Guliston davlat universiteti filologiya fakulteti



Download 4,68 Mb.
bet567/644
Sana23.07.2022
Hajmi4,68 Mb.
#841113
1   ...   563   564   565   566   567   568   569   570   ...   644
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ona tili

Bog’langan qo’shma gap.Ikki yoki undan ortiq, biri ikkinchisiga tobe bo’lmagan, teng huquqli sodda gaplarning teng bog’lovchilar va shu vazifadagi yuklamalar yordamida birikuvidan yuzaga kelgan qo’shma gaplar bog’langan qo’shma gaplar deyiladi. Bog’langan qo’shma gap komponentlari o’zaro va, ham, hamda, ammo, lekin, yo, yoki, dam ... dam,ba’zan … ba’zan, goh .. goh kabi teng bog’lovchilar va shu vazifadagi -u (-yu), -da yuklamalari ba’zan bo’lsa,esa yordamchilari orqali birikadi. Masalan: Shu onda chiroq sharaqlaganicha yerga tushib, chilparchin bo’ldi. Abayning rangi o’chdi-yu, ko’zlari oq shohi cho’qqilarga tikilganicha qoldi: Pushkin esiga tushdi.Kozimbek qilmishidan hijolat, Saida esa undan biron og’iz so’z kutar edi.
Bog’langan qo’shma gaplar o’z ichida to’rtga bo’linadi:a) biriktiruv bog’lovchili qo’shma gap; b) zidlov bog’lovchili bog’langan qo’shma gap;v) ayiruv bog’lovchili bog’langan qo’shma gap; g) inkor bog’lovchili bog’langan qo’shma gap.
*Biriktiruv bog’lovchili qo’shma gaplarning qismlari ma’lum bir paytda yoki ketma-ket ruy bergan voqea-hodisa, harakatlarni bildirib keladi va va, ham, hamda, bo’lsa, esa yordamchilari, yuklamalar yordamida bog’lanadi. Masalan: Kampirning hayajonli tovushi chor devorlardan osha ketdi va bu xushhabar bir zumda hammaga eshitildi.
*qiyoslash mazmun munosabatini ifodalovchi qo’shma gaplar zidlash, qiyoslash, izohlash kabi ma’no ottenkalarini ruyobga chiqaradi.
-qo’shma gap qismlarining umumiy mazmuni yoki gaplar tarkibidagi ayrim bo’laklar biror tomondan bir-biriga zid quyiladi. qismlar ammo, lekin, biroq zidlovchi bog’lovchilari yoki shu vazifadagi -u ,-yu yuklamalari orqali birikadi. Nay ham durustgina chalindi, lekin Rafiiq darrov sindirib tashladi. quyosh chikib turibdi-yu, havo sovuq.
Zidlash munosabati «va», «lekin» bog’lovchilarini birga «va lekin» tarzida ishlatish bilan ham ifodalanadi: Hamon chopib boradi va lekin ko’kragi qon.
-qiyoslash orqali voqea-hodisa predmet va ularning xususiyatlari o’rtasidagi farqlar ochiladi. qiyoslash munosabati asosan bo’lsa, esa shaklidagi yuklamalar, zidlovchi bog’lovchilar yordamida ifodalanadi. Bu xil qo’shma gap qismlarining strukturasida ma’lum parallelizm bo’ladi. Xonzoda sen shu ishni bajar, boydan qutulasan, men bo’lsam o’z maqsadimga etaman.
-Ayiruv munosabatini ifodalovchi qo’shma gaplar ketma-ket yoki bir-biri bilan almashinib turadigan, navbatma-navbat yuzaga keladigan birdan ortiq voqea-hodisa yoki harakatni ifodalaydi. Bunday qo’shma gap komponentlari goh..., goh..., ba’zan..., ba’zan; dam..., dam..., yo...,yo..., xoh...., xoh; bir..., bir... kabi ayiruv bog’lovchilari orqali bog’lanadi.Bu bog’lovchilar qo’shma gapdagi komponentlarni ayirib, ta’kidlab ko’rsatish uchun qo’llanadi. Bu bog’lovchilar deyarli har bir predikativ qismning boshida takrorlanib keladi. Goh osmonni tutib ashula yangrar, goh allakaerda garmon tovushi eshitilib turar edi.
-Inkor bog’lovchi - yuklamasi vositasida birikkan predikativ qismlar ikki va undan ortiq bo’lib, inkor ma’nosini sanab ko’rsatadi. Na bir uyning mo’risidan tutun chiqadi, na biror daraxt ko’rinadi.
Na inkor bog’lovchi - yuklamasi ham takrorlanib ishlatiladi va inkor ma’nosidagi sodda gaplarni bog’laydi.
Inkor bog’lovchi - yuklamasi na yordamchi vazifasida kelganda bog’lovchidan ko’ra yuklamaga yaqin turadi. Bu yordamchi inkor ma’nosini kuchaytiradi (o’qimadi, yozmadi - na uqimadi, na yozmadi) yoki gapga inkor ottenkasini qo’shadi. Akamdan xat keldi - na akamdan xat keldi, na sendan xabar. Umuman na inkor bog’lovchi yuklamasi ishtirok etgan gaplarning mazmunidan hamma vaqt bo’lishsizlik ma’nosi anglashilib turadi: Na o’qimaydi, na yozmaydi - na o’qiydi, na yozadi. Uning bog’lovchi - yuklama deyilishi ham shundan.
