Murakkab qo`shma gap.Uch va undan ortiq sodda gaplar yoki predikativ birikmalarning mazmun va grammatik jihatdan birikuvidan tuzilgan sintaktik tuzilmalar murakkab qo’shma gaplar deyiladi.
qo’shma gapning murakkab formasi uning sodda (ikki komponentli) formasidan:
1) komponentlar miqdorining ko’pligi (ikkitadan ortiqligi);
2) birdan ortiq bog’lanish usulining mavjudligi bilan ajralib turadi.
Masalan: xunar va iste’dod mushkianbar kabidir, uni qanchalik berkitmang, u shunchalik atrofga yoyilib, hamma yoqni muattar qilib yuboradi.
Murakkab qo’shma gaplarni qancha gaplar tashkil etmasin, ular qanday mazmun munosabatlariga kirishmasin, bu qismlar orasida asosan uch xil mazmun munosabati ifodalanadi:
- voqea- hodisa, xususiyatlarni qiyoslash;
- voqea-hodisa, xususiyatlarini izohlash;
- voqea-hodisa, xususiyatlarni bir paytda, ketma-ket yuzaga kelishi.
*Murakkab qo’shma gap komponentlarining o’zaro grammatik munosabatiga ko’ra uch guruhga bo’linadi:
A) Bog’lanish (tenglanish) yo’li bilan tuzilgan murakkab qo’shma gap;
B) Ergashish yo’li bilan tuzilgan murakkab qo’shma gap.
V) Aralash aloqali murakkab qo’shma gap.
Bog’lanish (tenglanish) yo’li bilan tuzilgan murakkab qo’shma gap.
Uch va undan ortiq sodda gaplar o’zaro teng munosabatda bo’lsa va teng bog’lovchilar yoki shu vazifadagi boshqa vositalar bilan bog’langan bo’lsa, murakkab qo’shma gapning bog’lanish yo’li bilan tuzilgan turini tashqil qiladi. Bunday murakkab qo’shma gaplar ma’lum bir vaqtda yoki ketma-ket ro’y bergan voqea-hodisalarni( yoki ularning ro’y bermaganligini) ifodalaydi.
Ergashish yo’li bilan tuzilgan murakkab qo’shma gap. Birdan ortiq ergash gaplaring bir bosh gap bilan birikishidan tashkil topgan sintaktik tuzilmalar ergashish yo’li bilan tuzilgan murakkab qo’shma gap deyiladi. Masalan: Shunday payt yuzaga keldiki,yolg’iz sengina bu ishni bajara olasan,sendan bo’lak hech kim uni hal eta olmaydi. Bunda ergash komponentlar bosh gapga ikki xil yo’l bilan birikadi:birgalik ergashish va ketma-ket ergashish yo’li bilan.
*Ergash gaplar bosh gapga alohida - alohida (mustaqil)bog’lansa, birgalik ergashish deyiladi. M: O’tirish qanchalik sodda,dasturxon qanchalik faqirona bo’lsa, suhbatimiz shuncha samimiy va shirin bo’ladi.
*Birdan ortiq ergash gaplarning biri ikkinchisiga, ikkinchisi uchinchisiga tobelanib bosh gapga bog’lanishidan hosil bo’lgan gaplar ketma-ket ergashuv yo’li bilan tuzilgan murakkab gap deyiladi. M.: Sahro shunday olamki, ishchi qo’llar bo’lsa,hamma narsa bor, ular bo’lmasa, hech narsa yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |