1-mavzu bo’yicha 1.1.3.qo’shma gapning ta’rifini aytib bering.
1.1.4.Gaplarning tuzilishiga ko’ra necha turga bo’linishini ayting.
1.2.2.qo’shma gap nutqning zarur talabi ekanligini izohlang.
1.2.3qo’shma gap tuzish uchun nimalar zarur?
1.3.1.qo’shma gap berilgan javobni toping.
A) Sidiqjon Butazor ko’chasidagi uylardan biriga ko’chgan Ro’zimatni tabriklagani bordi.
V) Tushimda Gavharning xushhol kulimsirab turgani esga tushar va sog’inch hissini bir kadar bo’lsa ham bosar edi.
S) Bormasak, kelmaydi.
D) Cho’llar chaman sochdilar tashlab anduhlarini, jaranglatib ochdilar oltin sandiqlarini.
E) Tarbiyachilarning shuncha harakat qilishiga qaramay, Kamolani «dalaga aylantirish» juda sekinlik bilan bordi.
1.4.1.Nutqda sodda gaplar bilan birga yana qanday gaplar qo’llanadi?
1.4.2.qo’shma gaplarsiz nutq (keng ma’noda) bo’lishi mumkinmi?
1.5.1.Ushbu qo’shma gapning, grammatik asoslari qaysi javobda ko’rsatilgan? Mayli, juda g’arib bo’lsa ham, hech kimga aytmagan qo’shig’ingni ayt.
A) hech kimga aytmagan qo’shig’ingni ayt.
V) juda g’arib bo’lsa ham mayli.
S) g’arib bo’lsa ham, ayt.
D) hech kimga aytmagan, g’arib bo’lsa ham.
E) A va V javoblar to’g’ri.
2.3.2.qo’shma gapni toping.
A) Adabiy asar buyumlar to’g’risida emas, kishi, inson taqdiridan bahs ochadi.
V) Yo’lchi uchun bu qiz endi begona emas.
S) O’ynab gapirsang ham, o’ylab gapir.
D) O’sha qizni ko’rdim-u, hayolimda ilk bor ko’nglimda ishq alangalandi.
E) Men balog’at yoshiga etgan bo’lsam-da, hali ilk sevgiga duch kelmagandim.
2.4.1.Sifatdosh oborotli sodda gap bilan qo’shma gapni qiyoslang.
2.5.1.Sodda gap bilan qo’shma gap qanday umumiy xususiyatlarga ega?
2.6.1.O’zlashtirma gap qo’shma gapmi, sodda gapmi?
2.6.2.Xolmurod yo’lda kelar ekan, kasalxonaga burilishda ikkita yangi mashinani ko’rdi gapini tuzilishiga ko’ra talqin qiling.
3.1.1.qo’shma gap qismlarini bog’lovchi grammatik vositalarni ko’rsating.
3.2.1.qo’shma gap qismlarini bog’lovchi leksik vositalarni sanang.
3.3.1.Gap bo’lagining takrorlanishi hodisasini tushuntiring.
3.2.2.Umumiy ikkinchi darajali bo’laklarning bo’lishi qo’shma gaplarda qanday vazifa o’taydi?
3.2.3.qo’shma gapni hosil qilishda yana qanday vositalar qatnashadi?
3.2.4.qo’shma gap turlarining hosil bo’lishida intonatsiyaning rolini tushuntiring.
3.2.5.qo’shma gapning qaysi turlarida grammatik vositalar faol rol o’ynaydi?
3.3.1.Ushbu gapda bog’lovchi vositalarning qaysi turlari ishtirok etgan? Haqiqat osmonda emas, haqiqat erda.
3.3.2.Uyg’onganida, suyaklari zirqirar, turishga ham madori yo’q edi, gapidagi bog’lovchi vositalar to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping.
a) zamon munosabati;
v) kesimlarning shakli;
s) umumiy ikkinchi darajali bo’lak;
d) edi.
e) kelishik qo’shimchasi, to’liqsiz fe’l.
3.4.1.Bog’lovchi vositalarning qaysi biri eng universal vosita hisoblanadi?
3.4.2.Nima uchun ba’zan takrorlanishi kerak bo’lgan bo’lak ikkinchi gapda ifodalanmaydi?
3.4.3.Kesimi umumiy bo’lgan gap sodda gap bo’ladimi, qo’shma gap?
3.4.4.qaysi olmoshlar ko’proq bog’lovchi vosita vazifasini ham o’taydi?
3.5.1.Bog’lovchi, ko’makchi, yuklamalarni grammatik vositalar deyilishi to’g’rimi?
2- mavzu bo’yicha 1.1.1qo’shma gaplar qaysi jihatlariga ko’ra turlarga ajratiladi?
1.1.2.qo’shma gaplar tuzilishiga ko’ra necha turga bo’linadi?
1.2.1.Bog’lovchili va bog’lovchisiz qo’shma gaplar nimasiga ko’ra shunday tasnif qilingan?
1.3.1.Komponentlarning sintaktik aloqasiga ko’ra tasnif berilgan qatorni toping.
a) bosh va ergash gapli qo’shma gap
v) tobe va ergash aloqali qo’shma gap
s) teng, tobe va aralash aloqali qo’shma gap.
d) teng qismli va tobe qismli gaplar
e) predikativ va nopredikativ aloqali
1.3.2.qo’shma gaplarning tuzilishiga ko’ra tasnifi berilgan javob qaysi?
a) yoyiq va yig’iq sodda gaplardan tuzilgan qo’shma gaplar
v) predikativ birliklardan tashkil topgan qo’shma gaplar
s) nopredikativ birliklardan tashkil topgan qo’shma gaplar.
d) ikki komponentli va ko’p komponentli, sodda va murakkab qo’shma gaplar.
e) to’liq va to’liqsiz gaplardan tashkil topgan qo’shma gaplar.
2.1.2.Ergash gapli qo’shma gapning umumiy xususiyatlarini ayting.
2.1.3.Bog’lovchisiz qo’shma gaplar qanday hosil bo’ladi?
2.1.4.Bog’langan qo’shma gaplar qanday gaplardan tashkil topadi?
2.2.5.Bog’langan qo’shma gap deb nimaga aytiladi?
2.2.6.Bog’langan qo’shma gap tiplari o’zaro qanday vositalar orqali bog’lanadi?
2.2.7.Bog’langan qo’shma gapda qanday voqea-hodisalar ifodalanadi?
2.3.1.Bog’langan qo’shma gap berilgan javobni toping.
A) Shu payt to’satdan ko’cha eshigi ochildi-yu, Husanxuja halloslaganicha kirib keldi.
V) Kim bo’lar edi: suv yoqalab yurgan suvchilardan birida.
S) qushlar baland uchganda, havo ochiq bo’ladi.
D) Muzlagan suv qisirlasa, u bir cho’chib tushardi.
2.3.2.Sen bundan qutulasan, men esa o’z maaqsadimga etaman. Bu qo’shma gapning qaysi turi?
2.4.4.Odamga andisha kerak, lekin undan ham oldin insof kerak qo’shma gapini izohlang.
2.5.1.Bog’langan qo’shma gap atamasi to’g’risida nima deysiz? U hodisa xususiyatini to’liq aks ettira olganmi?
3.1.3.Bog’langan qo’shma gap o’z ichida qanday tiplarga bo’linadi?
3.1.4.Bog’langan qo’shma gapning bog’lovchili turini ayting.
3.2.4.Biriktiruv bog’lovchili qo’shma gaplar qanday voqea-hodisalarni ifodalaydi?
3.2.5.Biriktiruv bog’lovchilarga qaysi bog’lovchi vositalar kiradi?
3.2.6.Biriktiruv bog’lovchili qo’shma gaplar o’z ichida necha guruhga bo’linadi?
3.3.1.Ham kulasiz, ham kuyasiz gapi to’g’risidagi qaysi hukm to’g’ri.
A) biriktiruv bog’lovchili qo’shma gap.
V) yuklamali bog’langan qo’shma gap
S) shaxsi aniq sodda gap.
D) egasiz bosh bo’lakli (kesimli) sodda gap
E) egasi topiladigan gap
3.4.1.Biriktiruv bog’lovchili qo’shma gaplarning qismlari o’zaro qanday mazmun munosabatlarini ifodalaydi?
3.4.2.quyidagi qo’shma gapda qanday mazmun munosabati ifodalangan?
3.4.3. Hamon chopib boradi va lekin ko’kragi qon.
4.1.2. Zidlov bog’lovchili qo’shma gapning ta’rifini ayting.
4.2.1. Zidlov bog’lovchili qo’shma gap asosan qanday voqealarni ifodalaydi?
4.2.2.Zidlov bog’lovchili qo’shma gap qismlari o’zaro qanday vositalar orqali bog’lanadi?
4.3.1.Zidlov bog’lovchili qo’shma gap qismlari qanday mazmun munosabatlarini ifodalaydi?
4.4.1.Zidlov bog’lovchili qo’shma gapni toping.
A) U erta yotdi, ammo yarim tungacha uxlay olmadi.
V) Biroq bu holatlar fikrimizga monelik qila olmaydi
S) Ammo lekin juda zo’r chizibsiz-da.
D) Bu erda zidlov bog’lovchili qo’shma gap yo’q.
4.5.1.Siz pulga ega bo’lasiz, men esa mansabga gapida qanday mazmun munosabati ifodalanganini izohlang.
4.5.2.Izohlash munosabati ifodalangan zidlov bog’lovchili gap topib uni izohlang.
5.1.2.Ayiruv bog’lovchili qo’shma gapni ta’riflang.
5.2.5.Ayiruv bog’lovchili qo’shma gaplar qanday xarakterdagi voqea-hodisalarni ifodalaydi? Misillar keltiring.
5.2.6.Ayiruv bog’lovchili qo’shma gap qismlari o’zaro qanday vositalar orqali bog’lanadi?
5.2.7.Goh, dam, bir bog’lovchilari bilan bog’langan qo’shma gaplarda qanday voqealar ifodalanadi?
5.2.8.Yo, xoh bog’lovchilari orqali bog’langan qo’shma gaplarda qanday voqealar ifodalanadi?
5.3.1.Dam kuladi, dam yig’laydi. Ushbu gap haqidagi qaysi hukm to’g’ri?
A) qo’shma gap.V) yoyiq sodda gap S) yig’iq sodda gap.
D) ayiruv bog’lovchili qo’shma gap E) uyushiq bo’lakli sodda gap J) S,E javoblar to’g’ri.
Ayiruv bog’lovchili qo’shma gap qismlari qanday mazmun munosabatlarini ifodalaydi?
Dam kulgim keladi, dam jahlim chiqadi gapi to’g’risida o’z fikringizni ayting.
6.1.4.Na-inkor bog’lovchi yuklamasi qanday ma’nodagi qo’shma gaplarni hosil qiladi?
6.1.5.Na inkor bog’lovchi - yuklamasi qo’shma gaplarda qanday qo’llanadi?
6.1.6.Na inkor bog’lovchi - yuklamasi qo’shma gaplarning kesimida qanday o’ziga xos holat ko’zga tashlanadi?
6.2.1.Na inkor bog’lovchi - yuklamasining sodda va qo’shma gaplarda qo’llanishida qanday farqlar bor.
6.3.1.Osmondan, erdan so’zlari yordamida na inkor bog’lovchi - yuklamali qo’shma gap tuzing.
6.4.1.Inkor mazmuni na inkor bog’lovchi yuklamasidan tashqari yana qanday vositalar yordamida ifodalanadi?