Ergash gapli qo’shma gap.Biri hokim, biri tobe bo’lgan gaplarning o’zaro ergashtiruvchi bog’lovchilar va ergashtiruvchi bog’lovchi vazifasidagi boshqa grammatik vositalar orqali bog’lanishi asosida yuzaga kelgan sintaktik konstruktsiya ergashgan qo’shma gap deyiladi.
-Hokim holatidagi gap bosh gap, tobe holatdagi gap esa ergash gap deb yuritiladi. Bosh gap hokim bo’lsa-da, ma’nosi noaniq, noma’lum bo’ladi, izohlashni, aniqlashni, to’ldirishni talab qiladi. Ergash gap bosh gapga bog’lanib, uning biror bo’lagini yoki butun bir gapni izohlaydi. Bu xususiyati bilan ergash gap sodda gap bo’laklariga uxshaydi.: Eshitdimki, qahramon nom olibsan. gapidagi ergash gap– bosh gapdagi harakat ob’ektini izohlaydi.
Ergash gaplarning hammasi mustaqil sodda gaplarga xos asosiy bir shartga –ma’lum mazmun munosabatini ifodalash, pauza bilan ajralish xususiyatlariga egadir.
O’zbek tilida ergash gapni bosh gapga biriktirishda ergashtiruvchi bog’lovchilar,fe’l formalari,yuklamalar, ko’makchilar,bog’lovchi so’zlar,nisbiy so’zlar, kelishik qo’shimchalari,-day (dek) affikslari,intonatsiya va tartib kabi vositalar xizmat qiladi.
*Ergashgan qo’shma gaplar ergash gaplarning ma’nolariga qarab turlarga ajratiladi. Ergash gaplar bosh gapning yoki bosh gapdagi gap bo’laklaridan birining ma’nosini aniqlab, izohlab keladi. Shu jihati bilan u gap bo’laklariga o’xshaydi. Shuning uchun ergash gaplarni turlarga ajratishda gap bo’laklari nomidan unumli foydalanilgan. Ergash gaplarning to’rt turi to’g’ridan-to’g’ri gap bo’laklari nomi bilan yuritilsa, qolganlarining nomlanishida ham gap bo’lagi (hol)ning ma’no turlari muhim rol o’ynaydi.
O’zbek tilida ergash gaplarning quyidagi turlari aniqlangan:
ega, kesim, aniqlovchi, to’ldiruvchi, shart, to’siqsizlik, maqsad,, sabab, natija, o’rin, payt, ravish, o’lchov–daraja, chog’ishtirma-o’xshatish ergash gaplar.
Bog’lovchisiz qo’shma gap. Ikki yoki undan ortiq sodda gaplarning bog’lovchilarsiz fakat mazmun va birlashtiruvchi intonatsiya yordamida bog’lanishidan tashkil topgan sintaktik tuzilmalar bog’lovchisiz qo’shma gap deyiladi. Masalan: Odamning tanasida chorakam besh litr qon bor, shuning hammasi taxminan har minutda bir marta yurakdan o’tib turadi.
Ohang, intonatsiya bog’lovchisiz qo’shma gaplar tuzilishida asosiy, hal qiluvchi vosita hisoblanadi. Ohang bog’lovchisiz qo’shma gaplarda turlicha ma’no va ma’no nozikliklarining ifodalanishida ham asosiy omildir. Biroq bog’lovchisiz qo’shma gaplarning komponentlarini bog’lashda ohangdan tashqari ayrim so’zlar, umumiy ikkinchi darajali bo’laklar, ayrim gap bo’laklarining takrorlanishi, komponentlar kesimlarining bir xil zamon va shaklda bo’lishi, elliptik qurilmalar muhim rol o’ynaydi. Shuning uchun bu xil qo’shma gaplarga nisbatan bog’lovchisiz atamasini qo’llash shartli bo’lib qoladi.
Bog’lovchisiz qo’shma gaplar komponentlarining munosabati jihatidan ikki xil bo’ladi:
1) bog’langan qo’shma gapga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gap.
2)ergash gapli qo’shma gapga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gap.
Birinchi tur bog’lovchisiz qo’shma gap qismlari o’zaro mazmunan teng munosabatda bo’ladi va tenglovchi intonatsiya (ohang) orqali bog’lanadi. Shu jihatdan bog’langan qo’shma gapga o’xshaydi. Ular o’rtasidagi farq bog’lovchisiz qo’shma gaplarda teng bog’lovchilarning qo’llanmasligidadir. qiyos uchun: Yalpi yig’ilish o’z ishini soat o’n ikki tugatdi, sho’’balarniki soat beshda.* Yalpi yig’ilish o’z ishini soat o’n ikkida tugatdi,sho’balar esa soat beshda tugatdi.
Ikkinchi tur bog’lovchisiz qo’shma gap qismlari o’zaro tobe munosabatda bo’ladi va tobelovchi intonatsiya (ohang) orqali bog’lanadi. Shu jihatdan ular ergashgan (ergash gapli) qo’shma gapga o’xshaydi.qiyos uchun: qo’shning tinch – sen tinch.* qo’shning tinch bo’lsa, sen ham tinch bo’lasan.

Download 4,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   563   564   565   566   567   568   569   570   ...   644




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish