe’llar :o’y surib ketmoq, hayoldan o’tkazmoq,fikr kilmoq, hayolga botmoq, o’z-o’zi bilan gapirmoq kabilar M: «Cho’lponoy bizlarning roziligimizsiz erga tegib, balki yaxshi ish qilgandir?»-deya o’y surib ketdi u.
Ko’chirma gapda bayon qilingan fikrnigina bildirmay,balki hali ifoda etilmagan, faqat o’ylangan –taxmin kilingan fikrni ham bildirishi mumkin. Shuning uchun bu holda muallif gapining kesimi o’yladi, dedi ichida, dedi o’ziga-o’zi, kabi shaklida ifodalaniladi.
Bayon qilingan fikrni ifodalovchi ko’chirma gaplar fikrning tenglovchiga qaratilganini ko’rsatsa, bayon qilinmagan fikrni bildiruvchi ko’chirma gapda fikr so’zlovchining o’ziga qaratilgan bo’ladi. «Nahotki rost bo’lsa!-dedi ichida yigit.-Demak, kishining qo’li uzun bo’lsa, olmani o’sha uzadi, debdi-da do’stim».
Ko’chirma gapda ba’zan biror predmetning «gapi» ham ko’chirilib berilishi mumkin.Bu holat asosan poetik asarlar uchun xos: Paxta dedi kulib tovlanib: Sevgan kishi meni maqtasin.
Ko’chirma gap va mualif gapining o’rni uslubiy talablarga muvofiq turlicha bo’ladi.
1)Ko’chirma gap mualif gapidan oldin keladi.Bunda muallif gapidagi kesim oldin,ega keyin joylashadi.
«To’g’ri ,qoloqdan cho’loq yaxshi,»-dedi qovog’ini solib Dilshod.
Bunday gaplardagi demoq fe’li ma’no va funktsiyasi jihatidan aytmoq, so’ramoq, gapirmoq, so’zlamoq kabi nutq fe’lariga teng bo’ladi. Bunda deb bog’lovchisi emas, balki demoq mustaqil fe’li qatnashadi. Uning ma’nosi o’ta umumiy bo’ladi.Shuning uchun dedi fe’lining o’rnida deb so’radi, deb buyurdi birikmalarini qo’llash mumkin.
Biroq demoq fe’li so’zlash harakatga bog’liq bo’lmagan fe’llar bilan birga kelib, deb yoki deya formasida mualif gapi bilan ko’chirma gapni bog’lashi mumkin.
Bunda ko’chirma gap butunligicha muallif nutqidagi fe’l kesimga nisbatan hol yoki ergash gap bo’lib keladi. «Bu xom hayol», -deya gapini bo’ladi akam. «Undoq qildim, bundoq qildim, qoyil qoldimi» deb ko’kragiga uradiganlar ham topiladi. Bu xildagi gaplarda ko’chirma gapni xususiyati kuchsizlashgan bo’ladi.
2.Ko’chirma gap muallif gapidan keyin keladi.Bunda muallif gapining kesimi ko’pincha aytmoq,so’ramoq, javob bermoq, gapirmoq, demoq kabi fe’lari bilan ifodalanadi.Masalan: U birdan engillashib, xo’rsindi-da, O’ktamga murojat kildi: «Mana bu mavzuga nima deysiz?»
Muallif gapi ko’chirma gapdan oldin kelganda, gap bo’laklarining tartibi odatdagicha bo’ladi.
3.Ko’chirma gap muallif gapining o’rtasida kelishi mumkin.Bunda muallif gapining ega sostavi ko’chirma gapdan oldin, kesim sostavi ko’chirma gapdan keyin keladi.Masalan: Sayramov cholni... sekin quchoqlab : « Hali ko’nglingiz g’unchaday yosh, bilaman,» -dedi.
4.Ko’chirma gap muallif gapining har ikki tomonidan kelganda ham,
muallif gapidagi kesim sostavi oldin, ega sostavi keyin keladi. «Juda to’g’ri haq, gap,-dedi Boltaboev,- hamma yutuqlaringiz birlik orqasidan kelayotir»

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   483   484   485   486   487   488   489   490   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish