Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti


Jadval 43 Kesim ergash gap



Download 4,68 Mb.
bet470/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   466   467   468   469   470   471   472   473   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

Jadval 43 Kesim ergash gap





Mazmuni

Biriktiruvchi vositalar

O’rni

Misollar


Bosh gapdagi mavhum (ko’rsatish) olmosh bilan ifodalangan kesimini izohlaydi

  • ki

(Bosh gapning kesimi: shunday, shu, shu erda, shun da), shundan iborat, shu bo’ldi, kimsan kabi so’zlar bilan ifodalanadi)

Bosh gapdan keyin keladi.

Gapning xulosasi shuki, elektrostantsiya quramiz. (O)
Masalaning qizig’i shu erdaki, ular uch soatning ichida shuncha ish qilishgan. (A.q.)
Lekin, eng yomoni shundaki, Rixsiboy aka qo’lga kiritilgan yutuq bilan taqqa to’xtab qoldi. (R.F.)
Bizning xalqimiz shundayki, u do’stini qo’llab- quvatlaydi. (A.q.)



Aniqlovchi ergash gap
Aniqlovchi ergash gap bosh gapdagi olmosh yoki olmosh kabi umumiy ,mavhum ma’noli so’zlarning ma’nolarini aniqlab, izohlab keladi. M: Tabiatda shunday moddalar borki, qisqa muddat ichida kuyosh nurini o’ziga singdirib, qorong’ilikda yana bo’shlikka qaytaradi.Bu o’rinda aniqlovchi ergash gap bosh gapdan keyin kelib, bosh gapdagi shunday olmoshi bilan ifodalangan aniqlovchining ma’nosini kotretlashtirib kelyapti. Aniqlovchi ergash gaplar bosh gapdagi quyidagi gap bo’laklarining ma’nosini izohlaydi.
1.Eganing aniqlovchisini izohlaydi: Shunday talabalar borki, o’zlarining bilimiga emas, ota-onalarining puliga ishonadilar:
2.Kesimning aniqlovchisini izohlaydi: Alpomish shunday qahramonki, u o’zida o’zbek halkining eng go’zal fazilatlarini mujassamlashtirgan.
3.To’lduruvchining aniqlovchisini izohlaydi: Men siz bilan shunday ishlarni orzu qilamanki, To’g’onbek janoblari, unday ishlar dunyoda hech bir tojdorga muyassar bo’lmagan;
4.Aniqlovchining aniqlovchisini izohlaydi;Uning akasi shunday yaxshi ishlar qilyaptiki, uning hatto ko’ziga yosh oldirishga hech kimning hakki yo’q.
5.Bosh gap holining aniqlovchisini izohlaydi: Ali kushchining nazarida Ulug’bek shunday odam bo’lib gavdalanadiki,u oddiy odam emas, balki butun xalkning, butun mamlakatning kattakon dardlarini o’ylaydigan,uning ma’rifati uchun har qanday ishga tayyor turgan qudratli aziz kishi edi.
Aniqlovchi ergash gap bosh gapga - ki bog’lovchisi va shart mayli formasi yordami bilan birikadi.
A.)-ki yordami bilan birikkan ergash gap bosh gapda aniqlovchi bo’lib kelgan, quyidagi so’zlarning ma’nosini izohlaydi:
-bosh gapdagi shunday so’zining ma’nosini izohlaydi: Shunday kunlar bo’lganki, Alisher mayda harjlari uchun ham tangasiz kolgan.
-bosh gapdagi ba’zi, ayrim, bir xil kabi so’zlarning ma’nosini izohlab keladi:Ba’zi kishilar borki, o’z qorinlari uchun ham puldan qizg’onadilar. Ayrim qizlarimiz borki , moda ketidan quvib, hayoni unutishyapti.Yana bir xil yoshlarimiz borki, jamoat joylarda, naq erkaklarning ko’z o’ngida o’n martalab o’pishib ko’rishadilar.
-bosh gapdagi hech bir so’zining ma’nosini aniqlab keladi: Bugun hech bir qishloq yo’qki, unda maktab, kinoteatrlar,klub bo’lmasin. ;
Shu kunlarda o’zini bilgan hech bir o’zbek yo’qki, suyuqasdchilardan nafratlanmagan , ularni lanatlamagan bo’lsa.
-bosh gapdagi bir , bir qancha kabi so’zlarning ma’nosini aniqlab keladi:Mustaqillikning dastlabki kunlarida bir qancha kishilar bo’ldiki, ular mustaqillikning mohiyatini to’la tushunib etmadilar, uni faqat qorin bilan baholadilar.Xurosonda bir davr yaratmoq lozimki, o’zga xalklar ibrat ola bilsinlar.
Aniqlovchi ergash gap ba’zan bosh gapdagi qo’llanmagan aniqlovchining ma’nosini izohlashi mumkin:Odam borki, odamlarning naqshidir… Yozuvchi ajoyib asarida yoritib berdiki, bu asarlar hozirda xalkning qo’lidan- qo’liga o’tib kelmoqda. Bu misollardagi Qo’shma gapning bosh gap qismiga bosh gapda qo’llanishi mumkin bo’lgan shunday, ba’zi kabi so’zlarni kiritish mumkin.
Aniqlovchi ergash gapning bu turi -ki vositasi bilan birikkan ergash gaplardan farq qiladi. –sa vositasida birikkan aniqlovchi ergash gaplarda shart ma’nosi ham sezilib turadi.Biroq ular aniqlovchi ergash gap hisoblanaveradilar.
Aniqlovchi ergash gap bosh gapdan oldin va keyin kela oladi. Agar aniqlovchi ergash gap bosh gapga -ki vositasida biriksa, bosh gapdan keyin keladi. Agar aniqlovchi ergash gapga –sa vositasida biriksa, bosh gapdan oldin keladi.; Siz qaysi kitoblarni o’qigan bo’lsangiz, men ham o’sha kitoblarni o’qiganman.

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   466   467   468   469   470   471   472   473   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish