Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 4,68 Mb.
bet455/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   451   452   453   454   455   456   457   458   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

Muhokama uchun savollar
1.1.1.Qo’shma gapning ta’rifi.
1.1.2. Gaplarning tuzilishiga ko’ra necha turga bo’linishi.
1.1.3.Qo’shma gap tuzish uchun nimalar zarur?


2-masala. Qo’shma gapning sodda gap bilan qiyosiy xarakteristikasi.
Sodda gap qo’shma gap bilan tashqi gaplik formasi, ichki-kommunikativ vazifa bajarishi, tugallangan intonatsiyaga egaligi kabi umumlashtiruvchi xususiyatlarga ega bo’lishi bilan birga, unda quyidagi farqlovchi belgilar ham mavjud:Tuzilish belgisi. Qo’shma gap birdan ortiq predikativ qo’shilmalardan (soddaa gaplardan) tuziladi.Sodda gap bitta predikativ yadro, bitta predikativ qo’shilmadan tashkil topadi. Masalan. Borsak, yo’q ekansiz,hamma tarkalib ketdi. Ushbu gapda uchta predikativ yadro borligidan murakkab qo’shma gap sanaladi. Vodiylarni yayov kezganda bir ajiyu his bor edi menda hajman avvalgi gapdan katta bo’lsa ham, bitta predikativ markaz borligidan qo’shma gap hisoblanadi. Material jihatidan. Qo’shma gapning materiali, uni tashkil etuvchi komponentlar sodda gaplardir. Sodda gapning materiali esa gap bo’laklaridir. Masalan, Qalin qor yoqqan bo’lsa-da, havo sovuq emas gapi qo’shma gap bo’lib ikki gapdan; Ko’kda quyosh porlaydi gapi esa sodda gap bo’lib, uch gap bo’lagidan iborat.Mazmuniy belgi. Qo’shma gapda birdan ortiq hukm-xabar ifodalanadi. Sodda gapda voqelikka yoki bir sub’ektning belgi-xususiyatiga doir bir hukm, xabar beriladi. Masalan, Gulsumbibi qizini quchoqlab qichqirdi, lekin uning yarim ochiq ko’zlarida hayot so’nggan edi. Hech kim, hech narsa unutilmaydi. Birinchisida birdan ortiq hukm xabar ifodadangan bo’lsa, ikkinchisida bir hukm, xabar berilgan.
Qo’shma gapning qismlari:1)o’zida predikativlikni aks ettirishi.2) nisbiy tugallangan fikr ifodalashi 3)intonatsiya jihatdan yarim mustaqillikka egaligi bilan gap hisoblansa-da, ular alohida olingan sodda gaplardan farq qiladi.
Qo’shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar shuning uchun ham alohida olingan sodda gaplarday mustaqil emaski, ular qo’shma gap doirasida boshqa gaplar bilan bog’langan holda harakat qiladi. Demak, qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarning mazmuni va grammatik hamda intonatsion xususiyatlari shu butunlikning umumiy mazmunini belgilaydi. Masalan, Kelin-kuyovlar keldi. Boshlanglar! (ikkita alohida olingan sodda gap). Kelin-kuyovlar keldi, boshlanglar qo’shilmasida esa, Kelin-kuyovlar keldi gapi keyingi gap bilan munosabatga kirishganligidan oldingi mustaqilligini yo’qotgan va nisbiy tugallangan fikr va intonatsiyaga ega bo’lib qolgan. O’zbek tilida bir qarashda qo’shma gapga o’xshab ketadigan, biroq aslida sodda gap hisoblangan quyidagi kabi sintaktik butunliklar ham mavjud.
1. Tarkibida fe’lning ravishdosh shakli hokim bo’lgan sintaktik o’ramli qurilmalar: Ikromjon cholga yaqinlashgach, unga ehtirom bilan qo’l uzatdi. Eshik qiya ochilib, fakultet dekanining yaltiroq boshi ko’rindi.
2. Tarkibida fe’lning sifatdosh shakli hokim bo’lgan sintaktik o’ramli qurilmalar: Vodiylarni yayov kezganda, bir ajib his bor edi menda.
3. Tarkibida fe’lning harakt nomi hokim bo’lgan sintaktik o’ramli qurilmalar: Dadang kelishi bilan menga qo’ng’iroq qilinglar.
Bu kabi sintaktik butunliklar hozir qo’shma gap hisoblanmaydi, demak, sodda gaplardir. Chunki ulardagi sintaktik o’ramlarning hokim bo’lagi kesimlik kategoriyasiga ega emas. Boshqacha aytganda, ularning hokimi sof fe’l shakli bilan ifodalanmagan.
Biroq egasi mazmunan umumiy bo’lgan quyidagi sintaktik butunliklarni qo’shma gap hisoblash lozim:
1.Bir egaga tobelanib keladigan uyushiq kesimli gaplar: Bunda uyushiq kesimlar ba’zan bir xil, ba’zan har xil shakllangan bo’lishi mumkin. Men ularning har biriga navbat bilan suv ichirardim, chivinlarni elpig’ich bilan quvardim, boshqa ishlariga ham qo’limdan kelganicha yordam berardim. She’rni yaxshi o’qidingiz, lekin bu bilan shoirni nima demoqchi ekanligini tushuntirib bera olmadingiz.
2. Hokimi fe’lning shart mayli shakli bilan ifodalangan murakkab tarkibli quyidagi kabi sintaktik qurilmalar: Mabodo bir ishdan keyin shunda bir pas cho’zilib, bir chimdim uxlab olsang, kuchga to’lib, yayrab qolasan.
3. Ikkinchi qismida ega u, o’zi olmoshlari ega bo’lib kelgan murakkab sintaktik qurilmalar: Munchoq emas vijdon, u-gavhar. Komilani o’tirishga taklif etdi va o’zi mehmonlar bilan suhbat boshladi.
4.Har ikki qismida bir xil ega takrorlangan sintaktik konstruktsiyalar: Yo’lchi uchun bu qiz endi begona emas, u Yormatning qizi, u yaqin.

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   451   452   453   454   455   456   457   458   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish