Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti


Jadval 40 Oddiy qo’shma gap turlari



Download 4,68 Mb.
bet460/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   456   457   458   459   460   461   462   463   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

Jadval 40 Oddiy qo’shma gap turlari

Bog’lanish yo’llariga ko’ra

Mazmun munosabati


Bog’langan qo’shma gap

Teng aloqada bo’ladi. Biriktiruvchi, zidlov, ayiruv, qiyoslash va izohlash, sabab- natija, payt munosabatlarini ifodalaydi.

Ergash gapli qo’shma gap

Bosh gapga nisbatan ega, kesim, aniqlovchi, to’ldiruvchi, ravish, o’rin, payt, sabab, maqsad, miqdor, shart, to’siqsizlik, o’xshatish, chog’ishtirish, natija munosabatlarini ifodalaydi.

Bog’lovchisiz (faqat ohang orqali bog’langan) qo’shma gap

Biriktiruv, zidlov, payt, shart, to’siqsizlik, natija, sabab, o’xshatish, izohlash munosabatlarini ifodalaydi

Muhokama uchun savollar
2.1.1.Bog’langan qo’shma gap lar qanday gaplardan tashkil topadi?
2.2.1.Bog’langan qo’shma gap deb nimaga aytiladi?
2.2.2.Bog’langan qo’shma gap qismlari o’zaro qanday vositalar orqali bog’lanadi?
2.2.3.Bog’langan qo’shma gap da qanday voqea-hodisalar ifodalanadi?
2.2.4.Bog’lagan Qo’shma gaplar qanday turlarga bo’linadi?
2-masala.Biriktiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gap .
Biriktiruv bog’lovchili qo’shma gap larning qismlari ma’lum bir paytda yoki ketma-ket ro’y bergan voqea-hodisa, harakatlarni bildirib keladi va va, ham, hamda, bo’lsa, esa yordamchilari, yuklamalar yordamida bog’lanadi. Masalan: Kampirning hayajonli tovushi chor devorlardan osha ketdi va bu xushxabar bir zumda hammaga eshitildi.
Bu misolda qo’shma gap qismlari parallel harakat-holatni ifodalaydi. Umumiy bir fikrning elementlari sanaladi. Biriktiruv munosabatiga kirishgan Qo’shma gaplarning qismlari ko’pincha mazmunan o’zaro jips bog’lanadi. Birining mazmuni ikkinchisiga bog’liq bo’ladi. Turli mazmun ottenkalari, emotsional ma’nolar ifodalanadi.
Biriktiruv munosabati ifodalangan qo’shma gaplarda qanday qo’shimcha mazmun ottenkasi ifodalanmasin, qo’shma gap qismlaridan anglashilgan harakat, holat, xususiyat bir paytda ruy beradi.
Shunga ko’ra biriktiruv munosabatini ifodalovchi bog’langan qo’shma gap lar ikki gruppaga bo’linadi:
1.Harakat-holat yoki belgilarning bir paytda ro’y berishini ko’rsatuvchi bog’langan qo’shma gap lar.
2.Harakat-holat yoki belgilarning ketma-ket ro’y berishini ko’rsatuvchi bog’langan qo’shma gap lar.
Bir paytda ro’y beruvchi harakat-holat yoki belgi-xususiyatlarni ifodalagan qo’shma gaplar quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi.
1)ularning kesimlari aksariyat bir xil zamon shaklida bo’ladi: Abayning rangi uchdi-yu, ko’zlari oq shohi cho’qqilarga tikilganicha qoldi: Pushkin esiga tushdi.
2)Qo’shma gapning ikkinchi qismida bir paytlik ma’nosini yanada bo’rttirish uchun shu payt, xuddi shunda, shu vaktda, bunda kabi leksik elementlar qo’llaniladi: Harakat-holat yoki belgilarning ketma-ket ruy berishini ko’rsatuvchi bog’langan qo’shma gap larda odatda birinchi qismdan anglashilgan ish-harakat oldin, ikkinchi gapdan anglashilgan ish-harakat esa keyin ro’y beradi.Shu payt to’satdan ko’cha eshigi sharaqlab ochildi-yu, Zununxuja halloslaganicha kirib keldi.

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   456   457   458   459   460   461   462   463   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish