33. So’z-gaplar sodda gaplarning bo’laklarga ajralish-ajralmaligiga ko’ra bir turidir. Sodda gaplar bu jihatdan ikkiga bo’linadi:1)bo’laklarga ajraladigan gaplar.2)bo’laklarga ajralmaydigan gaplar.
*Bo’laklarga ajraladigan gaplar bosh va ikkinchi darajali bo’laklarga ajraladi. Ikki bosh bo’lakli gaplar va bir bosh bo’lakli gaplarning barcha turlari bo’laklarga ajraladigan gap hisoblanadi.
*Bo’laklarga ajralmaydigan gaplar bir so’zdan iborat bo’lib, u yoki bu gap bo’lagiga ajralmaydigan o’ziga xos so’zlardan tashkil topgan predikativ birliklardir. Ularni ega ham, kesim ham yoki ikkinchi darajali bo’lak deb ham deb bo’lmaydi. Chunki ular mazkur gap bo’laklari belgilariga ega emas. Ular garchi bir so’zdan iborat bo’lsa-da, shu holicha fikr ifodalash xususiyatiga ega. Shu sababli ular so’z – gap deyiladi. Masalan:– Bugungi majlis bo’ladimi?- Yo’q. Assalomu alaykum, domla. – Alaykum assalom.
Ba’zan to’liqsiz gaplar ham bir so’zdan tashkil topadi. Shuning uchun so’z-gap va to’liqsiz gaplarni bir-biridan farqlash lozim. To’liqsiz gapni hosil qiluvchi so’z ma’lum gap bo’lagi vazifasini bajaradi. So’z-gap gap bo’lagi emas, mustaqil gapning bir tipi, semantik shakllangan gapdir.
Fan bo’yicha chuqur o’rganishni talab qiladigan, shuningdek, o’z echimini kutayotgan ilmiy muammolar:
1. Til va tafakkur munosabati yangi bosqichda.
2. Ichki nutq va til.
3. Predikativ aloqa, predikativ birikma, predikativ birlik, predikativlik tushunchalarining munosabati.
4. Sintaktik munosabat va sintaktik aloqaning o’zaro munosabati.
5. Bir so’zli sintaktik birliklarda sintaktik munosabat.
6. So’z birikmasining tuzilishiga ko’ra turlari.
7. Fe’lli so’z birikmasi va fe’l predikatli gaplar.
8. Predikativlik va modallik munosabati.
9. Predikativlik va predikat, kesim munosabati.
10. To’liqsiz gaplarda predikativlikning ifodalanishi.
11. Bo’laklarga ajralmaydigan gaplarda predikativlik qanday bo’ladi?
12. Atov gaplar bosh bo’lagining sintaktik mavqei talqini.
13. To’liqsiz gap va so’z – gap munosabati.
14. Gapning semantik tuzilishi.
15. Gap bo’lagi hisoblanmaydigan sintaktik shakllarning gap bo’laklari bilan aloqasi.
16.Gap bo’lagining yangicha talqini.
17.Ega va sub’ekt munosabati.
18. Eski o’zbek tilida gap bo’laklarining tartibi.
19.Murakkab sodda gap, sodda gaplarning murakkablashuvi, murakkablashgan sodda gap atamalarining tahlili.
20.Uyushiq kesimlar, uyushgan va uyushiq sodda gaplar, bir tipli sodda gaplardan tuzilgan qo’shma gaplarning o’zaro munosabati.
21. Ajratilgan bo’laklar va oborotlar.
22. Kirishlarning sintaktik vazifalari.
23. Bosh bo’laklarning talqini.
Do'stlaringiz bilan baham: |