2-amaliy mashg’ulot.
Mavzu: So’zlarning teng va ergash bog’lanishi, ergash bog’lanish turlari
Ajatilgan vaqt – 2 saot
Darsning maqsadi: talabalarning so’zlarning o’zaro bog’lanishi, bu bog’lanishning teng va tobelik asosida kechishi, tenglik va tobelikning belgilari, tobe bog’lanishning uch turi: boshqaruv,
moslashuv, bitishuv to’g’risidagi bilimlarini mustahkamlash, ularda har qanday sintaktik tuzilmalardan sintaktik aloqa va uning turlarini ajrata olish malakasini hosil qilish.
Ishning bajarilish tartibi:
1. Berilgan mashq, matnlardan sintaktik birliklarni aniqlab, daftaringizga ularni to’rt guruhga (so’z birikmasi, sodda gap, qo’shma gap, mikromatn) ajratib yozing.
2. Berilgan matndagi so’z birikmalari va gaplar (sodda va qo’shma gaplar) alohida-alohida guruhlarga ajaratib yoziladi.
3. Ajratib yozilgan sintaktik birliklar tarkibidan teng bog’langan va tobe bog’langan tashkil etuvchilarni aniqla, ularni ikki guruhga ajratib yozing.
4. Har bir guruhning yoniga ularni ifodalovchi vositalarni qayd eting.
5. Ergash bog’lanishli qurilmalarni predikativ va nopredikativ aloqa yuzasidan tahlil qilib, turini aniqlang va ularni ikki guruhga ajratib, daftaringizga qayd qiling.
6. Nopredikativ birikmalar qismlari o’zaro ergash bog’lanishning qaysi usuli bilan bog’langanini aniqlang va ularni uch guruhga bo’lib yozib chiqing.
3-mashq
Oybek o’sha paytlarda bolalari bilan tor bir uyda yashardi. Ijod qilish uchun mutlaqo sharoit yo’q edi. Er-xotin o’ylab-o’ylab yashab turgan xonaning shifti bilan poli oralig’ida bolaxona qilishdi. Oybek unga narvonda chiqar, to sahargacha muk tushib yozardi.Yozib charchagan paytlarda qaddini rostlasa, boshi shiftga tegardi. Kunduzlari ba’zan Eski Juvadagi «Oktyabr» kutubxonasiga borib yozardi.
Bu kutubxona ilgari «Turon»nomi bilan atalgan. Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, G’afur G’ulom, Oybek, Mirtemirlar bu erga tez-tez kelib turishgan. «Turon» so’zini eshitganda, Sho’ro hukumatining labiga uchuq toshardi. Hamzaning «Yasha, Turon» she’ri ham «Yasha, Sho’ro» qilib o’zgartirildi. Ilgari Turon zamonga qofiya etilardi. Endi Sho’ro zamonga qofiya bo’libdi. Bechora she’rni kuppa-kunduzi qaroqchilar echintirib, qofiyasini o’g’irlab ketgan edilar. (S.Ahmad).
4-mashq
So’zga chiqqan Nazir Safarov shunday degani kechagidek esimda (jumlalarni, so’zdarni aynan keltiraman):
-Oybekning bu romani arriginal asar emas, plagat. Siymon Boboyvskaning «Kovoleriya zolotoy zvizda» kitobidan ko’chirib olingan.
Zalda gurros kulgu ko’tarildi. Safarov odamlarning nimaga kulayotganiga hayron edi. Oybek ham silkinib-silkinib,miriqib kulardi. Safarov unga o’qrayib qaradi.
-Nega kulasiz?
Oybek o’tirgan joyida javob qildi:
-Siz umuman o’rischa bilmaysiz. O’qimagansiz. Kitobning nomini ham, avtorining familiyasini ham bilmaysiz. Undan ko’chirib olganimni qayoqdan bilaqoldingiz. Do’stlaringiz durustroq o’rgatishmabdi-da…
Pastdagilar chapak chalib yuborishdi. Ayniqsa, studentlar jon- jahdlari bilan qarsak urishardi.
5-mashq
Davrimizning buyuk ixtirosi.
O’tgan asrdagi eng ahamiyatli kashfiyotlar qaysilar?
Mo’g’iliston sahrolaridan 10 million yil oldin yashab o’tgan dinozavrlar qo’ygan tuxumning topilganimi?
Qadimda o’tgan tamaddun (tsivilizatsiya) haqida bebaho ma’lumotlar beruvchi qabrlar, shaharlar va yozma yodgorliklarning ochilganimi?
Radioaktiv soatning ixtiro etilgani va uning yordamida Taft-kolledji professori Leynning er yoshini 1250 000 000 yil deb aniqlaganimi?
Reaktiv samolyotlarmi? Televideniyami? Radiomi? Atom energiyasimi? Vodorod bombasimi?
Yo’q! Ularning birontasi ham emas!
Mening fikrimcha, ratsional ochlik yordamida insonlar o’zlarini o’zi jismonan, aqlan va ma’nan yoshartirish yo’lining topilganligi hozirgi zamon kishisining eng buyuk ixtirolaridandir. Ilmiy amalga oshirilgan ochlik tufayli inson so’nmas yoshlikni qo’lga kiritishi mumkin.(Pol Bregg.)
Do'stlaringiz bilan baham: |