3- mavzu bo’yicha
1.1.1.Ergash gapli qo’shma gap deb nimaga aytiladi?
1.1.2.qanday gap bosh gap deyiladi?
1.1.3. Ergash gapning ta’rifini ayting?
1.2.1. Bosh gap mazmunan qanday belgi-xususiyatga ega bo’ladi?
1.2.2.Bosh gapning grammatik belgi- xususiyatlarini ko’rsating.
1.2.3.Ergash gapning vazifasi nimalardan iborat?
1.2.4.Ergash gap qanday grammatik belgi-xususiyatlarga ega.
1.2.5.Ergash gapli qo’shma gapning qaysi komponenti mavhum, umumiy ma’noli bo’ladi.?
1.4.1.Bosh gap haqidagi qaysi hukm to’g’ri?
A.) Aniq mazmunli bo’ladi.
V.)Havola bo’lakli bo’ladi.
S.) Ma’nosi izohlanayotgan bo’ladi.
D. ) Umumiy,mavhum mazmunli bo’ladi.
E.) S, D javoblar to’g’ri.
1.5.1.Bosh gapning hokimlik mavqeini misollar asosida isbotlang.
2.1.1. Ergash gap bosh gapga necha turli vositalar orqali bog’lanadi?
2.2.1. Bog’lovchili ergashish usulini izohlang?
2.2.2. Bog’lovchisiz ergashish deganda nimani tushunasiz?
2.2.3. Nisbiy so’zlarning bog’lovchilik vazifasini tushuntiring.
2.2.4. Bog’lovchi so’zlar haqida ma’lumot bering.
2.2.5. Yuklamalarning bog’lovchilik vazifasini tushuntiring.
2.2.6. Ergash gapni bosh gapga bog’lashda qaysi kelishik qo’shimchalari faol qatnashadi?
2.2.7. Ergash gapni bosh gapga bog’lashda ohang qanday rol o’ynaydi?
2.2.8. Komponentlarning o’rinlashishi ularning bog’lanishiga ta’sirini izohlang.
2.3.1. Bechora qiz boshiga tushgan savdolarni biram qaqshab turib aytdiki, achinganimizdan ko’zimizga yosh oldik. Gapdagi bog’lovchi vositalarni aniqlang.
2.3.2. Uyushiq ergash gapli qo’shma gaplar komponentlarini bog’lovchi vositalar berilgan javob qaysi?
A) fe’l formalari, kelishik qo’shimchalari;
V) ergashtiruvchi bog’lovchilar, yuklamalar;
S) nisbiy so’zlar, ohang;
D) bog’lovchi so’zlar;
E) aytilganlarning hammasi to’g’ri.
2.5.1Bog’lovchi vositalarning qaysi turi ergash gapni bosh gapga bog’lashda eng faol hisoblanadi?
3.1.1Bosh gapdagi biror bo’lakni izohlovchi ergash gaplar qaysilar?
3.2.1. Ega ergash gap haqida ma’lumot bering.
3.2.2. Kesim ergash gapning grammatik xususiyatlarini ayting.
3.2.3. Aniqlovchi ergash gapni izohlang.
3.2.4. To’ldiruvchi ergash gapning semantik-sintaktik xususiyat-larini ko’rsating.
3.2.5. Aniqlovchi ergash gapni o’lchov-daraja ergash gapga o’xshash va farqli tomonlarini tushuntiring.
3.3.1.Yurak tandir emaski, o’t qo’yib qizdirsang.Mazkur gap haqidagi hukmning qaysi biri to’g’ri?
A) kesim ergash gapli qo’shma gap;
V) bog’lovchisiz qo’shma gap;
S) murakkablashgan sodda gap;
D) aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap;
E) to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap.
3.3.2.Ushbu gapdagi ergash gap ergash gapning qaysi turiga kiradi?
Uzumimiz bu yil shunday bo’lib berdiki, hosilni sig’dirolmay qoldik.
A.) Aniqlovchi ergash gap.
V.) O’lchov-daraja ergash gap.
S.) To’ldiruvchi ergash gap.
D.) Ravish ergash gap.
E.) Natija ergash gap.
3.4.1. Ega, kesim, aniqlovchi, to’ldiruvchi ergash gaplarni nomlashda nimaga asoslanilgan?
4.2.3. Sabab ergash gapning ta’rifini ayting.
4.2.4. Shart ergash gap deb nimaga aytiladi?
4.2.5. To’siqsiz, maqsad va natija ergash gapning ta’rifini ayting.
4.3.1. Sabab ergash gap bosh gapga qaysi vositalar orqali bog’lanadi?
4.3.2. Shart ergash gap yozilgan javobni toping.
a) Mehnat qilsangiz, barakasi oshiradi.
b) Kelmasangiz, olmaysiz.
G) Er ko’karmay, mol to’ymas.
D) borsam, yo’q ekansiz.
4.3.3. To’liqsiz ergash gaplar bosh gapga qaysi vositalar orqali bog’lanadi?
4.3.4. Maqsad ergash gaplarga 2 ta misol yozing.
4.3.5. Natija ergash gap qanday hosil bo’ladi?
4.5.1. Shartlanganlik munosabati sodda gapda ham ifodalanadimi?
4.5.2. Sabab munosabati qanday vositalar yordamida ifodalanadi?
5.1.1O’rin ergash gapning semantik – sintaktik xususiyatlarini ko’rsating.
5.1.2Payt ergash gap haqida ma’lumot bering.
5.1.3Ravish ergash gap qanday semantik- sintaktik xususiyatlarga ega?
5.2.1 O’lchov-daraja ergash gaplar qaysi jihatlari bilan xarakterlanadi?
5.2.2Chog’ishtirish va o’xshatish ergash gaplar haqida ma’lumot bering.
5.3.1 Payt va o’rin ergash gaplar berilgan javoblarni toping?
A.) Otni egarlab turgan edim, polvon otam kirib kelib koldi.
V.) Sen kaerda bo’lsang, men ham shu erda bo’laman.
S.) O’zim har joydaman, ko’nglim sendadir.
D.) Bahor kelsa, gul bo’ladi bu tog’lar.
E.) A, V, D javoblar to’g’ri.
4- mavzu bo’yicha :
Bog’lovchisiz qo’shma gap deb nimaga aytiladi ?
1.2.1.Bog’lovchisiz qo’shma gaplar o’z ichida qanday turlarga bo’linadi?
1.3.1.Bog’lovchisiz qo’shma gap berilgan javob qaysi?
A) Shunday kunlar bo’lgan, Alisher mayda tavishlar uchun ham tangasiz qolgan.
V) Hech kim, hech narsa unutilmaydi.
S) Ayol borki, olam munavvar.
D) Borsam, yo’q ekansiz.
E) Inson ko’ngli shishadan nozik, toshdan qattiq.
2.1.1. Bog’langan qo’shma gapga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gap qanday voqealarni ifodalaydi?
2.1.2.Bog’langan qo’shma gapga sinonim bo’lgan qo’shma gap komponentlari o’zaro qanday mazmun munosabatiga ega?
2.1.3.Bog’langan qo’shma gapga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gap komponentlari o’zaro qanday bog’lanadi?
2.1.4.Bog’langan qo’shma gapga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gap kesimlari qanday ifodalanadi?
2.1.5.Bog’langan qo’shma gapga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gaplar yana qanday xususiyatlar bilan xarakterlanadi?
2.2.1. Bog’langan qo’shma gapga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gapni toping.
A.) O’ktamning niyati holis, yuragi toza.
V.) Cho’llar bo’ston bo’ldi, qumloqlar gulzor.
S.)qo’ng’iroq chalindi va dars boshlandi.
D.) Bog’da mayin kuy yangrar, goho yoshlarning qahqaqasi eshitilib qolar edi.
E.) A va V javoblar to’g’ri.
2.4.1.Turg’unoy birinchi tovushni eshitishda seskandi,so’ngra esa vahimaga tushdi gapi to’g’risidagi hukmingizni ayting.
Ergash gapli qo’shma gapga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gap qismlari qanday mazmun munosabatlarini ifodalaydi? Misollar keltiring.
Ergash gapli qo’shma gapga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gap qismlari o’zaro qanday bog’lanadi?
3.3.2.Ergash gapli qo’shma gapga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gapni toping.
A) to’g’ri bo’ling – behavotir bo’lasiz;
V) arava notinch bo’ldi-sut chayqaladi, to’kiladi;
S) yaxshi topib gapiradi, yomon-qopib;
D.) chiroqlar yondi,hamma yoq yorishib ketdi;
E.) A va V javoblar to’g’ri.
3.4.1.Etlarimni nishtar bilan tilsinlar, xonu monimga o’t qo’ysinlar, boshimdan tegirmon toshi yurgizsinlar, men sizdan ajralmayman. Ushbu gap ergash gapli qo’shma gapning qaysi turiga sinonim?
A) shart ergash gapli qo’shma gapga;
V) aniqlovchi ergash gapli qo’shma gapga;
S) ravish ergash gapli qo’shma gapga;
D) to’siqsiz ergash gapli qo’shma gapga;
E) to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gapga.
3.3.1.Bog’lovchisiz qo’shma gapning ergash gapli qo’shma gapga sinonim bo’lish sabablarini tushuntiring.
3.5.1. Shul erur aybim, Muqimiy, mardumi farg’onaman. Ushbu gap qo’shma gapning qaysi turi va tipiga kiradi? O’z fikrigizni ayting.
5- mavzu bo’yicha
1.1.1.Murakkab qo’shma gapni ta’riflang.
1.2.1. Murakkab qo’shma gap necha turga bo’linadi?
1.3.1. Murakkab qo’shma gap qanday bo’ladi?
1.4.1. qo’shma gaplarning sodda va murakkab deb turlarga ajratishda asosan nimalar e’tiborga olinadi?
1.4.2. qo’shma gapning murakkab formasi, sodda formasidan qaysi jihatlari bilan ajralib turadi?
1.4.3. Murakkab qo’shma gaplar nima asosda turlarga ajratiladi?
1.5.1. «Tong otdi va quyosh chikishi bilanoq, odamlar dala tomon otlanishdi».
Ushbu gap murakkab qo’shma gapning qaysi turiga mansub?
A) Bog’lanish (tenglanish) yo’li bilan tuzilgan murakkab qo’shma gap.
B) Aralash aloqali murakkab qo’shma gap.
V) Ergashish yo’li bilan tuzilgan murakkab qo’shma gap.
G) Bu gap sodda qo’shma gap.
2.1.1. Teng bog’lanishli murakkab qo’shma gapni ta’riflang?
2.2.1. Bunday murakkab qo’shma gaplarda komponentlar qanday aloqada bo’ladi?
2.3.1. Teng bog’lanishli murakkab qo’shma gap komponentlarining kesimi qanday bo’ladi?.
3.1.1 Tobe aloqali murakkab qo’shma gap qanday bo’ladi?
3.2.1.Tobe aloqali murakkab qo’shma gaplarda ergash gaplar bosh gapga qanday yo’l bilan birikadi?
3.3.1. Bunday murakkab qo’shma gaplarda bosh gapning o’rni qaerda bo’ladi?
4.2.1. Aralash aloqali murakkab qo’shma gap komponentlari asosan qanday mazmun munosabatlarini ifodalaydi?
4.3.1. Aralash aloqali murakkab qo’shma gapni toping?
A) Yulduzning muomalasi shu qadar mayin ediki, har qanday odam u bilan gaplashib to’ymasdi. B) Kattalar qancha ishlasa, bolalar ham shuncha ishlar edi, biroq xujayin bolalarga kam haq to’lar edi.
S) Otdaysiz, boy, bitta-yarimta shish bor, ammo bezarar, birov borsin, dori beraman, shishlaringiz, butun illatlaringiz bir pasta qaytadi.
D) Men o’zimni inson bilganda, gulga to’lib bahor kelganda, yuragimda havas uygondi.
E) Shunday hayot tug’ildiki, u sensiz yashay olmaydi.
4.4.1. quyidagi murakkab qo’shma gapni sxemada ifodalang.
Men olmani sizlarga shu istak bilan beraman; qaysi biringizni xotiningiz o’g’il tug’sa , otini Toxir qo’ying, qaysi biringizni xotinigiz qiz tug’sa, otini Zuxra qo’ying.
Do'stlaringiz bilan baham: |